4-
Vazifa.
Raqib jamoasi hujumchi o‘yinchilarining zarbasi
yo‘nalishini oldindan bila olish. Raqibning hujum joyiga yaqinlashish
jarayonida to‘siq qo‘yuvchilar yugurishni tugatish va yuqoriga sakrash
tabiiy elementi hisoblanadi. Tahlilning asosiy xulosalari to‘siq uchun
ham qo‘llanilishi mumkin – ularni takrorlashga hojat yo‘q. Faqat to‘siq
qo‘yishni amalga oshirishda ularning o‘ziga xos xususiyatlarinigina
qarab chiqish o‘rinlidir.
To‘rga yoki sheriklariga tegib ketmasligi uchun to‘siq qo‘yuvchi o‘z
siltanish harakatlarini bukilgan qo‘llari bilan bajarishga majburdir.
Taranglashuvda tovonlarni tayanchga qattiq holda, to‘rga bir vaqtda
to‘g‘ri burchak ostida qo‘yilishi kerak. Qadamlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |