O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,65 Mb.
bet83/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Darsni olib borishning metodik aspekti. Mashg‘ulotlarni olib borishda asosiy mahsuldor usullarni bilish va qo‘llay olish muhim bo‘lib, uni nafaqat yosh murabbiylar, balki tajribali murabbiylar ham amalga
oshirolmasligi mumkin.Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.

  1. Har bir dars va har bir mashq uchun aniq vazifalar belgilash. Uning ahamiyati sport mahorati va voleybolchilar o‘sishi bilan ortib boradi. Vazifalar belgilanadigan, nuqson va kamchiliklar ko‘rsatiladigan “Texnik tayyorgarlik” bo‘limida individual yillik va istiqbolli rejalar mazmuni va batafsilligi ta’limda muvaffaqiyat keltiradi. Dars vazifasini aniq tasavvur qilish – umumiy maqsadga erishish yo‘lini ko‘ra olishdir.

  2. Darsga tayyorgarlik ko‘rishda har bir dars vazifalarini hal etish uchun belgilangan vazifalarini samarali yechadigan bir qator foydali va qiziqarli mashqlarni o‘ylash va tanlab olish juda muhim. Ularni o‘tkazish metodikasini o‘ylab olish kerak. Boshlovchi murabbiy har bir darsni o‘tkazish rejasini tuzib olishi zarur bo‘ladi. Ma’lumki, tajriba oshgani sayin yozuvchizuv ishlari kamayadi, lekin darsni olib borish borasida rejalar tuzib qo‘yish kerak. Bir tomondan, mashqlarni tanlash va ularni qo‘llash metodikasi hisobiga o‘qitish samaradorligi oshadi. Boshqa tomondan esa, o‘yinchilar murabbiyning darsga tayyorgarlik ko‘rgan- ko‘rmaganligini his qilishadi. Bir-ikkita yangi mashqlar yoki ularni bajarishning yangi uslubi (varianti) darsga yangilik bag‘ishlaydi va tayyorgarlik jarayonida ijodiy muhit yaratadi. Tabiiyki, tarbiyalanuvchilar qiziqish bilan vazifalarni bajaradi yoki zerikarli bo‘lganda xohishsiz harakatlanishadi. Darsga tayyorgarlik jarayonini yangilashtirishda har bir murabbiyda bo‘ladigan va muntazam to‘ldirib boradigan mashqlar katalogi qo‘l keladi.

  3. Guruhlarni tashkil etish. Saflanish mashqlaridan foydalanish. Darsda tayyorgarlik vazifalarini bajarish jarayonida guruh tartibi tashkilotchilik va yaxshi boshqarilishini ta’minlash uchun murabbiy tartib mashqlarini qo‘llash metodikasiga ega bo‘lishi kerak. Usluksiz, frontal, aylana va boshqa tayyorgarlik mashqlarini bajarishda guruhlarni tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Ba’zi mashqlarni uzluksiz uslub (masalan, yugurish mashqlari), boshqalarini frontal uslub, boshqa mashqlarni aylana uslubda bajarish qulay.

Tuzilmaviy mashqlarning asosiy tarkibiy qismi guruhlarni qayta tuzish uslublari hisoblanadi. Ular guruhlarni tez va tartibli bo‘lish, tayyorgarlik vazifalarini bajarish uchun sport zaldagi qulay hududga joylashtirish imkonini beradi.
Talabalar ko‘plab tuzilmaviy mashqlarni qo‘llash metodikasini OTM o‘quv dasturiga muvofiq “Gimnastika” o‘quv fanini to‘liq o‘zlashtirishadi, lekin ularni sport o‘yinlarida qo‘llashning o‘ziga xos
xususiyatlari mavjud. Ularni voleybolchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llash mumkin, lekin voleybol, avvalo, sportning o‘yin turi bilan shug‘ullanish xususiyatini unutmaslik kerak. Odatda, tayyorlov mashqlarini bajarish o‘zini oqlasa-da, o‘yinchilarga to‘g‘ri kelmaydi. Murabbiy “Texnika”ga o‘rgatishda umuman har bir o‘yinchining asosiy (ishchi) harakatlarini nazorat qilish uchun turli vaqtda mashqlarni o‘zi bajarishi yoki bajartirishi lozim. “Marsh!” yoki “Diqqat, bosh-ladik!” buyruqlari o‘rniga “Navbat bilan boshlaymiz!” deyish ma’qul.
O‘z navbatida kutishdan ko‘ra ko‘plab usullarni frontal uslubda qo‘llash, ya’ni qatorlashib, 1-2 o‘yinchi shug‘ullanib, qolganlari kutib turib bajarishlari lozim. Estafeta uchun mashg‘ulotlar zichilgini oshirishda guruhni bir nechta jamoalarga bo‘lish kerak. O‘yinchilar yugurish va sakrash mashqlarini boshlang‘ich nuqtadan 4 ta chap tomonga saflanib bajarishi foydali bo‘ladi. Agar mashq murakkabroq bo‘lsa, o‘yinchilar biroz hordiq chiqarishadi, yengilroq bo‘lsa, harakatli mashqlarni taklif qilish mumkin.
Guruhda mashqlarni barcha o‘yinchilarni navbatsiz, faqatgina ruxsat etilgan hordiqli tanaffuslar bilan bajartirish kerak. Asosiy o‘yinchilarga xalal bermaslik uchun ba’zi o‘yinchilarni faqat to‘r oldida qoldirish, boshqalarini esa maydonchada uzatish yoki kiritish maqsadida qo‘shish mumkin emas. Shu tarzda, “zahira” o‘yinchilarning o‘ziga ishonmasligi va noroziligi shakllanib, ularning sport mahorati va shaxs sifatida shakllanishida g‘ov bo‘ladi.
Yugurish mashqlarida, ayniqsa, estafetalarda o‘yinchilar devor yaqinida yoki devorda harakatlanishi mumkin emas, chunki bunday hollarda devorga urilish va jiddiy jarohatlar ehtimoli oshadi. Poldagi chiziqlar yoki ustunlardan foydalanish lozim. Voleybol mashg‘ulotlaridagi odatiy tartiblanish juft bo‘lib, uch yoki to‘rt kishilab, zal bo‘ylab (ba’zan yoqalab) va saflanib joylashtirish sifatida bo‘lishi kerak. O‘yinchilarning bunday joylashishi ommaviy uslubda ishlashdan ko‘ra samaraliroq bo‘ladi.

  1. Darsda samarali psixologik iqlimni ta’minlash. Ishga ijodiy yondashish, yangi mashqlar, ko‘tarinkilik, darslarda yumorning borligi, o‘yinchilar bilan hamkorlik, ularning shaxsini hurmat qilish, muvaffaqiyatni ta’minlash tayyorgarlik faoliyati jarayonida samarali psixologik iqlimni shakllantiradi. Didaktik vazifalardan tashqari, tarbiyaviy vazifalar ham hal etiladi – har bir murabbiy yaratilishi zarur bo‘lgan ijodiy mehnat muhiti, jamoada hamkorlik va o‘zaro yordam ruhi mustahkamlanadi.

Murabbiy mashg‘ulotlarni shunday tashkil etishi kerakki, har bir o‘yinchi jamoa va murabbiy uchun o‘zini qadrliligini, hozir bo‘lmasa, ertaga jamoaning asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lishini his qilishi kerak. Samarali tayyorgarlik faoliyati uchun o‘yinchilar motivatsiyasi alohida o‘rin egallaydi. Daniya terma jamoasining mashhur murabbiysi Mayk Trollening fikricha, samarali motivatsiya o‘yinchi imkoniyatlari va unga qo‘yiladigan talablarning to‘g‘ri nisbatini yaratadi, bu esa muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Past darajali talablar takomillashish jarayonini rag‘batlantirmaydi. Juda yuqori talablar esa o‘yinchining o‘z kuchiga ishonmasligi va ishonchsizligiga zamin yaratadi.

  1. Joy tanlash. Mashg‘ulotlar vaqtida murabbiy sport zalida shunday o‘rinni egallashi kerakki, toki barcha o‘yinchilarning harakatini kuzatishining imkoni bo‘lsin. Hatto bir o‘yinchiga ham ters orqa o‘girib turish mumkin emas. Bundan murabbiyning o‘zi o‘yinchilarga o‘yin uslubini namoyish etish yoki guruh o‘rtasida turib mashqda ishtirok etish holati istisno hisoblanadi. Oxirgi holatda murabbiy nazorat uchun boshini burishi mumkin. Bu qoidalar sport zalida barcha ishtirokchilarni muntazam kuzatish, yosh o‘yinchilarni jarohatlardan ogohlantirish, ko‘nikmalar jarayonini nazorat etib, hammaga uslubiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi. Bu qoidalar murabbiyning zalda zaruriy siljishlari vaqtida ham buzilmasligi kerak.

Bir yoki bir nechta o‘yinchilarga uslubiy yordam ko‘rsatib, murabbiy guruhga yuzlanishi, periferik nigohi bilan barcha ishtirokchilarni kuzatib turishi lozim. Bu tayyorgarlik faoliyati samaradorligini oshiradi va ehtimoliy jarohatlar oldini oladi.

  1. Beriladigan buyruqlar. Tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish vaqtida guruhni yaxshi tashkil etish uchun, ayniqsa, yangi va yosh o‘yinchilar bilan ishlaganda murabbiy barcha buyruqlarni bilishi va undan to‘g‘ri foydalana olishi shart. Safdagi buyruqlarni aniq va baland tovushda, urg‘uni zarur so‘zga qo‘yib va biroz tik holatda turib berishi kerak. Aksariyat buyruqlar va saflanish uslublari “Gimnastika” o‘quv fanida berilgan.

O‘sib kelayotgan o‘yinchilar bilan ishlashda erkinroq tartibda, hisobsiz o‘tkaziladi. “To‘xta!” buyrug‘i yoki mashqni to‘xtatuvchi hushtak ovozidan keyin murabbiy uni hamma ko‘radigan joyda bo‘lishi kerak. Kichik tanaffus vaqtida murabbiy aytayotgan fikrlarni barcha o‘yinchilar eshitadigan jimlik yaratish kerak. Agar murabbiy tovushi zalda taralib, yomon eshitilsa, u uslubiy ko‘rsatmalar uchun xatti-harakat yoki buyruq bilan o‘yinchilarni yoniga chaqirishi mumkin.
Mashqlar tushuntirilgach, ularning aksariyatini bir vaqtda emas, balki turli vaqtda bajarish kerak. “Har kim har xil bajaradi!” buyrug‘i oxirgi bo‘g‘inga urg‘u bermay aytiladi. Shunday qilinganda, murabbiy turli voleybolchilarning o‘rganilayotgan uslubni ko‘p marotaba bajarilishini ko‘ra oladi va ularga yordam beradi.

  1. Ko‘rgazmalilik asosiy tamoyili tatbig‘i sifatida o‘yin uslublari taqdimoti. Yosh sportchilarga eng katta uslubiy yordamni murabbiy va o‘yinchilar tomonidan bajarilgan mashqlar ko‘rgazmasi ko‘rsatiladi. Tayyorgarlik mashg‘ulotlarining bunday tashkil etilishi tartibga chaqiradi va o‘qishga qiziqishini oshiradi. Buning ustiga, istalgan o‘yinchi xatti-harakatlarini tez yozib, ko‘rsata oladigan zamonaviy videotexnika harakat va holatlarning samarali mexanizmlarini mustahkamlash, o‘z vaqtida xatolarni tuzatish, uning sonini kamaytirish imkonini beradi.

  2. Yangi kelgan o‘yinchilar e’tiborini va qiziqishini faollashtirish uslublari o‘qitish jarayonini tezlashtiradi. O‘qitishda muvaffaqiyat ta’minlanib, mashg‘ulotlarda o‘yin va musobaqa elementlari mavjud bo‘lsa, unga qiziqish oshadi. Agar bolalarga darslar qiziqarli bo‘lsa, o‘rganishni istashsa, yangilik, ko‘rgazmalilik elementlari mavjud bo‘lsa va ular oldinga siljiyayotganini sezishsa, darslarga e’tiborli bo‘lishadi.

Mashg‘ulotlarda murabbiy nutqi qisqa, mazmunli, ko‘rgazmali va ishontiradigan bo‘lishi kerak. Uzoq vaqt zerikarli tarzda gapirish shart emas, axir bu ma’ruza emas, amaliy mashg‘ulot. Uslubiy ko‘rsatmalarning asosiylarini mashqlar bajarilib bo‘lguncha shakllantirish kerak. Nutq va xatti-harakatning his-tuyg‘uli bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim, so‘zlarning emotsionalligi, to‘g‘ri tuzilgan jumlalar mantiqan ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.

  1. Guruhdagi umumiy tartib talabchanlik va qat’iy talab hisobiga emas, balki mashg‘ulotlarning to‘g‘ri tashkil etilganligi hamda qiziqarli shakllantirilganligiga, shuningdek, ishni tushunib borish natijasida yosh sportchilar muvaffaqiyati uchun qulay sharoitlar yaratish, murabbiyning har bir ishtirokchini mohirlikni oshirishga unday olish, diqqatini torta bilish qobiliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar bolalar mashg‘ulotlarga bayramga borgandek borishsa, o‘rgatishda muvaffaqiyat ta’minlangan hisoblanadi.

Agar mashqlar qiziqish, yangilik, musobaqa va o‘yinlar elementlari bilan boyitilsa, bu kabi mashg‘ulotlarning samarasi oshadi. Bunday yondashuv doirasida murakkab yuklamalar va yuqori intensivlik osonlashadi.

  1. Bolalar bilan ishlashda tez-tez boshqa mashg‘ulotlar va mashqlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Murabbiyning artistlik qobiliyati, uning yuqori, shuningdek, ko‘tarinki muloqot bilan qorilgan, mashqlarning oddiy va tushunarli logik talqini, nutqning emotsional bo‘yog‘i voleybol o‘yini uslublarini samarali o‘rganish va o‘yinchilar sport mahoratining oshishiga olib keladi. Bunday dars o‘tkazishda mashg‘ulot natijasi ancha yuqori bo‘ladi.

  2. Yuklamalarni taqsimlash. O‘yinchilar charchaganlarida diqqatni jamlash qobiliyati pasayadi, shu sababli murakkab uslublar mashg‘ulotning boshida o‘rgatilishi kerak. Shuningdek, mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichida emotsional “soflik” darajasi pasayishini hisobga olib, o‘ta intensiv va davomiy mashqlarni bajarishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Mashg‘ulotlarning asosiy qismida o‘yinchilarga ko‘pincha jismoniy va emotsional kuch, shuningdek, mashqlarni bajarish uchun diqqatni jamlash yetishmaydi, u qanchalik ko‘p miqdorda bo‘lsa, qizib olish vaqti shunchalik uzunroq va intensivroq bo‘ladi.

Inventar. Turli qo‘shimcha odatiy zaruriy inventarlar (to‘plardan tashqari) jamoaning barcha ishtirokchilari turli mashqlarni bajarishi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Turli qo‘shimcha jihozlardan foydalanish guruhni yaxshiroq tashkil etish, yangiligi va murakkabligi hisobiga mashqlarga qiziqishni oshirish, o‘rganish sifatiga yordam beradi.



    1. Download 3,65 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish