Turish holatini o‘rgatish metodikasi
Voleybolda turish holati o‘yin texnik uslublarining eng oddiysi bo‘lsa-da, yangi kelganlar uchun bu jarayonga jiddiy e’tibor va ko‘p vaqt talab qilinadi. Buning sababi, to‘g‘ri turish o‘yinchiga nafaqat keyingi harakatlari uchun qulay, balki to‘p bilan ishlashni ko‘plab usullarining asosiy, muhim elementi hisoblanadi. Unga to‘p uzatish, to‘pni qabul qilish, himoyada o‘ynash va boshqa o‘yin uslublari kiradi.
To‘g‘ri turishni tezda o‘rganib olish mumkin. Mashq va o‘yinlarda turish holati ko‘nikmasini mustahkamlash qiyin. To‘g‘ri turishning boshqa texnik elementlarini takomillashtirishda, odatda, uni rivojlantirilmasa va istalgan mashqlarni bajarish jarayonida muntazam saqlab qolinmasa, uning tendensiyasi pasayib boradi. To‘g‘ri turishni samarali o‘rgatish siri mashqlar mohiyatida va hatto, metodik ko‘rsatmalarda emas (lekin bu ham muhim), balki yosh voleybolchilar tayyorgarligi davomiy jarayonida uni to‘g‘ri bajarish muntazamligidadir.
Sakrab
Qadam tashlab
Mashg‘ulotlarni shunday tashkil etish kerakki, unda o‘yinlardan so‘ng voleybolda qad rostlashni bevosita o‘rgatishga o‘tish lozim. Bunda “sherigining oyog‘ini bos”, “sherigining tizzasiga qo‘lingni tekkiz” kabi o‘yinlarni qo‘llash samarali bo‘ladi. Shu tarzda, qad rostlash va joy o‘zgartirishga o‘rgatish bir vaqtda aynan bir xil mashqlar yordamida o‘tkaziladi.
O‘yin va mashqlar jarayonida o‘yinchi beli tik va tana holati tabiiy (odatda qad rostlash bilan mos keladi) bo‘lishi kerak. To‘g‘ri turish texnikasini bevosita o‘rgatish bosqichidan so‘ng, ularga mos harakatli va sport o‘yinlarini qad rostlash ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun qo‘llash mumkin. Voleybol texnikasiga bo‘lgan asosiy talablar tayanch modelini yaratishga olib keladi (30-rasm).
Turish holati uchun namunaviy mashqlar
Mashqlar mohiyati
|
Metodik tavsiyalar
|
Murabbiy buyrug‘iga binoan turish:
“tik” turish holatidan,
harakatlanish jarayonida (yurish, yugurish, yugurish mashqlari)
|
Xatolarni tuzatib, “tayanch modeli” asosiy talablarini o‘rganish
|
Murabbiy ishorasiga ko‘ra turish
holatida har tomonga harakatlanish
|
Tayanch model talablarini
bajarish
|
O‘rta va hujum chizig‘ida moksimon
harakatlanish
|
Aynan shu. Oldinga qarash
|
Quvlashmachoq o‘ynash (harakat
holatda turganga teginish mumkin emas)
|
Keyingi ikkitasida qo‘llash mumkin
|
Tik turishga o‘rgatish va uni takomillashtirish mashqlari darsning asosiy qismiga, avvaliga, tayyorgarlik jarayoni boshlang‘ich bosqichlariga, keyinchalik esa tayyorgarlik mashg‘ulotlarining tayyorlov va yakuniy qismlariga kiritilishi mumkin.
Bolalarda turish holatiga o‘rgatishning boshlang‘ich bosqichida murabbiy buyrug‘i va hatto uning yordami kerak bo‘ladi, chunki bolalarning tik turishida muammolar bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda murabbiy hushtagi chalinganda to‘xtash sharti bilan “Sherikni o‘tkazib yuborma!” harakatli o‘yinini qo‘llash taklif etiladi. “Diqqat” buyrug‘idan keyin hamma tayyor bo‘lgach, darhol hushtak chalish kerak. Hushtakni eshitib “qotib qolgan” bolalar odatda voleybolda tik turish holatida bo‘ladi. So‘ngra esa, tik turish – harakatlanish uchun eng qulay va tabiiy holat ekanligini tushuntirish lozim.
Ko‘p qo‘llaniladigan xatolar:
- bel bukchaygan;
- yelkalar ko‘tarilgan;
- tana tik, lekin vertikal joylashgan;
- oyoq kaftining oldingi qismida emas, to‘liq qismida turish;
- harakatlanishda qad rostlashning buzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |