O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

IV BOB. VOLEYBOL TEXNIKASI VA TAKTIKASIGA 
O‘RGATISH USLUBIYATI 
 
4.1. Voleybol texnik-taktik uslublarini dastlabki o‘rgatish 
metodikasi 
 
Yosh  o‘yinchilar  tayyorgarligining  birinchi  asosiy  qismini  ularning 
jismoniy  va  texnik-taktik  vazifalari  tashkil  etadi.  U  boshlang‘ich  ta’lim 
guruhlarida  yoki  voleybol  maktab  seksiyalarida  amalga  oshiriladi.  Shu 
bilan birgalikda, psixologik va tarbiyaviy  jihatdan muammolari ham hal 
etiladi. 
Voleybol  yillar  davomida  shakllantirilgan  va  hozirgi  kunda  ham 
ijobiy natijalar berayotgan amaliy tavsiyalar va mutaxassislar tomonidan 
ishlab  chiqilgan  metodika  asosida  o‘rgatiladi.  Hozirgi  kundagi 
voleybolga  o‘rgatish  metodikasining  barcha  yutuqlari  va  afzalliklarini 
hisobga  olgan  holda,  zamon  talabi  uni  qayta  ko‘rib  chiqish  va 
takomillashtirishga  undamoqda.  Ushbu  bobda  o‘yinchilarni  tayyorlash 
an’anaviy  metodikasining  kuchli  va  samarali  natija  berayotgan 
tomonlarini qarab chiqamiz. 
An’anaviy  metodikada  o‘qitish  va  takomillashtirish  asoslari 
aksariyat hollarda o‘rinli ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. Bu yondashuv 
sport  mashg‘ulotlarining  barcha  tamoyillari  (ko‘rgazmalilik,  soddalik, 
muntazamlilik,  onglilik  va  b.)ga  tegishli.  Harakat  ko‘nikmalarini 
shakllantirish  qonuniyatlarini  anglashdan  kelib  chiqib,  voleybolga 
o‘rgatish  jarayoni  bosqichlarga  bo‘linadi.  Ularda  “soddadan 
murakkabga”  tamoyili  bo‘yicha  o‘rgatuvchi  mashqlar  tanlangan  va 
tizimlashtirilgan.  Bu  esa  jamoalarimizga  g‘alabalar  olib  kelgan. 
Voleybolchilarni  tayyorlash  asoslari  ham  berilgan.  Biroq  shu  vaziyatda 
metodikaning  ba’zi  kamchiliklari  yaqqol  ko‘zga  tashlanib  qoldi. 
Bizningcha, ular quyidagilardan iborat:  
1. Voleybolchilar o‘yin uslublari mukammal texnikasi borasida aniq 
tushunchalar  mavjud  emas,  shu  bois  nimani  o‘rgatish  masalasi  ham 
mavhumligicha 
qolmoqda. 
O‘yin  texnikasi  uslublari  “optimal 
modellari”ni  asoslash  borasidagi  olimlarning  harakatlari  hali 
muvaffaqiyat  keltirmadi.  Qo‘llanilayotgan  metodologik    yondashuv  
tufayli  tadqiqotchilar,  avvalo,  o‘yinchilar  voleybol  o‘yin  uslublarini 
qanday  bajarish  kerakligini  emas,  balki  qanday  bajarayotganini 
o‘rganishmoqda.  Bunday  yondashuv  tasviriy  xarakterga  ega; 


162 
harakatlarda tashqi ko‘rinishiga muvofiq voleybol o‘yinida barcha texnik 
uslublar tasvirlanadi. 
Dissertatsiya va turli ilmiy maqolalardagi miqdoriy ko‘rsatkichlarga 
ahamiyat  bermaslik  kerak,  ular  odatda  sabab  va  natija  asoslariga  ega 
bo‘lmaydi,  o‘yinchilar  harakati  samaradorligini  belgilovchi  jismoniy 
mexanizmlarni  ochib  bermaydi.  Aksariyat  o‘quv-uslubiy  qo‘llanma  va 
darsliklarda  o‘yin  uslublari  hech  qanday  miqdoriy  ko‘rsatkichlarsiz 
harakatlar strukturasini amaliy tajriba darajasida izohlaydi.  
2.O‘yin  texnikasi  uslublarining  optimal  modellari  mavjud  emasligi 
muammolariga  asosan  murabbiylarning  yosh  voleybolchilar  mahorati 
ustida ishlash o‘rniga o‘yin komponentiga asossiz katta e’tibor qaratishi 
sabab  bo‘ladi.  Texnika  ustida  ishlashni  unutib,  yosh  voleybolchilar 
o‘yini amaliyotiga urg‘u qo‘yish natijaga “undash”ga olib keladi, bu esa 
ularni keyingi taraqqiyotini to‘xtatadi yoki sekinlashtiradi. O‘yinchilarni 
rasmiy  natijaga    “undash”  keng  tarqalib,  voleybolchilar  tayyorgarligi 
metodikasi uchun xos bo‘lib qoladi. 
3.  Murabbiylar  mashqlarni  to‘g‘ri  bajarishga  yetarlicha  e’tibor 
berishmaydi  va  harakatlar  samaradorligi  shartlarini  amalga  oshirishda 
erishilgan  yutuqlarni  mustahkamlaydigan  texnika  ustida  ishlashmaydi. 
Voleybolchilarning  harakat  vazifalarini  samarali  hal  etishdagi  asosiy 
shartlarni  bilmasligi  bilan  bu  holatni  izohlab  bo‘lmaydi.  Murabbiylar 
o‘yin  uslublari  texnikasini  qanchalik  “to‘g‘ri”  taqdim  etishmasin, 
shogirdlar talablarni bajarish uchun uni deyarli bir xil ijro etishlari kerak. 
Aynan shu holat kuzatilmayapti. Ko‘pchilik murabbiylarning shogirdlari 
o‘yin uslublarini turlicha bajarishadi. Bu farqni voleybolchilar individual 
xususiyatlari  bilan  izohlab  bo‘lmaydi,  bu  individual  xatolardir.  Buning 
asosiy sababi murabbiy tomonidan texnikaga o‘rgatish jarayonini to‘g‘ri  
bajarilmaganligi, o‘z holiga tashlab qo‘yilganidadir. 
4.  O‘yinchilarni  tayyorlash  an’anaviy  metodikasi  kamchiliklariga 
voleybol  o‘yini  uslublariga  o‘rgatish  va  takomillashtirish  bosqichlari 
so‘zsiz  almashinuvini  kiritish  mumkin.  O‘rgatishning  har  bir 
bosqichidagi  afzalliklari  to‘liq  almashinishi  va  oldingi  bosqich 
mashqlarini  unutish  bilan  ifodalanadi.  Voleybolda  o‘yin  uslublariga 
o‘rgatish  ketma-ketligi  ham  tuzilgan  –  avval  bir  texnik  uslublar;  keyin 
esa  boshqalarini  o‘rganish  tavsiya  etiladi.  Shu  tarzda,  ketma-ketlik 
uziladi, ilgari o‘rgangan harakatlar texnikasi “maktabi” takrorlanmagani 
bois ularni aksariyati unutiladi. Bunday yondashuv ta’limning erishilgan 
natijalarini  mustahkamlamaydi,  o‘yinchilar  mahorati  taraqqiyotini 


163 
cheklaydi  va  texnikada  xatolar  qilishga  sabab  bo‘ladi,  tobora  orqaga 
ketadi. 
5.  Voleybolni  o‘rgatishda  yuqorida  keltirilgan  umumiy  metodikasi 
trenajyorlar va maxsus jihozlardan foydalanish samarasiz texnologiyasini 
ham  belgilaydi.  Mavjud  trenajyorlar  tanlanmay,  ularning  samardorligi 
hisobga olinmay foydalaniladi. 
O‘yinchilar  sport  tayyorgarligi  mavjud  amaliyotida  sanab  o‘tilgan 
kamchiliklar  ularning  mahorati  oshishini  cheklaydi  va  voleybolchilarni 
yoshligidanoq  o‘yin  harakatlari  ko‘nikmalari  majmuasida  xatolar 
turg‘unlashishiga  sabab  bo‘ladi.    Murabbiy  o‘yinchi  bo‘lgan  vaqtidan 
boshlab  “kuchli  sportchi  modeli”ga  intiladi.  Lekin  ushbu  taqlidiy 
yondashuv aksariyat hollarda ikki sabab tufayli pand beradi.  

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish