Gamma-nurlanish
Gamma-nurlanish (u-nurlanish) — toʻlqin uzunligi 10" sm dan kichik qisqa toʻlqinli elektromagnit
nurlanish; radioaktiv yadrolar va elementar zarralar parchalanganda, zaryadli tez zarralarning modda
bilan oʻzaro taʼsiri vaqtida, shuningdek elektronpozitron juftlarining annigilyatsiyasi va b.da paydo
boʻladi. Atom energiyasi istalgan qiymatlarni emas, balki energetik sathlar deb ataluvchi maʼlum
kattaliklarni qabul qiladi. Bunday satxdar yadroda ham mavjud. Ularning pastkisi asosiy sathlar,
katta energiyali sathlar esa uygʻongan sathlar deyiladi. Koʻpincha, yadrolar a-yemirilish, fi -yemirilish
yoki yadro reaksiyalaridan keyin uygʻongan holatda boʻlib, G.-i. natijasida asosiy holatga oʻtadi.
Uygʻongan holatdan asosiy holatga oʻtish vaqti juda kichik; u 10"’° — 10"13 s ga teng . Umuman,
yadro katta energiyali holatdan kichik energiyali holatga oʻtgan paytda G.-n. roʻy beradi. G.-n.
energiyasi yadroning dastlabki YE1 va nurlanishdan keyingi Ef holati energiyalari farqiga teng: £,—
Ef-hv, bunda: v — nurlanish chastotasi, A — Plank doimiysi. G.-n. roʻy berishi uchun harakat miqdori
momenti va juftlik saqlanish qonuni bajarilishi lozim. Yadro bir energetik sath Et dan ikkinchi
energetik sath Ef ga oʻtganda u-nurlanishning harakat miqdori momenti t=\ boʻlsa, bunday G.-n.
dipol nurlanish, 1—2 boʻlsa kvadrupol nurlanish, /=3 boʻlsa aktupol nurlanish deyiladi va h.k.
Yadroning elektr zaryadlari qayta taqsimlanishi natijasida elektr nurlanish Ye spin va orbital magnit
momentlari oʻzgarishi natijasida magnit nurlanish Msodir boʻladi. Yadroning G.-n. roʻy berishi uchun
yarim yemirilish davri 10** — 1015 s ga teng boʻlishi kerak. Yadroning yarim yemirilish davri G.-n.
energiyasi, massa soni va yadro spiniga bogʻliq. Har xil energetik holatdagi yadrolar spini farqi katta
boʻlsa ( | D/| >4) yadro yemirilishi qiyinlashadi va yashash vakti ortadi. Bu izomer holat, uygʻongan
yadro esa izomer yadro deyiladi. Yadro bir energetik sathdan ikkinchi energetik sathga oʻtganida
G.-n. roʻy bermasdan konversion elektronlar chiqarishi mumkin. Uygʻonish energiyasi atom
qobigʻidagi elektronlarga utishi natijasida elektron atomdan ajralib chiqadi. Bu hodisa ichki
konversiya, elektronlar esa ichki konversion elektronlar deyiladi. Konversion elektronlar sonining u-
nurlar son i ga nisbati ichki konversiya koeffitsiyenti deyiladi.
Konversion elektronlar energiyasini magnit spektrometrlar bilan oʻlchab, Y-nurlar energiyasi
aniqlanadi. u-nurlar energiyasi katta (£>1,02MeV) boʻlsa, magnit-spektrometr, ssintillyatorlar
INaJ(TI) kristall), yarimoʻtkazgich [Ge(Li)], detektor bilan oʻlchanadi.
G.-n. dan inson faoliyatining turli sohalarida keng foydalaniladi. Mas, tibbiyotda zararli shishlarni
davolash uchun kobalt toʻplar qoʻllaniladi (u-nurlar energiyasi-1,3 MeV), kasalliklarni oldindan bilish
uchun radioaktiv ioddan (£g~0,3 MeV) va b. oʻnlab gamma-faol preparatlardan foydalaniladi. Tabiiy
kaliy tarkibidagi kaliy = 40 tabiiy radioaktiv izotopning gammanurlanishi inson gavdasidagi
radioaktivlikni aniqlash uchun xizmat qiladi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Gamma-n
urlanish&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?title=Gamma-
nurlanish&oldid=2115972
" dan
olindi
Adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |