6-bosqich o‘yin va musobaqalarda harakatli ko‘nikmalar tatbig‘i,
turli taktik shakllar doirasida ularni qo‘llash ishonchliligi va
samaradorligini oshirish bosqichidir.
Tahlilning ushbu bosqichi bir
nechta turli xil va o‘xshash vazifalarni yechish uslublaridan iborat
bo‘ladi:
174
1)
mavjud texnik-taktik elementlarni ikki tomonlama mashg‘ulot
o‘yinlarida qo‘llashni o‘rganish;
2)
musobaqaning asabiy vaziyatlarida texnik-taktik ko‘nikmalar va
malaka-larni tatbiq qilish.
1-vazifa
.
Barcha
o‘yin vaziyatlarida guruhli mashqlarda
murabbiyning
urunishlariga
qaramay,
o‘rganilgan texnik-taktik
uslublarni oddiy qo‘llash muammosi (keyin esa samarali qo‘llash) ikki
tomonli o‘yinlarda saqlanib qoladi. Odatda yosh voleybolchilar o‘yinda
odatiy, yaxshi o‘zlashtirilgan uslublarni, tabiiyki, o‘sha vaqtda eng
samarali qo‘llashadi. Lekin kelajakka qarab, jamoaning murakkab va
turfa xil o‘yinini tuzganda, samaradorlikning oshishi keyinchalik
kuzatilishini unutmaslik kerak. Shu sababli, ushbu bosqichning
vazifasini hal etish uchun ikki tomonlama o‘yinlarda o‘rganilgan
uslublarni qo‘llash chastotasini, maxsus qo‘zg‘atish uslublarini qo‘llash
kerak. Misol uchun, ikki tomonlama o‘yinda ular qo‘llanganda jamoaga
qo‘shimcha ochko hisoblanadi. Yoki yangi vazifalar o‘yinda endi
o‘rganilgan, yangi element (sakrab tuzatish deb taxmin qilamiz)ni
qo‘llash ikki tomonlama o‘yinlarda bir-ikki partiyada maxsus vazifali
tayyorgarlik mashg‘ulotlari oxirida o‘yinchilar tomonidan yangi
uslublarni
qo‘llash
–
o‘rganilgan
elementlar
ko‘nikmasini
takomillashtirish uchun yaxshi asosdir.
O‘yinning yangi texnik-taktik metodlari asta-sekin odatiy, ularni
bajarish ko‘nikmalari barqaror bo‘lib boradi. O‘yinchilar uchun birinchi
o‘ringa yangi o‘yin uslublarini qo‘llash taktik maqsadga muvofiqligi
vazifasi chiqadi. Umuman olganda, o‘rgatish ham vaziyatli maqsadga
muvofiqlikda (texnik uslublarni to‘g‘ri bajarishni unutmay) e’tibor
qaratib, ikki tomonlama tayyorgarlik o‘yinlarida guruhli mashqlar orqali
olib boriladi. Lekin bu bilan unga nuqta qo‘yib bo‘lmaydi, o‘yinchilarga
rasmiy
musobaqalar
o‘yinlarida ularning barcha texnik-taktik
elememtlaridan samarali foydalanishni o‘rgatish kerak.
Bu bosqichning 2-vazifasi. Bu vaziyatda ko‘nikmani shakllantirish
va uni maqsadli qo‘llash (u umuman olganda, hal etilgan) muammosi
emas, balki musobaqalarda voleybolchilarning o‘yin potensiali tatbig‘ini
ta’minlash uchun psixologik barqarorlik muammosi muhimroq
hisoblanadi.
O‘yinchilarda psixologik barqarorlikni rivojlantirish uchun
jamoaning turli shaharlararo turnirlardagi ishtiroki juda foydali bo‘ladi
(rasmiy musobaqalardan tashqari, “jangovar” sharoitlar yaxshiroq
o‘qitadi). Turnirlardagi sharoit va vaziyat rasmiy musobaqalardan deyarli
175
farq qilmaydi. Murabbiy mahorati va o‘yinchilarning bor kuchi
sarflanishi turnir musobaqalarida ularning kurashchi qobiliyatlarini
rivojlantirishda qo‘l keladi.
Musobaqaviy o‘yinlarning asabiy sharoitlari ulkan tayyorlovchi
samaraga ega. Turnir qatnashchilaridan olingan foyda murabbiy
mahoratiga bog‘liq. Bu bosqichda bolalar jarimaga emas, hamkorlik va
rag‘batga muhtoj bo‘lishadi.
Musobaqalarning mas’uliyatli o‘yinlari ishtirokchilarining irodaviy
darajasi, ularning psixologik barqarorligi, bor kuchini berishiga yuqori
talablar qo‘yadi, ularsiz na talaba, na jiddiy o‘yin, na sport mahorati
o‘sishi kuzatiladi. Ko‘p o‘yinchilar asta-sekin sanab o‘tilgan sifatlarni
egallashadi, bu esa musobaqalarda o‘z o‘yin potensialini tatbiq etish va
jamoa asosiy tarkibida qolish imkonini beradi. Musobaqa faoliyati
sharoitlariga o‘rganish omili asabiy yoki jizzaki o‘yinchilar, shuningdek,
nobarqaror ruhiyatli o‘yinchilarda yuzaga keladigan bir qator
muammolarni hal etadi.
Vaziyatli tamoyilni ta’minlash jarayonida ko‘nikmalarni tatbiq etish
sharoitlarini kengaytirish, ularning tuzilmasi moslashishini oshirish
vazifasi qo‘yilgan takomillashtirish bosqichida boshqa maxsus mashqlar
qo‘llaniladi.
Ular,
aksincha,
mashqlarni
bajarish
sharoitlarini
murakkablashtiradi, misol uchun, ularning intensivligi, zarur o‘yin
vaziyatlari yuzaga kelish chastotasini oshiradi. Odatda bular sheriklar
yoki trenajyorlar bilan turli o‘yinli mashqlardir. Aksariyat guruhli
mashqlarda u yoki bu o‘yin vaziyatlari qoliplanadi, u muayyan darajada
o‘yinchilarga turli taktik tuzilmalar doirasida samarali harakatlanishni
o‘rgatib, jamoa o‘yinini “chizadi”. Shu tarzda, eng muhimi
harakatlarning to‘g‘ri tuzilmasini shakllantirish, keyin esa vaziyatli
maqsadga muvofiqlik tamoyilini amalga oshirib, o‘yinda uni qo‘llashni
o‘rgatadi.
Maxsus tanlangan mashqlar texnik uslublarni bajarishda harakat
ko‘nikma-larini
dinamik
tuzilmasini
takomillashtirish
to‘g‘ri
bajarilgandagina foyda keltirishini yana bir bor ta’kidlash joiz. “To‘g‘ri”
degani harakatli vazifalarni samarali hal etish va o‘zgaradigan o‘yin
vaziyatlari – aniq sharoitlarida tatbiq etishni anglatadi.
Dasturlashtirilgan ta’lim g‘oyasidan foydalanish. U ta’lim
mashqlarini tanlash va maqsadli ketma-ketlikda tuzatish muammosini
hal etadi, bu esa boshqa omillar bilan bir qatorda harakatli vazifalarni
samarali hal etadigan to‘g‘ri dinamik mexanizmlar shakllanishini
ta’minlaydi. O‘qitishning boshlanishida qo‘llash mumkin bo‘lgan
176
dasturlashtirilgan ta’lim mohiyatini soddalashtirib, uni quyi-dagicha
izohlash mumkin.
Barcha o‘rganiladigan material “soddadan murakkabga” qoidasi
bo‘yicha ketma-ket va parallel tuzilgan mazmunli “qadamlar” –
qismlarga bo‘linadi. O‘quvchilar maxsus tanlangan mashqlarni
bajarishda har bir navbatdagi “qadam” vazifalarini yechishi kerak.
Qiyinchiliklar tug‘ilganda ular qanday elementni bajara olmasa, ilgarigi
“qadamlar”ga, albatta, qaytishadi. Ta’limning ichki qadam-baqadam
mantig‘i o‘yinchilar harakatida o‘yin uslublari samarali, to‘g‘ri
tuzilmalarini shakllantirish va o‘qitishda xatolarning oldini olishga olib
kelishi kerak.
Keyingi qadamni o‘rganishga kirishgan jamoaning aksariyat
a’zolariga “yaxshi” va “a’lo” darajali va qolgan qismi “qoniqarli”
darajadagi ko‘nikmani egallashi uchun zarur vaqt ajratiladi. Aslida
barcha ishtirokchilar bahosi “5” bo‘ladigan sifatga emas, balki
ko‘nikmalarni bajarish barqarorligi baholanishi zarur.
Voleybolda o‘yin uslublarini o‘rganish metodikasi mazmunan
birinchi tanishuvdayoq dasturlashgan g‘oyalarni tatbiq etishni anglatadi.
Boshqa sport turlari bo‘yicha ishlanmalar ustida olimlar anchadan buyon
ishlashmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida uni rivojlantirish – o‘z
ustida ishlovchi murabbiyning vazifasidir.
Shuni ta’kidlash joizki, uzluksiz qadamba-qadam variantda
materialni egallash g‘oyasi “sof” holda ba’zi qiyinchiliklarga duch
keladi. Murakkab texnik uslublarni taqsimlab o‘rgatishda vazifalarning
bir necha bosqichlarini parallel kelgusi ta’limda bir bosqich sifatida hal
etishga to‘g‘ri keladi. Masalan, hujumchiga qarshi turishni o‘rgatishda
bir vaqtning o‘zida yugurib sakrash, sakramay hujum qilish va yugurib
sakrab kichik to‘plarni uloqtirish o‘rgatiladi. So‘ngra egallangan
ko‘nikmalarni bir butun qilish uchun yugurib sakrash va to‘pga hujum
qilishga bevosita o‘rganishga o‘tiladi.
Murakkab vaziyatlarda yetarlicha o‘rganilgan qadamlarga qaytish
qoidalarini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi, buni dasturlashtirilgan
ta’lim metodikasi talab qiladi. Yengil atletika ustalari mashg‘ulotlarda
musobaqa harakatlari u yoki bu ko‘nikmalarni “o‘rganib”, hatto
musobaqaoldi mashg‘ulotlar jarayonida ham qo‘llab umumlashtiruvchi
mashqlar bajarishi sir emas. Bunday yondashuv voleybolchilarga
ularning sport mahoratini oshiruvchi harakat vazifalarini samarali hal
qilish mexanizmlarini takomillashtirish va saqlab qolishda foydali
bo‘ladi.
177
O‘yinning harakatli ko‘nikmalarini o‘rgatishda texnik uslublar
“tayanch modellari”dan foyadalanish talab etiladi. Bunda murabbiyga
bolalar tafakkuri va aqlidroki xususiyatlarini hisobga olgan holda amaliy
faoliyat jarayonida ishlab chiqilgan texnik uslublar “tayanch modeli”
qo‘l kelishi mumkin. Ular quyida o‘rgatuvchi mashqlar bilan birgalikda
berilib, harakat vazifalarini samarali hal etish nuqtai nazaridan muhim
vaziyat va harakatlar tuzilmasiga talablar qo‘yilgan voleybolchilarning
“faoliyat o‘rinlari” sxemasini taqdim etadi.
Texnik uslublarning tayanch modeli o‘rganish obyekti (ularda
nimani o‘rgatish kerakligini aytiladi) va dinamik mexanizmlarni
shakllantiruvchi harakat tuzilmasi samaradorligini baholash tizimi
sifatida qo‘llanilishi mumkin. Ular o‘yin texnikasi “maktabi” deb
hisoblanishi mumkin. Yosh o‘yinchilarni o‘rgatish samaradorligini
oshirish uchun mashqlardagi modellarni bajarishni talab qilish emas,
balki hech qanday bosimsiz ularni yodlashga o‘rgatishdir.
Faoliyat o‘rni – o‘yinchi to‘p bilan olib borilayotgan xatti-harakat
yoki asosiy harakat yuzaga keladigan vaziyatda o‘yinchining tana holati
barcha texnik uslublarning “tayanch modellari” nusxalari har bir
o‘yinchining sport kundaligi yoki shaxsiy istiqbol rejasida mavjud
bo‘lishi kerak. Harakatlar texnikasiga bo‘lgan talablarni yaxshi bilish
o‘yinchilarga o‘yin uslublarini bajarish “maktabini” shakllantirish
bo‘yicha oddiy yoki umumlashtiruvchi mashqlarga qaytib, xatolarni
aniqlash va ularni mustaqil to‘g‘rilashda yordam beradi. Bu esa sport
mahoratining muntazam taraqqiyoti garovidir.
Voleybolda o‘yin uslublari samaradorligini belgilovchi dinamik
mexanizmlarni tushunish va ularning hosil bo‘lishini belgilash qobiliyati
murabbiyga mashqlarni tanlash va ularning hajmini belgilash,
shuningdek, o‘qitishda to‘g‘ri urg‘ularni belgilashda yordam beradi.
Ko‘nikmalar shakllanish texnikasi va metodikasi asoslarini jamoa
murabbiylari ham bilishlari kerak. Mavjud amaliyotda jamoaning barcha
o‘yinchilari, ayniqsa, yoshlar odatda texnikada nuqson va xatolarga yo‘l
qo‘yishadi.
Murabbiy
sport
ustalarini
o‘rgatishda
ularning
ko‘nikmalarini qayta shakllantirish (bir mavsum davomida) yoki
harakatlar tuzilmasida kamchiliklar tufayli mag‘lubiyatlarga avvaldan
ko‘nikib, mavjud mushak sinergiyasi asosida uslublar barqarorligiga
erishish vazifasi oldinga chiqadi. Uslublar texnikasini to‘g‘rilashda
metodik xarakterdagi bilimlar qo‘l keladi. Ko‘nikmalarni to‘g‘rilash va
qayta tuzish uchun ta’limning boshlang‘ich bosqichlaridagi mashqlarga
qaytishdan boshqa yo‘l yo‘q. Ularni ham o‘rgatishdan ko‘ra ko‘proq va
178
batafsil bajarish kerak, qayta o‘rganish qiyin, chunki mustahkam-langan
noto‘g‘ri ko‘nikmani o‘zgartirish talab etiladi.
Murabbiylarda o‘yin samarali uslublarini belgilovchi dinamik
mexanizmlarni tushunish va ularning hosil bo‘lishini kuzatish
ko‘nikmasi o‘rgatish jarayonini to‘g‘ri tanlash va hajmni belgilashda
yordam beradi. Bu esa tayyorgarlik jarayoni samaradorligini ancha
oshiradi. Yosh o‘yinchilarni tayyorlashda murabbiylar o‘zi o‘rgatmoqchi
bo‘lgan ko‘nikmalarni amalda o‘zi bajarib ko‘rsatishi katta yordam
beradi. Chunki o‘yinning taqdim etilayotgan texnik uslublari talqini
umumqabul qilingan uslublardan biroz farq qiladi, o‘yinchilarga
uslublarni samarali o‘rgatish uchun murabbiyning o‘zi ularni bajarishda
yangi variantlarini bilishi kerak. Bu eng avvalo, yuqoridan uzatish,
sakrash, to‘siq qo‘yish uslublariga tegishli. Yonboshga yiqilib to‘pni
qaytarish uslubini hamma ham bajara olmaydi. Tizzada sirpanish esa
umuman yangi o‘yin uslubi hisoblanishi mumkin.
Shaxsiy hissiyotlarga tayanish murabbiyga texnik uslublarni bajarish
usullari va variantlarini o‘yinchilarga o‘rgatish, shuningdek, o‘yin
uslubida nuqson va xatolarni aniqlashda qo‘l keladi. O‘yinchilar,
ayniqsa, yangi o‘yinchilar o‘yin uslublarini bajarishda “o‘n marta
eshitgandan, bir marta ko‘rgan yaxshi” qabilida ish yuritishsa yaxshi
bo‘ladi.
Murabbiyning didaktik ko‘nikmalari baholansa, o‘quvchilari
texnikani bajarish mezonlari bo‘yicha texnik elementlarni bir xil
bajarganda voleybolda o‘yin texnikasini o‘rgata oladi degan xulosa
berish mumkin. Agar ushbu mezonlar o‘yin vazifalarini bajarishda
harakatlar samaradorligi asosiy shartlari bilan mos kelsa, murabbiy
nafaqat o‘rgata oladi, balki to‘g‘ri texnikani o‘quvchilarga singdira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |