«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

Karbonat jinslar

Karotaj diagrammalari yordamida karbonat jinslarni 
tabaqalash va ayniqsa ohaktosh va dolomitlarni ajratish qiyin kechadi. 
Mergellar.
Tarkibi ohak va loyqadan iborat jins. Uning tarkibida karbonatlardan 
kaltsit va dolomit (40-60 foizgacha), gilli minerallardan esa montmorillonit, 
glaukonit, kaolinit, shuningdek, kvarts, gips va temirli minerallar bo’ladi. Rangi oq, 
pushti, sarg’ish qizg’ish, yashil. Mergel 10% li xlorid kislotada kuchli «qaynaydi». 
Unga kislota tomizilganda yuzasida dog’ qoladi. 
Mergellarning solishtirma qarshiligi g’ovakligiga va gillilik darajasiga bog’liq 
holda katta intervalda o’zgaradi. Mergellar g’ovakligi gilli qumtoshlar va 
alevrolitlardan farqli o’laroq chuqurlik oshgan sari o’zgarmaydi. Buning asosiy 
sabablaridan biri mergel tarkibidagi karbonat material jinsning mustahkam skeletini 
hosil qiladi va natijada yuqorida yotgan jinslardan bo’ladigan bosim ta’sirida 
zichlashmaydi. 
Mergelning bo’sh, yuqori g’ovaklikka ega bo’lgan turlarining solishtirma 
qarshiligi taxminan 5-7 Om

m ga teng, juda zich tuzilgan (masalan, Buxoro-Xiva 
neft-gazli regionida kellovey-oksford, neokom, alb va b. yaruslar) mergellarining 
zohiriy qarshiligi qiymati bir necha yuz Om·metrga etadi. SHu sababli mergelning 
zohiriy qarshilik egri chiziqlarining ko’rinishi turlicha bo’ladi. 
PS karotaji diagrammalarida mergellar xuddi gil jinslarniki kabi chiziladi, ya’ni 
gil jinsining nol chizig’idan deyarli og’maydi. Qarshiliklar diagrammasida oddiy 


28 
zondlar yordamida chizilgan egri chiziqlarda zohiriy qarshilik qiymati yuqori bo’lsa, 
gradient va potentsial mikrozondlarida chizilgan egri chiziqlarda musbat orttirmalar 
uchramaydi. 
Gamma-karotaj diagrammalarida mergellar ohaktosh va gil jinslar oralig’idagi 
holatda bo’ladi. Mergellarning tabiiy radioaktivligining o’rtacha qiymati toza 
ohaktosh va qumtoshlarnikiga nisbatan yuqori, lekin gil jinslar, gilli alevrolit va 
argillitlarnikidan past bo’ladi. 
Neytron gamma-karotaj diagrammalarida mergellar boshqa gil jinslardek 
ajratiladi, masalan, gilli alevrolitlar va gilli qumtoshlarning ko’rsatkichlari gil 
jinslarnikiga nisbatan yuqori bo’lsa, zich ohaktosh va kuchli sementlangan 
qumtoshlarnikidan past bo’ladi. 
Ayrim taqribiyliklarga ko’ra mergellarni karbonat sement bilan qotgan gil jinslar 
sifatida ham qarash mumkin. Zarralarni o’zaro biriktirib turgan sement jinsni suv 
ta’sirida ko’pchish va ivishdan saqlaydi, shu sababli mergel kavernogrammalarida 
quduq diametri doloto diametriga monand keladi. Faqat tarkibida gil fraksiyasi juda 
ko’p bo’lgan mergellarda quduq diametrini biroz kattalashgani seziladi. Ba’zan gil 
jinslari orasida uchraydigan qattiq, lekin mo’rt mergel qatlarida quduq diametrida 
kattalashish kuzatiladi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish