O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Harakatlanish va to‘xtashni o‘rgatish metodikasi



Download 3,65 Mb.
bet85/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Harakatlanish va to‘xtashni o‘rgatish metodikasi


Tiralgan tayanch qadamlar asosida harakatlanish texnikasini o‘rgatish turli harakat va to‘xtash ko‘nikmasini shakllantirish hamda rivojlantirishning sharti va asosiy omili bo‘lgan tik turish mashqi bilan


bir vaqtda olib boriladi. Voleybolchilarning harakatlanishida nafaqat tez boshlash yoki yuqori tezlikni saqlab turish qobiliyati, balki yugurish yo‘nalishini keskin o‘zgartirish va tik turish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu vaziyatni harakatlanish texnikasini takomillashtirish uchun mashqlar tanlashda hisobga olish lozim.
Keyinchalik, o‘yinning boshqa uslublarini o‘rganishda harakatlanish va turish uslubiga bo‘lgan talablar aniqlashtiriladi. To‘pni qabul qiladigan, to‘siq qo‘yadigan va himoyalaydigan harakatlanish o‘ziga xoslikni talab qiladi. Harakatlanish texnikasini takomillashtirishda tayyorgarlik mashqlariga to‘p bilan va to‘psiz kabi o‘yinning alohida epizodlari kiritiladi. Ikki qadamdan ko‘p bo‘lgan harakatlanishlarda mushaklar faolligi va bo‘shashish davrlarini o‘z vaqtida almashtirishni o‘rgatish zarur. Aynan harakatlar “siqiqligi” o‘yinchilarga yuqori tezlikni rivojlantirishga imkon bermaydi. Mushaklar mushaklarga qarshi ishlamasligi kerak, oyoqlarni muqobil variantda joylashtirishni suyak- mushak birikmalari egiluvchan elementlari bajarishi kerak.
Bolalar boshqalardan ko‘ra osonroq va tezroq erkin harakatlanish koordi-natsiyasini o‘rganadi – bu xususiyatdan foydalanish zarur. Buning uchun birinchidan, maxsus mashqlarni amalga oshirish sharoitlarini yaratib, barcha murakkab mashqlarni ketma-ket joylashtirish. Ikkinchidan, harakatlanish vaqtida maxsus mashqlarni muntazam qo‘llash hisobiga ko‘nikmaning shakllangan harakat tuzilmasini saqlab qolish lozim.
Yosh o‘tishi bilan muntazam va maqsadli mashg‘ulotlar bo‘lmasa, harakatlar tuzilmasi asta-sekin orqaga ketadi, bu esa mushak zo‘riqishlari yoki harakatlar qayishqoqligida ko‘rinadi. Rivojlanish tezlashishi, o‘yinchi massasining oshishi, o‘ta toliqish mashg‘ulotlarda harakatlar siqiqligiga olib keladi. To‘xtash vaqtida turish holati ham o‘zgarishi mumkin.
O‘yin va o‘yin mashqlari o‘yinchilarga to‘p otishdan yugurish maksimal tezligini talab qiladi, shu sababli, diqqatni jamlab, “uzoqroq” tezlashish tuzilmasini takomillashtirish ustida maqsadli ishlashga qaratilgan maxsus mashqlarni qo‘llash zarur. Eng birinchilardan bo‘lib, hal qilinadigan asosiy vazifa – yugurishda oyoq harakatini qulayroq – qayishqoq va konservativ rejimga o‘tkazishdir.
Yugurishda oyoq harakatlari dinamik mexanizmlari mos keladigan shakl-lanish metodikasi hujum zarbalarini bajarishda harakat tuzilmasini shakllantirish metodikasiga o‘xshash bo‘ladi. Murabbiy va o‘yinchilar harakatlarni boshqarish tizimi o‘zgarishi hisobiga yugurishda
harakatlanishning oyoqlar siltanishida shakllanish yo‘llarini topishlari kerak. Bu borada N.S.Seversov tomonidan ishlab chiqilgan “yuqori tayanchda yugurish” mashqlari yaxshi natija ko‘rsatadi. Ular yumshoq qulay tirsaklagichli parallel gimnastik bruslarda bajariladi.
O‘yinchi bilaklarini tirsaklagichga qo‘yib, qo‘l panjalari bilan brusni ushlab tirsaklariga tayanib osilishlari kerak. Bu sharoitlarda tayanch bilan o‘zaro ta’sir davri cheklanadi va tebranish harakatlari jarayonida oyoqlar inersiyasi kuchiga qarshi mushaklar ishiga e’tibor qaratish imkoni tug‘iladi.
Mushaklarni ishlatishda boshqa mashqlar bilan birgalikda “ballistik” harakatlar oltin qoidasidan foydalanish yaxshi natija beradi. Shu tarzda, harakatlar oshishida o‘yinchilarning tezlik-kuch holatlari rivojlanadi, bu esa o‘yin uslublari bajarilish samaradorligida aks etadi. Harakatlanish va to‘xtashlar harakat tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha mashqlarni u yoki bu holatda boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarining har bir mashg‘uloti asosiy yoki tayyorlov qismiga kiritilishi kerak. Musobaqaviy uslubdan foydalanish va harakatli – sport o‘yinlarini qo‘llash yaxshi natija beradi. So‘ngra esa o‘yin texnik uslublari imitatsiyasi bilan harakatlanishda mashqlar qo‘llaniladi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish