O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

2-davr
 
harakatlarni 
mukammallashtiradigan 
qo‘zg‘alish 
konsentratsiya va farqlanishni tasniflaydi. 
3-davr
 ko‘nikmani avtomatlashtiruvchi davr. 
4-davr
  ko‘nikmani  shakllantirishda  moslashish-kengaytirish  davri. 
Mazmuniy vazifalarni hal etish qobliyati egallanadi. 
Ko‘nikmalarni 
shakllantirish 
mexanizmini 
avtomatizatsiya 
holatigacha  batafsil  izohlashni  N.A.  Bernshteyn  taklif  qildi.  Uning 
konsepsiyasiga  muvofiq,  inson  beixtiyor  harakatlarini  boshqarish  bosh 
miya  qobig‘idan  orqa  miya  segmentar  apparatigacha  bo‘lgan  ko‘p 
bosqichli tuzilmaga ega. Yuqorida ko‘rib chiqilgan avtogen tormozlanish 
refleksi  orqa  miya  darajasidagi  harakatlarni  boshqarishning  ideal 
misolidir. 
Bosh miya qobig‘idan boshqarib, ongli ravishda nazorat qilib, inson 
notanish  xatti-harakatni  bajarishga  urinadi.  Uni  o‘rganishning  boshqa 
tomoni  yo‘q.  Avvaliga  bosh  miya  bo‘lmalari  o‘zlariga  xos  bo‘lmagan 
vazifani  –  mushak  faoliyatini  bevosita  boshqarishni  bajargani  uchun 
harakatlar mukammal bo‘lmaydi. Ko‘nikmani o‘rganib borib, boshqaruv 


166 
bosh miyaning quyi bo‘lmalariga va nihoyat, orqa miya darajasiga o‘tadi. 
Ko‘nikma  qanchalik  avtomatlashsa,  harakatlarni  boshqarish  ko‘proq 
(markaziy asab tizimi) quyi bosqichlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu 
vaqtda  bosh  miyaning  yuqori  bo‘lmalari  maqsadga  muvofiqlik 
tamoyilini  amalga  oshiruvchi  (masalan,  harakatni  vaziyat  bilan 
muvofiqlashtirish)  mohiyatli  vazifalarni  hal  etib,  umumiy  boshqaruvni 
amalga oshiradi. 
Ko‘nikmaning  alohida  elementlariga  diqqatni  tortish  boshqaruv 
harakatlarini  bosh  miyaning  yuqori  bo‘lmalariga  qaytarishni  anglatib, 
ularning  samaradorligini  pasaytiradi.  Harakatlarning  tashqi  ko‘rinishini 
ongli  tarzda  nazorat  qilishga  urinish  (masalan,  to‘pni  urishda  qo‘llarni 
to‘g‘ri  tutishga  e’tibor  qaratish)  qo‘lni  ko‘tarishda  mexanizmning 
buzilishiga  olib  keladi.  Bu  esa  harakatlar  tezligining  va  uruvchining 
kinetik  energiyasi  pasayishida  aks  etadi.  Harakat  faoliyatini  kuch  bilan 
hal  etish  uslubining  tangligi,  aniqrog‘i  hujumchiga  o‘yin  uslubini 
samarali  bajarish  imkonini  bermaydi.  Aksincha,  o‘yinchi  qo‘llarini 
ko‘tarish  va  keng  hamda  erkin  zarba  berishga  urunishi  (murabbiyning 
metodik ko‘rsatmalariga muvofiq) bosh miya quyi bo‘limlari (hatto orqa 
miya)  harakatlarini boshqarish  bilan ta’minlanadi.  Ballistik harakatlarni 
bajarishning ushbu uslubi zarba beruvchi tezligini oshiradi va bu holatda 
yuzaga  keladigan  markazdan qochuvchi  kuch qo‘lni to‘g‘rilaydi,  keskin 
zarba hosil bo‘ladi. 
Harakat ko‘nikmasi barqarorlashuv (avtomatizatsiya) davridan so‘ng 
maqsadli  tayyorgarlikda  uning  tadbig‘i  moslashish  –  kengayishi 
sharoitlarining  4-davri  boshlanishi  kerak.  O‘yinchi  harakat  vazifalarini 
izlash  va  uslublarini  mustahkamlash  qarorlaridan  o‘yin  vaziyatlarida 
o‘zgaradigan  mohiyatli  vazifalarni  (epchillik,  ko‘nikmaning  harakatli 
tuzilmalari maqsadli o‘zgarishlari hisobiga) hal etish uslublarini izlashga 
o‘tadi.  Texnik-taktik  ko‘nikmalar  shakllanishi  maqsadli  harakatlarni 
boshqarish  tizimlarida neyron  aloqalarining  shakllanishi  va  mustahkam-
lanishi  asosida  ham  amalga  oshadi.  O‘yin  shartlariga  muvofiq 
o‘zgaradigan,  shuningdek,  raqibning  qarshi  harakati  strukturasi  variativ 
o‘zgarish qobiliyati egallanadi. Birlamchi o‘rinni “nima qilish kerak?” va 
“qanday  bajarish  kerak?”  vazifalarini  yechish  tanlovi  egallaydi.  Aynan 
shu variativ texnikasi asosida taktik vazifalarni amalga oshirishdir. 
O‘yinchining  harakatli  uslublarini  samarali  hal  etish  va  ularning 
ijrosi  variativ  o‘zgarishga  oliy  sport  mahorati  bosqichida  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi  va  uni  texnik  mahoratining  asosiy  tarkibi 
hisoblanadi. 


167 
Harakatlarning samarali mexanizmlarini shakllantirish zaruriyatidan 
kelib chiqib, o‘qitishning sermahsul metodikasidagi eng muhim holatiga 
urg‘u  beramiz:  qanday  mashqlarni  qo‘llash  emas,  balki  ularni  qanday 
bajarish  muhim.  Mashqlarning  to‘g‘ri  bajarilishi  harakat  vazifalarini 
amalga  oshirishning  samarali  va  maqsadli  dinamik  mexanizmlarni 
shakllantiradi  yoki  o‘yinning  texnik  uslublarini  bajarishda  navbatdagi 
xatolar  mustahkamlanadi.  Ko‘plab  noto‘g‘ri  takrorlashlar  natijasida 
shakllangan va mustahkamlangan mushak sinergiyasi muqobil ko‘nikma 
shakllanishini  cheklaydi.  Ma’muriy  qayta  o‘rgatish  bir  qator  salbiy 
natijalarga olib keladi. 
Birinchidan, to‘g‘ri ko‘nikmaga qayta ko‘nikish juda mushkul; qayta 
o‘rgatish  murakkabroq  va  darhol  to‘g‘ri  o‘qitishdan  ko‘ra  uzoqroq 
davom etadi (ba’zi o‘yinchilarni deyarli qayta o‘rgatib ham bo‘lmaydi). 
Ikkinchidan,  qayta  o‘rgatilgan  o‘yinchi  eng  noqulay  vaziyatda  eski 
ko‘nikmani  takrorlaydi  va  uning  harakatlari  samaradorligi  keskin 
pasayadi.  Bu  esa  turli  asabiy  (masalan,  musobaqaviy)  omillarga  sabab 
bo‘ladi  va  toliqish  natijasida  o‘yinchi  harakatlari  nazoratini  pasayishi 
kuzatiladi.  
Shu  sababli,  o‘yin  uslublarini  o‘rgatish  va  takomillashtirishda 
mashqlarni  faqat  to‘g‘ri  bajarishni  eng  muhim  qoida  yoki  tamoyil  (uni 
“oltin” qoida deb ham atash mumkin) deb qabul qilish kerak.  O‘rgatish 
jarayonining  yakuniy  samaradorligi  aksariyat  hollarda  o‘yinchilar  va 
murabbiyning  ushbu  qoidaga  qanchalik  qat’iy  rioya  qilishi  bilan 
belgilanadi.  “Oltin  qoida”  yangi  va  yosh  o‘yinchilar  bilan  ishlashda 
alohida  ahamiyat  kasb  etadi  –  bolalar  tez  o‘rganishadi,  bu  esa  ularning 
sport  mahoratining  kelgusida  rivojlanishi  uchun  istiqbol  yaratadi,  lekin 
ko‘nikmalar tez unutiladi. Uzoq vaqt davomida, harakatlarning muqobil 
strukturasi  barqarorlashib,  mustahkamlanguncha,  texnik  uslublarni 
bajarish  to‘g‘riligi  (samaradorlik  joriylarini  amalga  oshirish  darajasi 
mezoni  bo‘yicha)  vaziyatli  maqsadga  muvofiqlikni  ta’minlovchi 
mazmunni  o‘z  ichiga  oladigan,  o‘yinchilar  harakati  samaradorligiga 
erishish  muhimroq  hisoblanadi.  O‘rgatishda  harakatlar  samarali 
texnikasini shakllantirish, keyinchalik esa  o‘yin va o‘yin vaziyatlaridagi 
taktik uslublarga urg‘u beriladi. 
Mashqlarni  “faqat  to‘g‘ri  bajarish”  o‘rgatishning  oltin  qoidasini 
so‘zma-so‘z  va  murosasiz  tushunmaslik  kerak.  Sportchiga  samaraliroq 
o‘rgatish  uchun  mashqning  to‘g‘ri  va  xatoli  bajarish  uslubidan 
foydalanish  mumkin.  Xatolar  to‘g‘ri  ko‘nikmalarni  shakllantirishda 
yordam  beradi.  Xatolar  o‘yinchilarga  qanday  bajarmaslikni  ko‘rsatadi, 


168 
ular  harakatlar  natijaviyligini  keskin  pasaytiradi.  Hammasi  uning 
nisbatiga  bog‘liq.  Texnik  elementlarni  xatolar  bilan  bajarish 
ko‘nikmalari  mustahkamlanib  qolmasligiga  e’tibor  berish  kerak. 
Texnikada  keyingi  xatolarning  uchrashiga  charchoq  bilan  uzoq 
mashg‘ulotlar o‘tkazish, o‘yin taktikasini intensiv (tezkor) o‘rgatish yoki 
ko‘plab musobaqalar sabab bo‘ladi. O‘yin boshlanganda, birinchi o‘ringa 
maqsadga  muvofiqlik  –  harakatlarning  mazmunli  tarkibi  chiqadi, 
murabbiyda ham, o‘yinchilarda ham ijro texnikasi sustlashadi. 
Yosh  o‘yinchilarni  o‘yin  uslublariga  o‘rgatishda  uning  texnik 
mahorati  o‘sishini  baholash  mezoni  sifatida  harakat  emas,  vaziyatli 
maqsadga muvofiqlik tamoyili hisobiga ta’minlanadigan muvaffaqiyatni, 
ya’ni  taktika  yoki  psixologik  omil  samaradorligini  belgilovchi  dinamik 
mexanizmlar  tadbig‘i  darajasi  va  ishonchliligini  qo‘llash  zarur.  Quyida 
keltirilgan  o‘yin  uslublari  “asos  modellari”  talablari  texnikani  baholash 
mezonlari  bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkin.  Tengdoshlar  orasida  talaba 
emas,  balki  aynan  ular  orqali  yosh  o‘yinchilarni  o‘rgatish  sifatini 
baholash lozim. 
BO‘SMda  ta’lim  oxirida  yosh  o‘yinchilar  optimal  variantda  sport 
ustalaridan  ko‘nikmalar  ishonchliligi,  kamroq  barqarorlik  va  tajribalari 
bilan  farqlanib,  vaqt  o‘tishi  bilan  ularning  sport  mahorati  oshishida 
yordam  beradi.  Sakrash  balandligi,  hujumchi  “zarbalari”,  “kuchi”, 
uzatish qiyinchiligi, umuman kurash olib borishning barcha texnik-taktik 
vositalari  sport  ustalariniki  kabi  (hatto  yuqoriroq  ham)  bo‘lishi  kerak. 
Faqat  shu  holatdagina  sport  ustalari  jamoasi  tarkibida  sport  mahorati 
o‘sishi uchun “asos” haqida fikr yuritish mumkin. 
Texnik  tayyorgarlikda  yosh  o‘yinchilar  birinchi  navbatda  sport 
mahorati  asosini  yaratishga:  harakatli  vazifalarni  hal  etish  jarayonida 
samarali energiya kiritish va o‘zgartirish tamoyillarini amalga oshruvchi 
harakatli ko‘nikmalar “maktab”ini o‘rganishga urinish lozim. Shu tarzda, 
mashg‘ulotlar  jarayoni  –  bu,  avvalambor,  o‘yin  vazifalarini  samarali, 
tejamli va maqsadga muvofiq hal eta oladigan, o‘yinchi tayanch-harakat 
apparati  tizimi  asosida  universal,  samarador  va  tejamkor  biomashina 
qurish jarayonidir. 
 
 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish