O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,65 Mb.
bet191/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Asab tizimining bosiqligi qo‘zg‘alish va sekinlashish jarayonlarining mutanosibligidir. Mutanosiblik bo‘lmasligi, ya’ni jarayonlardan birining ustunligi, tegishli xulq-atvor reaksiyalariga olib keladi. O‘yinchi o‘ta qo‘zg‘aluvchan yoki aksincha sekinlashuvchan bo‘lishi mumkin.

  • Asab tizimining dinamikligi. Uni ko‘nikmalarning shakllanish tezligi sifatida tushunish mumkin. Dinamik asab tizimiga ega o‘yinchilar tez o‘rganadi, biroq ko‘pincha mustahkam emas, ko‘nikma tezda yo‘qoladi yoki “yuvilib” ketadi. Aksincha, ko‘pincha qiyin o‘rganuvchi o‘yinchilar uzoq muddat saqlanuvchi mustahkam ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

  • Asab tizimining beqarorligi bu asab jarayonlarining tezligidir. U oddiy reaksiya tezligi va odatiy ozlashtirilgan harakatlar tezligida ifodalanadi. Dastlabki uchta xususiyatlarni asosiy deb hisoblash qabul qilingan, ularning turlicha boshqaruvchi u yoki bu temperament tipini tashkil etib, insonning xulq-atvor reaksiyasi xarakterini belgilaydi. Asab tizimining xususiyatlari fiziologik tabiatga, temperament esa uning psixologik ifodalanishdir deb hisoblanadi.

    Temperament tempini tushunish va tasniflashning bir qancha yondashuvlari mavjud; ularning barchasi ham ma’lum bir ahamiyatga ega. Biroq eng keng tarqalgan va sport uchun muhum tipi – klassik antik tip hisoblanadi. Qadimgi greklar zamonidan temperamentning 4 ta tipi farqlangan: flegmatik, sangvinik, xolerik va melanxolik. Ularning xarakteristikasi bilan o‘quv rejasining psixologiya kursini o‘rganishda tanishish imkoniyati mavjud. Psixologlar temperamentning quyidagi xususiyatlarini ajratadilar:
    - sensitivlik – yuqori sezuvchanlik;

    • reaktivlik – qo‘zg‘aluvchilarga emotsional reaksiya kuchi;

    • rezistentivlik – stressga qarshilik, barqarorlik;

    • rigitlik-plastiklik – o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashmaslik- moslashuv-chanlik. O‘qish tezligiga ta’sir etadi;

    • ekstra-introvertrlik – insonning o‘zidan tashqaridagi olamga (ekstavert) yoki o‘z ichki olamiga (introvert) munosabati bilan belgilanuvchi reaksiyalarning ochiqligi yoki yopiqligi;

    • diqqatning qo‘zg‘aluvchanligi – diqqatning yangilikka qaratish intensivligi.

    Murabbiy o‘z ishida insonning asab tizimi xususiyatlari asosida bo‘lishi va uni o‘zgartirish ilojsizligi, ya’ni uning to‘liq darajada genotip bilan taqqoslanishi dalilidan foydalanishi lozim. Buni boshlovchilar tanlash bosqichida hisobga olishi kerak, aks holda ehtimoliy umidlar va kutishlar o‘zini oqlamaydi. Insonning xarakteri esa, ham irsiy belgilardan, ham rivojlanish jarayonida egallangan belgilardan iborat bo‘ladi va fenotip hisoblanadi.
    Xarakterning shakllanishida maqsadga yo‘naltirilgan ish hisobidan temperamentning ayrim kamchiliklarini birmuncha “tekislash” va uning yaxshi jihatlaridan (o‘yin faoliyati nuqtai nazaridan) yuqori darajada foydalanish mumkin. Misol uchun, flegmatikning inertligi, sustkashligi boshqa jihatlar bilan qoplanib ketishi mumkin. Aynan esa yaxshi rivojlangan barqaror diqqat, kuzatuvchanlik, o‘yinni nozik baholay olish, uncha ahamiyatli bo‘lmagan belgilar asosida o‘yin vaziyati rivojlanishini mo‘ljallash qobiliyati shu asosda to‘g‘ri va samarali xulq-atvorni o‘z vaqtida tanlash kabilar.
    O‘yinchilar asab tizimining nisbatan zaifligi va yuqori bezovtaligini irodani rivojlantirishning yuqori darajasi, o‘yin oldidan xotirjamlik, ma’qul chegaralardagi safarbarlik, shuningdek, psixoregulyatsiyaning maxsus usullari bilan qoplash mumkin. O‘yinchilarni yuqori darajadagi musobaqalarga o‘rgatib borish ham katta ahamiyatga ega, buning natijasida mas’uliyati o‘yinlar oldidan bo‘ladigan hayajonlanish pasayadi. Asabi bo‘sh va taranglashgan o‘yinchilardan natija uchun javobgarlik yukini olish ham ularda mos ravishda xulq-atvor reaksiyalarining vujudga kelishiga yordamlashadi.
    “Sof”, yorqin ifodalanishi temperamentdagi odamlar unchalik ko‘p uchramaydi. Temperamentning ifodalanganlik darajasi odatda turlicha bo‘ladi. Ayrim odamlarda temperament xulq-atvor reaksiyasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi – bu yaqqol ko‘zga tashlanib turadi, boshqalarda esa bu tashqi tomondan juda kam seziladi. Bu ko‘pincha asab tizimining
    xususiyatlari, ularning birikuvi bilan belgilanuvchi “qorishmalar”dir. Shuning uchun, ko‘pchilik psixologlar ish jarayonida sportchilardan foydalanadilar. Aynan ularning biriktirilish va ifodalanganlik darajasi o‘yinchi shaxsining xulq-atvor reaksiyalari xususiyatlarini belgilab boradi.
    O‘yinchilar temperamentining fiziologik asoslarini miqdoriy baholash murabbiyga tarbiyalanuvchilarning xulq-atvorini tushunishda qoplovchi mezanizmlarni va sportchi xarakterining belgilarini maqsadga yo‘naltirilgan holda shakllantirish va rivojlantirishda katta imkoniyat beradi.

    Download 3,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   205




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish