31
qatlamlari elektr zanjiriga ulangan izolyator vazifasini o’taydi. Gidrokimyoviy
yotqiziqlar qarshisida qayd qilingan PS egri chizig’i ko’rsatkichlarining o’zgarishi
elektrod potentsiallarining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lib, jinslarning litologik tarkibi
to’g’risida ma’lumot beraolmaydi. SHunga ko’ra gidrokimyoviy jinslar qarshisida
chizilgan PS diagrammasi ko’pincha noaniq to’lqinsimon egri chiziqlardan iborat
bo’ladi.
Mikrozond diagrammalarida gidrokimyoviy
yotqiziqlar yuqori zohiriy
qarshiliklar namoyon etadi. Suvda erimaydigan angidrit, gips jinslari ichidagi toshtuz
qatlami mikrozond diagrammasida past zohiriy qarshilikka ega bo’lgan interval
sifatida ajratiladi. Qarshilikning kamligi tuzning suvda eruvchanligi va quduq
diametrining kattalashishi bilan bog’liq.
Cho’kindi jinslar orasida gips, angidrit va toshtuz (galit) juda past
radioaktivlikka ega. SHu sababli gamma-karotaj diagrammalarida gidrokimyoviy
yotqiziqlar eng past ko’rsatkichlar namoyon etadi. Gamma-karotaj diagrammalarida
kaliy tuzlari (silvin) yuqori radioaktivlik bilan tavsiflanadi, buning asosiy sabablariga
uning tarkibida kaliyning radioaktiv izotopining borligidir.
Neytron gamma-karotaj diagrammalarida gidrokimyoviy cho’kindilar qayd
qilingan gamma- nurlanish jadalligi qiymati bilan ajralib turadi. NGK
diagrammalarida anomal yuqori ko’rsatkichlar toshtuzi qatlamlari qalinligiga to’g’ri
keladi. Xlor atomlari neytron yadrosi bilan qamrab
olinganda gamma-nurlanish
shiddatli va katta energiya ta’sirida sodir bo’ladi. Quduq diametri namlikda
tuzlarning erishi hisobiga kattalashganda (40 sm dan ko’p bo’lganda) NGK
ko’rsatkichlari toshtuz qatlamlari qarshisida kichik qiymatga ega bo’ladi. Agar
quduqqa mustahkamlash quvurlari tushirilgan, quvur orti bo’shlig’i sement bilan
to’ldirilgan bo’lsa, u holda bunday quduqlarda bajarilgan NGK diagrammalarida
toshtuz qatlami past ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Bunday hollarda quduq
diametrining kattaligi hisobiga toshtuzning NGK ko’rsatkichlariga ta’siri
juda oz
bo’ladi, shu sababli NGK ko’rsatkichlari yuqori g’ovaklikka ega bo’lgan sement
halqaning neytronli xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Karbonat jinslar qarshisida chizilgan egri chiziqlarda angidrit qatlamlari yuqori
ko’rsatkichga ega bo’ladi. Gil aralashmalar va darzliklar angidritning NGK
ko’rsatkichlarini pasaytiradi.
Gips tarkibida kristallashgan suv bo’lganligi tufayli NGK diagrammalaridagi
ko’rsatkichi minimal qiymatga ega; gamma-nurlanish
jadalligi karbonat, qumli va
yuvilmagan gil jinslarnikidan doimo kam bo’ladi. Shu sababli, zich tuzilgan va
gipslashgan jinslar ― ohaktoshlar, dolomitlar, angidritlar va b. NGK
diagrammalarida ko’rsatkichlar doimo past bo’ladi. Bunday
holat ularni kollektor
sifatida ajratishda chalkashliklarga olib keladi.
Kaliy tuzlari NGK diagrammalarida mineralogik tarkibiga ko’ra turlicha
ifodalanadi. Masalan, tarkibida ko’p miqdorda kristallizatsion bog’liq suv bo’lgan
karnallitlar ko’rsatkichi minimumga yaqin bo’lsa, xuddi shunday xususiyatlarga ega
bo’lgan silvinitlar ko’rsatkichi toshtuzniki kabi maksimumga yaqin.
32
Xemogen jinslar suvda yaxshi eriydi (toshtuz va kaliy tuzlari bundan mustasno).
Quduq diametri doloto diametriga mos kelganda kavernogrammalarda ularning
ko’rsatkichi yuqori, quduq diametri tuzlarning suvda erishi hisobiga dolotonikidan
katta bo’lganda ko’rsatkich past bo’ladi. Toshtuz va kaliy tuzlarini
kavernogrammalarda quduq diametri qiymatining deyarli o’zgarmasligini hisobga
olgan holda aniq ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: