Qisqacha mazmuni
Voleybol bilan shug‘ullanish uchun yangi kontengentni jamlashda ular shaxsining ko‘plab psixologik xarakteristikalarini hisobga olish muhum. Nomzodlar asab tizimini, shuningdek, o‘yin talablariga muvofiqligi bo‘yicha shaxsiy xususiyatlar va xarakterini baholash va hisobga ola bilish zarur.
Shug‘ullanuvchilarni tanlash jarayonida shaxs strukturasidagi qayta tarbiyalashga bo‘ysunmaydigan tug‘ma xususiyatlarga alohida e’tibor berilishi kerak.
Shaxsning u yoki bu temperament bilan bog‘liq ayrim tug‘ma xarakterli belgilarini qoplashning tegishli mexanizmlari ustida maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni yo‘lga qo‘yish asosida qoplash mumkin.
Turli vazifalardagi o‘yinchilarning psixologik xususiyatlari
O‘yin vazifalarini tanlashda o‘yinchilarning psixo-fiziologik xususiyatlarni hisobga olish o‘ta muhimdir, biroq voleybol amaliyotida ular ko‘pincha e’tiborsiz qoladi. Ko‘pgina muammolar, u yoki bu rolga tanlashda bosh mezonlar sifatida, o‘yinchi shaxsining xususiyatlari emas, balki ularning texnik-taktik harakatlari bajarish layoqati, bo‘yining balandligi, kuchli chap qo‘li va boshqalarga asosiy e’tibor qaratishdan kelib chiqadi. Bunda nafaqat o‘yinchining nima qila olishi, balki birinchi navbatda uning shaxs sifatida kim ekanligini hisobga olish zarur, chunki aynan shaxsiy xarakteristikalar ko‘p jihatdan mashq va o‘yin faoliyatining muvaffaqiyatini belgilaydi. Masalaning alohida muhimligi sababli o‘yinchilar uchun vazifani tanlash muammosiga batafsilroq to‘xtalamiz.
Ikkinchi tempdagi hujumchining vazifasi. O‘yin mantig‘i ikkinchi tipdagi hujumchilarga quyidagi asosiy talablarni qo‘yadi:
guruhli to‘siq bilan raqobatlashuvda to‘r chetlaridan ikkinchi tempda samarali hujum qilish;
oshirishlarni ishonchli barqaror qabul qilish;
oldingi qatorning barcha zonalarida yaxshi to‘siq qo‘yish;
ishonchli va hujumkor oshirish;
ikkinchi qatordan hujum qila olish layoqati;
o‘yinchining murakkab vaziyatlarida, ayniqsa, hujumda va oshirishlarni qabul qilishda ishonchli harakatlari;
himoyada ishonch bilan o‘ynash.
Ikkinchi tempdagi, yuqorida berilgan talablarni bajarishga qodir bo‘lgan, eng yaxshi hujumchilar quyidagi umumlashtirilgan xarakteriskasiga ega bo‘ladilar:
- asosiy kuchlari: stress vaziyatlaridagi barqarorlik, ikkinchi tempdagi uzatishlardan jangovar va samarali hujum qilish, oshirilgan to‘plarni barqaror qabul qilish va murakkab kuchli zarba berib oshirish;
- ushbu vazifadagi o‘yinchilar yuqori jangariligi, jangovor sifatlari bilan ajralib turadilar, kuchdan foydalanishni biladilar;
ozgina xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan vaziyatlarda ham yaxshi o‘yin ko‘rsata oladilar, biroq diqqatni boshqa tomonga qaratushga qiynaladilar va natijada nostandart vaziyatlarda yomon harakatlanadilar;
- mas’uliyatli o‘yinlarda, odatda berilib harakat qilib, chidam bilan o‘tkazadilar;
- yaxshi jismoniy ko‘rsatkichlar: bo‘yi, kuchi, sakrovchanlik, chidamlilik, zarba kuchi bilan farqlanadilar;
- yaxshi tashkil etilgan guruhli to‘siq qo‘yishda, boshqa hujumchilardan ko‘ra yaxshiroq qo‘yadi(diagonaldagidan tashqari);
- o‘yin intizomi, joy tanlash va oldindan sezish hisobidan himoyada yaxshi o‘ynashi mumkin;
- sakrash va bo‘ydan foydalanib, yaxshi to‘siq qo‘yishni biladi;
- ikkinchi qatordan yaxshi hujum qiladi;
- odatda ikkinchi tempdagi hujumchilar yaxshi ijrochilar hisoblanadi va bo‘g‘inning yoki jamoaning instrumental yetakchilari bo‘lishlari mumkin;
- o‘yin vaqtida ularni libero rolidagi o‘yinchi bilan almashtirmaydilar, chunki jamoa uchun raqibning to‘p oshirishlarini barqaror qabul qilish va ikkinchi qatordan hujum qilish zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |