Ikkinchi tempdagi hujumchi-sangvinik. Umuman olganda bu, agar hujumchi baland bo‘yli va kuchli zarbaga ega bo‘lsa, yomon holat emas. Hujumchi-sangviniklar hujumda ko‘proq har xillikka ega bo‘ladi, hujumda tezkor o‘yinga moyil – pastdan bo‘lgan uzatishlarda ham hujum qilishlari mumkin. Ular asab tizimining harakatchanligi hisobidan tezda qo‘shilib keta oladi, shuning uchun yaxshi umumiy o‘yinga ega va noodatiy vaziyatlarda muvaffaqiyatli harakat qila oladilar. Ular pastdan uzatishlarda ikkinchi temp bilan muvaffaqiyatli hujum qiladilar. Sangviniklar himoyada va to‘siqda o‘ynaganda o‘yin vaziyatining rivojlanishini yaxshi topa oladilar, to‘siq yaxshi tashkil etilmagan hollardan, sangviniklar mulohazakorligi va fikrlash tezligi hisobidan, yaxshi foydalanadilar. Turli-tuman oshirishlardan samarali foydalana oladilar.
Sangviniklar yangilikka oson o‘rganadilar, odatda, o‘rganishni yaxshi ko‘radilar – ularning texnik va taktik harakatlarining turli- tumanligining garovi shundadir. Biroq bunda barcha egallangan o‘yin usullarini doimiy takomillashtirib borish muhimdir – sangviniklar, odatda, barcha yangiliklarni birdaniga tutib oladilar, biroq tez unutadilar ham.
Yaxshi barqarorlikda turlicha texnik imkoniyatlardan maqsadga muvoffiq foydalanish hujumchi sangviniklarning ustunligi bo‘lishi mumkin. Ikkinchi tempdagi sangvinik hujumchilari bo‘lgan jamoalar, odatda barqaror o‘yinga ega bo‘ladilar, kurash olib borishning turli- tuman va murakkab kombinatsion taktikalardan foydalanadilar.
Ikkinchi tempdagi hujumchi-xolerek. Ikkinchi tempdagi hujumchi rolida xolerik bo‘lishi – eng noma’qul variant, lekin bo‘lishi ham mumkin. Bunday hujumchilar notekis o‘ynaydilar, ko‘tarilishlar (pasayishlar) bilan almashinib turadilar, o‘yindan o‘yingacha davriylik ham kuzatiladi – bu ularning asab tizimi xususiyatlari bilan izohlanadi.
Xoleriklar ko‘pincha o‘yin oxirida samarasiz harakat qiladilar, ayniqsa, o‘yinda to‘xtashlar bo‘lgan hollarda, biroq o‘zini qo‘lga olishga, vaziyatli yetakchilik qilishga ham qodir bo‘ladilar. Temperamentning shoshqaloqligi bunda yaqqol ko‘rinadi. Bunday “chaqnashlardan” so‘ng, xoleriklarga o‘z kuchini tiklab olishlari uchun ma’lum bir vaqt talab etiladi. Ularni mashqlarda “og‘ir yuk ko‘tarishga” majbur qilish o‘rniga, ular xohlaganda ayrim majburiyatlardan ozod qilish ham mumkin.
Xoleriklar kamroq vaqtda bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlarga ham boshqalardan ko‘ra ko‘proq hissiyot sarflaydilar. Ko‘pincha jamoalar eng kuchli raqibni yenggan holda, ertasiga eng orqadagi jamoaga
yutqazib qo‘ysalar, buning asosiy sababi emotsional kuchlarning to‘liq tiklanmaganligidir. Bunday vaziyatlarda eng zaif o‘yinchilar xolerik temperamentdagilar bo‘ladi. Ikkinchi tempda hujumchi rolida xolerik temperamentdagi o‘yinchilardan foydalanuvchi jamoalar kombinatsion o‘yinni qo‘llashlari, to‘rdan balanddagi va uzoqdagi uzatishlardan zarba berishni kamroq qo‘llashlari lozim. Odatda o‘yinchilarning “jadal” harakatlarini talab etuvchi murakkab o‘yin sharoitlarida, xoleriklar, me’yordagi vaziyatlarga nisbatan kamroq adashadilar. Xoleriklar uchun o‘yinda psixologik zo‘riqishli to‘xtashlar bo‘lgan vaziyatlar ham og‘ir kechadi.
Butun o‘yin yoki musobaqa davrida barqaror va birmuncha samarali o‘ynash uchun xoleriklarga katta iroda kuchi yordam berishi mumkin, buni tarbiyalashga ega voleybol bilan shug‘ullanish boshlanishidayoq ko‘proq e’tibor qaratish zarur.
Xoleriklarda ko‘pincha to‘p oshirishlarni qabul qilish va amalga oshirishda barqarorlik bo‘lmaydi. Himoyada a’lo va samarali uzatishlar, tarqoqlik sababli, bo‘lmag‘ur xatoliklar bilan almashinib turadi. Biroq, umuman olganda, himoyadagi harakatlar xoleriklarning kuchli tomoni hisoblanadi. Xoleriklar nafaqat o‘zining, balki jamoaning yutuqlaridan ham kuchli ruhlanadilar, bunday kayfiyatdagi xoleriklarni deyarli yengib bo‘lmaydi. Biroq ular muvaffaqiyatsizliklardan tezda “cho‘kib” ham qoladilar.
Ko‘plab og‘ir ta’sirli vaziyatlardan chiqish uchun, xolerik temperamentdagi o‘yinchilarga musobaqalarning ushbu darajada odatiyligini singdirib borish lozim, bunga xoleriklarni jangovor sharoitlarda “yengib” o‘tiladigan ko‘plab o‘yinlar bilan erishiladi. Xolerik o‘yinchilarni o‘yinga tayyorlashda murabbiy, ularning xato qilishdan qo‘rqishlarini bartaraf etish uchun, natijaning ahamiyatini pasaytirib ko‘rsatishi lozim. O‘z tarkibida xolerik temperamentdagi ikkinchi temp hujumchilari bo‘lgan jamoalar to‘g‘risida “ular har kimni yutishi va to‘g‘ri kelganiga yutqazishi mumkin” deb aytishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |