O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Birinchi tempdagi hujumchining vazifalari



Download 3,65 Mb.
bet195/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Birinchi tempdagi hujumchining vazifalari


O‘yin birinchi tempdagi hujumchilar oldiga quyidagicha asosiy vazifalar va talablar qo‘yadi:
- birinchi tempdagi uzatishdan turlicha hujum samaradorligiga erishish va hujumda o‘yin kombinatsiyalarini “qo‘llash”;
- yakka va guruhli yaxshi to‘siq, shu jumladan, harakatlanishlardan keyin ham;
- ayniqsa, tez o‘zgaruvchan o‘yin vaziyatlarida universallik, yaxshi umumiy o‘yin;
- himoyada yaxshi o‘ynash, turli-tuman samarali uzatishlar. Ushbu vazifadagi eng yaxshi o‘yinchilar quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
- jismoniy iqtidorli o‘yinchilar: baland bo‘yli, sakrovchan, epchil, tez, sakrashga chidamlilikga ega;
- qat’iy, uddaburon, tez fikrlovchi, mulohazali, rivojlangan, sezgir, mulo-qotga ochiq, berilib kuchi boricha o‘ynaydigan o‘yinchilar;
- qisqa va kuchli uzatishlardagi turlicha vaziyatlarda samarali va har xil hujumlar qila oluvchi, yaxshi to‘siq qo‘yuvchi;
- maydonda va to‘r yonida yaxshi umumiy o‘yindagi o‘yinchilar. Tartib-sizlikda, o‘yin vaziyatlari tez o‘zgarganda hisob bilan va samarali harakat qiladilar;
Ushbu vazifadagi o‘yinchilar o‘z vazifalarini jamoaviy yo‘naltirilganlik, hamkorlikka intilishlar asosida samarali hal etishlari mumkin.
Birinchi tempdagi hujumchilar odatda ko‘proq hissiyotli va hayotda juda xushchaqchaq kishilardir. Ular ko‘p jihatdan jamoaning emotsional va o‘yin aloqalarini ta’minlaydi, o‘zlari ham emotsional, berilib, jamoani “shodlantirib”, sheriklarini ruhlantirib o‘ynaydilar. “Emotsiya” asosida ba’zida tavakkalchilik va o‘ynalmagan harakatlarga ham yo‘l qo‘yadilar, bu ham ko‘pincha muvaffaqiyat keltiradi.
Stressli vaziyatlarda ushbu vazifadagi o‘yinchilar ikkinchi tempdagi hujumchilar kabi unchalik samarali harakat qila olmaydilar (shuning uchun, ularni orqa qatordagi libero almashtirishi mumkin), biroq tezkorligi va to‘r yonida kutilmagan harakatlari bilan ular sermahsul bo‘ladilar.
Birinchi tempdagi hujumchi-flegmatik. Eng yomon variant bo‘lishi mumkin. Flegmatik asab tizimi va temperamentining xususiyatlari ta’sirida ushbu vazifa hujumchisiga qo‘yiladigan talablarni bajarishi qiyin bo‘ladi. Murabbiylarni ularning tez yugurishi va yengil zarbasi adashtiradi. Biroq u yugurishga qancha uzoq tayyorlanishi, ko‘pincha noodatiy vaziyatlarda uzatishlar tempiga tusha olmasligi e’tibordan chetda qoladi.
Qachon yugurishni boshlash kerak ekanligini hal etish uchun qaror qabul qilishning tezkorligi zarur – flegmatikda esa bunga ko‘p vaqt ketadi, vaqt yetishmasligida esa noaniq, nomuvofiq qarorlar qabul qilishi
mumkin. U ko‘pincha to‘siqda kech qoladi, keyin esa hujum kombinatsiyasini o‘z vaqtida boshlashga ulgurmaydi.
Flegmatik, qoida tariqasida yaxshi qabul qilish va jangovor sifatlariga ega bo‘lsa-da, birinchi temp hujumchisi roliga tushganda, ikkinchi tempdagi hujumga moyilligi ko‘rinib qoladi. Ko‘pincha unga ikkinchi tempdagi uzatishlar qolganida, yoki birinchi tempdagi hujum bo‘lmay qolganida, unga to‘p uzatilganidagi kombinatsiyalarida samarali hujum qila oladi. An’anaviy holda hujumkor oshirishlarga ega. Kuchli va barqaror asab tizimiga ega bo‘lgani uchun stressli vaziyatlarda yaxshi o‘yin ko‘rsata oladi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish