bosqich umumlashtiruvchi mashqlar orqali texnik uslubning dinamik mexanizmlarini shakllantirish bosqichi. Hujumchi zarbasi kabi murakkab o‘yin uslublarini umumlashtiruvchi mashqlar yordamida “takomillashgan uslub” (harakat elementlari bo‘yicha) o‘rganish zarur. O‘yinning murakkab bo‘lmagan uslublari oddiy sharoitlarda bir butun uslub sifatida o‘rganiladi.
O‘yinchilarda umumlashtiruvchi mashqlar seriyasini bajarish hisobiga “elementar” harakatlar – alohida dinamik mexanizmlari shakllanadi, natijada o‘yin uslublarini bajarish umumiy ko‘nikmasi “quriladi”. Shu tarzda, yangi o‘yinchilar murakkab, lekin qo‘ldan keladigan mashqlarni bajarish jarayonida asosiy voleybol harakati elementlarini egallashga “yetaklaydi”.
O‘rgatuvchi mashqlarni tanlash – bosqichning muhim vazifasidir. Uni texnik uslublar tuzilmasi o‘rgatuvchi mashqlardan kelib chiqadigan
qoidalarga binoan olib borish kerak. Tayyorlov va yetaklovchi mashqlar bajarilib, uning texnik yoki tarkibiy qismi sharoitlarini soddalashtirish uchun mo‘ljallanadi. Takrorlashlar natijasida harakatlarni boshqarish markazlarida barqaror neyron aloqalari osongina shakllanadi. Harakatlar strukturasi dinamik mexanizmlari tezroq shakllanadi, ko‘nikma ham tezroq barqarorlashadi.
Maxsus yaratilgan sharoitlarda ba’zi tug‘ma harakat reflekslarini “harakatlantirish” imkoni tug‘iladi. Ushbu fikrlar mantig‘i maxsus moslamalar (“tebranuvchi tosh”, kichik to‘plar va b.), shuningdek, maxsus mashqlar (“yuqori tirgakda yugurish” va b.)ni yaratish va qo‘llashga olib keladi. Barcha trenajyorlar amaliy ahamiyatidan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlar uchun tanlanadi. Masalan, plastmassa to‘plarni uloqtirish, qo‘l silkib to‘pni uloqtirish ko‘nikmasini shakllan- tiradi, rezina binti bilan mashqlar aksincha, qo‘llarni mustahkamlab, qo‘l silkib uloqtirishni charxlaydi.
Ba’zi trenajyorlar erkinlik darajasini kamaytirib, elementlarni bir xil bajarishni ta’minlaydi, bu esa to‘g‘ri ko‘nikmani tezroq o‘zlashtirishda qo‘l keladi. Mashqlarni “faqat” to‘g‘ri bajarish” tamoyili tatbig‘i noto‘g‘ri ko‘nikma shakllanishi va qayta o‘rganishning oldini oladi. Ularni to‘g‘ri tanlab olish muhim. Texnik uslubning u yoki bu dinamik mexanizmi shakllanadigan umumlashtiruvchi va tayyorlov mashqlarigina (shu jumladan, trenajyorlar bilan) samarali bo‘lish mumkin. O‘rgatuvchi mashqlarning tashqi o‘xshashlik emas, balki ichki dinamik mohiyat “asosiy” harakatning dinamik tuzilmasiga mos kelishi kerak. Misol uchun, yuqoridan to‘p uzatishda eng oddiy mashqlarni bajarish sharoitlarini soddalashtirish hisobiga to‘p bilan ishlash texnikasini to‘g‘ri shakllantirishda qo‘l keladi. Pastdan to‘p uzatish holati bu holatda nomuvofiq bo‘lib, o‘yinchilarni to‘pni qo‘l bilan urishiga o‘rgatadi va burish holatini o‘zgartiradi.
O‘qitishning uchinchi bosqichining boshlanishi o‘yinchining butun sport karyerasida davom etadi. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘yinchi ko‘nikmaning mos elementini o‘rganish, yuzaga kelgan xatolarni to‘g‘rilash va mushaklar tezlik-kuch tasnifini oshirish maqsadida u yoki bu umumlashtiruvchi va tayyorlov mashqlariga qaytishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |