O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


 Umumiy tamoyil va yondashuvlar



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

4.2. Umumiy tamoyil va yondashuvlar 
 
Voleybolda o‘yin uslublariga o‘rgatishda umumiy didaktik 
tamoyillar. 
V
oleybolda  o‘yin  uslublariga  o‘rgatishda  umumiy  didaktik 
tamoyillar: ketma-ketlik, uzviylik, tushunarlilik, muntazamlilik, onglilik, 
ko‘rgazmalilik  va  boshqalarning  muhimligini  inkor  etib  bo‘lmaydi. 
Lekin  o‘qitish  predmetining  aniq  tasavvuri  bo‘lmasa  (nimani  o‘qitish), 
son-sanoqsiz  tamoyillar  ham  qo‘l  kelmaydi  –  o‘qitish  asosan  o‘z  holida 
qoladi.  Qanday  o‘rgatish  masalasi  ham  muhim  hisoblanadi.  Unga 
o‘qitish  metodikasini  tashkil  etadigan  bir  qator  vazifalarni,  jumladan, 
mashqlarni 
tanlash,  ularni 
qo‘llash  ketma-ketligi, 
tayyorgarlik 
mashg‘ulotlari  va  takrorlashlar  soni,  taqdim  etilayotgan  metodik 
ko‘rsatkichlar, harakat ko‘nikmalarini  shakllantirish jarayonini baholash 
hamda nazorat tizimi va boshqalarni kiritish mumkin. 
Harakatli  vazifalarni  samarali,  tejamli  va  maqsadga  muvofiq 
shartlarini to‘g‘ri tushunish, shuningdek, harakatlarning shakllanayotgan 


165 
tuzilmasini  baholash  va  nazorat  qilish  asosli  tizimi  muayyan  darajada 
zarur  mashqlar,  ketma-ketlik  va  ulardan  foydalanish  chastotasini 
tanlashni  talab  qiladi,  shuningdek,  voleybolning  texnik-taktik  usullarini 
o‘rgatish  metodikasi  tarkibini  optimallashtirishda  yordam  beradi. 
Mukammalroq  o‘rgatish  metodikasini  izlashda  insonning  beixtiyor 
harakatlarini 
boshqarish 
umumiy 
sxemasi 
va 
ko‘nikmalarini 
shakllantirish  qonuniyatlariga  asoslanish  shart.  Harakat  ko‘nikmalarini 
shakllantirishning  fiziologik  asosi  harakatni  boshqarish  markazlarida 
barqaror  neyron  aloqalar  shakllanishi  hisoblanadi.  Ular  mushaklarga 
signal-buyruqlarni  uzatadi  va  bajarilayotgan  harakatlar  natijalari  haqida 
xabar beruvchi proprioretseptorlardan qaytadi. 
Bu  aloqalar  muayyan  vaqt  oralig‘ida  bir  xil  harakatlarni  ko‘p 
marotalab  takrorlash  natijasida  barqarorlashadi,  bu  vaqtda  harakatni 
boshqarishning  barcha  darajalarida  ishlab  chiqilgan  mexanizm 
mustahkamlanadi.  Natijada  harakat  ko‘nikmasi  me’yorlashadi,  harakat 
vazifalari  samaradorligi  va  ishonchliligi  oshishini  ta’minlaydi.  Harakat 
ko‘nikmalari  shakllanish jarayoni bir  necha davrdan  o‘tib,  murabbiydan 
mashqlarni tanlash va ularni qo‘llash metodikasini hisobga olishni talab 
qiladi. 
1-davr
  “tarqalgan”  qo‘zg‘alish  bilan  xarakterlanadi,  natijada 
faoliyatga  keraksiz  mushaklar  jalb  qilinadi,  sportchi  harakatlari 
barqarorlashadi. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish