208
shaharlari oralig`ida joylashgan xaldey qabilalari
muhim o’rinni egalladilar. Ular yarim ko`chmanchi
chorvador va dehqonlar edilar. Xaldeylar er. avv. IX
asrda Bobilni janubiy qismini bosib oladilar va
Bobil
madaniyatini qabul qiladilar. Bobilning oliy xudosi
Mardukka sig`inadilar.
Er. avv. 729-yilda Bobilni Osuriya bosib oladi.
Osuriyaliklar Bobilda er.avv. VII asrgacha
hukmronlik qiladilar.
Yangi Bobil podsholigini
paydo bo’lishi eramizdan avvalgi 629-yilga to’g`ri
keladi. Lashkarboshi Nabopalasar Bobilda yangi
xaldey sulolasiga asos soldi. Navuxudonosor II ning
hukmronlik yillari Bobilning gullab-yashnagan (er.
avv. 605-562-yillar) davri bo’ldi. Bobil 200 ming
aholisi bo’lgan qadimgi sharqning eng yirik shahriga
aylandi. Shahar Frot daryosining ikki qirg`ogida
joylashgan bo’lib, uzunligi 123 metr, kengligi 5-6
metr bo’lgan ko`prik bilan birlashtirilgan. Shaharda
ulkan podsho saroyi, sun'iy
tepalikda Bobilning
muqaddas ibodatxonasi Esagila joylashgan edi.
Ibodatxonaning har bir tomoni uzunligi 400 metrni
tashkil qilgan. Undan janubda balandligi 91 metr
bo’lgan yetti qavatli Etemenanki («osmon va yerning
markazidagi ibodatxona») deb atalgan zikkurat
ibodatxona qurilgan. U qadimgi yetti mo'jizaning biri
deb hisoblangan. Shahar ikki qator devor bilan
o’ralib, uning aylanasi 8 km.ni tashkil qilgan va 8
darvozadan shaharga kirilgan.
209
Navuxodonosor II vafotidan so’ng Bobil
zaiflashadi. Er. avv. 539 - yilda Bobilni Eron
podshosi Kayxusrav II bosib oldi. Bobil eramizdan
avvalgi 331- yilgacha Ahmoniylar davlati tarkibiga
kiradi, keyin esa Makedoniyalik Iskandar davlatiga,
uning yemirilishidan so’ng
Salavkiylar davlati
tarkibiga kiradi.
Bizgacha Bobil tarixini er. avv. VII-VI asrlariga
doir ma'muriy matnlar, yozuvlar, podsho farmonlari
va farmoyishlari yetib kelgan. Bobil to’g’risida
ayrim antik mualliflar ma'lumotlari mavjud.
Hujjatlarga ko’ra, bu davrda qullarning soni
ko’paygan. Ibodatxona xo`jaligida yuzlab qullar
ishlagan, boylarning yerlarida 3-5 qul, tadbirkor
uylarda o’nlab qullar mehnat qilganlar. Yirik yer
egalari erkin kishilarga va
qullarga yerni ijaraga bir
xil shartlarda berganlar.
Yollanma ishchilar, kam yerli yoki yersiz kishilar
ko’pchilikni tashkil qilgan. Yangi Bobil podsholigi
davrida savdo-tadbirkorlik uylari keng tarqalgan.
Arxiv ma'lumotlariga ko’ra Egibi va Murashu uylari
katta-katta yerlarni ijaraga berganlar. Ibodatxonalar
ham tovar-pul munosabatlariga tortilgan.
Ular yer va
qullarni ijaraga berganlar. Er. avv. I ming yillikda
podsho xo`jaligi sezilarli rol o`ynamagan. Podsho
yerlari ham ijaraga berilgan. Ibodatxona va xususiy
xo’jaliklar yetakchi o’rinni egallaydilar.
210
Bobil xalqaro savdoda Sharqiy O’rtayer dengizi
qirg`og`i mamlakatlari va Mesopotamiyadan janubiy-
sharqda turgan viloyatlar o’rtasida savdoda
vositachilik qilgan. Misr, Suriya, Elam
va Kichik
Osiyo bilan gavjum savdo qilingan. Bobil ahmoniylar
viloyatlariga g`alla, kiyim-kechak va jun, gazlama
yetkazib beradigan asosiy markaz bo’lgan. Bobil Fors
davlatining eng boy satrapliklaridan biri edi, u har
yili xazinaga 1000 talant (30 tonna)
kumush bilan
davlat solig`ini to`lagan.
Do'stlaringiz bilan baham: