6
joylashgan hozirgi Tunisdan, Xitoy,Yaponiya va
Indoneziyagacha, janubdan shimolga-hozirgi
Efiopiyadan Kavkaz tog'lari va Orol dengizining
janubiy qirg'oqlarigacha cho`zilib ketgan. Bu yerda
qadimda mavjud bo`lgan ko`p sonli sharq davlatlari
tarixda muhim rol o`ynaydi: Qadimgi Misr
podsholigi, Bobil davlati,
Xett davlati,ulkan Osuriya
imperiyasi, Finikiya, Suriya va Falastindagi kichik
davlatlar, Frigiya, Lidiya davlatlari, Eron tog'
tizmasidagi davlatlar,jumladan Yaqin Sharq
hududlarini o`z tarkibiga kiritgan qudratli fors
Ahmoniylar davlati, Hindiston, Xitoy, Koreya va
Janubiy-Sharqiy Osiyo hududlaridir.
Insoniyat
tarixida ibtidoiy jamoadan
sivilizatsiyaga o`tish shaharlarning paydo bo`lishi,
ularning hokimiyat va diniy markaz sifatida
shakllanishi ibodatxona, saroylar qurilishi, yozuvni
paydo bo`lishi bilan va
shuningdek jamiyatda turli
sinflar va davlatchilikni paydo bo`lishi bilan
boshlanadi. Qadimgi sivilizatsiyalar davri, qadimgi
dunyo tarixi fani tomonidan o`rganiladi. Tabiiyki
sivilizatsiyalar tarixi
qadimgi sharqda eramizdan
avvalgi IV ming yilliklardan jamiyatning taraqqiyoti
natijasida turli ijtimoiy qatlamlarni paydo bo`lishi
bilan boshlanadi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi turli
geografik hududlarda, turli davrlarda tugallandi.
Jumladan Old Osiyoda Qadimgi Sharq tarixi
Makedoniyalik Iskandarning yurishlari (er. avv. IV
7
asr.) bilan tugallandi, Janubi y va Sharqiy Osiyo
mamlakatlari uchun eramizning I ming yilligini II
yarmigacha davom etdi. “Qadimgi Sharq” geografik
tushunchasi shimoliy-g`arbiy
Afrikadan Tinch
okeanigacha va buyuk cho`ldan Hind okeani va
Saxaragacha bo`lgan ulkan hududni qamrab oladi.
Asosan bu hudud subtropik iqlimli, juda issiq va
quruq yozi, yumshoq qishi bilan ko`zga tashlanadi.
Qadimgi Sharq xalqlarining sivilizatsiyalari asosan
buyuk daryolar Nil, Dajla va Frot, Hind, Gang,
Xuanxe, Yanszi, Amudaryo kabi daryo havzalarining
unumdor vodiylarida sun`iy sug`orishga asoslangan
xo`jalik hayotini samarali rivojlanishi bilan ajralib
turadi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi
jahon xalqlari
taraqqiyotining keyingi rivojlanishiga samarali ta`sir
ko`rsatadi va uning poydevori hisoblanadi.
Qadimgi Sharqni mamlakatlar bo`yicha o`rganib
borish qulayroq bo`ladi. Bunday o`rganish umumiy
taraqqiyot yo`lini ham mahalliy xususiyatlarni ham
aniqlashga yordam beradi: bu ayirmalar o`zining juda
xilma xillligiga qaramasdan taraqqiyot qonuniyatini
o`zgartirmaydi. Asosiy e'tibor yirik daryolar
vodiylarida vujudga kelgan, Sharq (Misr, Ikki Daryo
oralig'i, Hindiston, Xitoy keyinroq Xorazm) kabi
davlatlarga qaratiladi. Tog'li mamlakatlar (Kichik
Osiyo, Suriya,
Falastin, Eron) uchun boshqa sharoitlar
xarakterlidir, bu joylarda jamiyat va davlat ancha
keyin vujudga kelgan.
8
Dasht yerlarida cho`l sharoitida o`ziga xos
xo`jaliklar tarkib topgan, ularda ko`chmanchi
chorvachilik ustunlik qilgan. Qadimgi Sharq
xalqlarining tarixini er. avv. IV ming yillikning
ikkinchi yarmida Nil va Frot vodiylarida ilk davlatlar
va jamiyatlar paydo bo`lishidan boshlab o`rganish
qabul qilingan. Qadimgi Sharq tarixining so`ngi
davri
Makedonniyalik Iskandarning Yaqin Sharq, Eron
tog'ligi, O`rta Osiyoning janubiy qismi va
Hindistonning shimoliy-g'arbiy qismini er. avv. IV
asrning 30-20 yillaridagi istilolari bilan tugaydi.
Iskandar yurishlari bilan Ellin davlatlari vujudga
keldi. O`rta Osiyo, Hindiston va Uzoq Sharq
mamlakatlari tarixida antik davr eramizning III-V
asrlarigacha, qaysiki bu hududlarda antik ishlab
chiqarish munosabatlari yemirilgan vaqtgacha
o`rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: