Bog‘lovchi o‘yinchi-flegmatik. Yomon ham, yaxshi ham bo‘lmagan variant. Avvalo shuning uchunki, flegmatik – introvertdir. Bu bog‘lovchi o‘yinchining funksiyasini – o‘yin va emotsional aloqalarni ta’minlashni yuqori samaradorlik bilan bajarishga xalaqit beradi. Bir tekis, biroq bir xilda, ishonchli, biroq Fantaziyasiz o‘ynaydi. Odatda ijodkor o‘yinchi bo‘lmaydi, sinalgan yo‘llarni yaxshi ko‘radi, ulardan yaxshi foyfdalanadi. Ishchan, mas’uliyatli vaziyatlarda yuqori aniqlikda, ayniqsa, qo‘shimcha motivatsiya bo‘lgan hollarda jon-jahdi bilan o‘ynaydi.
Stresli vaziyatlarda yaxshi harakat qiladi, sezgisi pastligidan turli o‘zgarishlarga beqaror. Ko‘pincha hujumchi o‘yinchilarning emotsional holatini his etmaydi va bunga e’tibor ham bermaydi. Tashabbuskorligi ham emotsional emas, inert, harakatchan hujumchilarga “ergashishi”
mumkin, bu ancha yaxshi. Bunday hollarda bog‘lovchi-flegmatikning xulq-atvoridagi inertlik hujumchilarning tadbirkorligi bilan qoplanadi.
O‘zini tutib turish darajasi yuqori, kuchli hayajon va vahimaga tushib qolgan o‘yinchilarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Bog‘lovchi o‘yinchi flegmatik bo‘lgan jamoa odatda pasayishlar va ko‘tarishlarsiz, bir tekis o‘ynaydi, agarda yorqin kuchli o‘yinchilar bo‘lmasa, ularga “osmondagi yulduz yetishmaydi”.
Bog‘lovchi o‘yinchi-xolerik. Istalmagan variant. Xolerik hujumchilarning bezovtaligini oshiradi. Shoshma-shoshar, o‘zini tutib turolmaydi. Munosabatlarda bir tekis emas, badjahl, ko‘pincha janjalkash. Uning o‘zi kabi, bog‘lovchi xolerik bo‘lgan jamoalar ham notekis bir “ko‘tarilib”, bir pasayib o‘ynaydi. Chunki xolerik ko‘tarinki ruhda o‘ynaydi, o‘yin vaqtida ko‘p emotsional kuch sarflaydi va buni tiklashi uchun unga ancha vaqt talab etiladi.
Ko‘pincha ortiqcha “faol”, odatda emotsional qat’iy, shu sababli jamoada “buzg‘unchiliklar” ham bo‘lib turadi, bunga boshqa o‘yinchilar ham jalb etiladi, o‘yinda bog‘lovchi xolerikka mulohazalilik va sovuqqonlik yetishmaydi. Xolerikning asab tizimi qanchalik bo‘sh bo‘lsa, murakkab vaziyatlarda shunchalik ko‘p adashadi. O‘yinchilarning o‘zaro munosabatlari va holatini “tartibga soluvchilik” funksiyasini yomon bajargani holda, ko‘pincha uning o‘zi tashqaridan psixologik yordamga va o‘zini-o‘zi tartibga solishga muhtoj bo‘ladi.
Bog‘lovchi-xolerik “z arbdorlarcha” almashuvga chiqishi va jamoani harakatlantirishi mumkin, biroq bu odatda uzoqqa cho‘zilmaydi. Bog‘lovchi xolerik bo‘lgan jamoa notekis o‘yin ko‘rsatadi, o‘yinni tashkil etishda, ma’lum darajada bog‘lovchi tajribali o‘yinchilardan dalda oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |