da bayram qilingan va dabdabali harbiy paradlar o‘tkaziladi-
gan 9-may sanasiga asl munosabat qayta
tiklangani ham jamiyat
ma’naviy hayotidagi o‘zgarishlar borasidagi yorqin misollardan
biridir. Bu borada nafaqat Toshkent, balki boshqa yirik shahar-
larda ham Xotira maydoni tashkil etilib, Motamsaro ona haykali
o'rnatilgani, 9-mayning «Xotira va qadrlash kuni» sifatida belgi
lab qo‘yilgani jamiyat m a’naviy hayotida
muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan voqealardan biri sifatida qadrlanadi. Shu kuni ikkinchi
jahon urushida halok bo'lgan yurtdoshlarimizning nomlari max
sus lavhalarga zarhal harflar bilan yozib qo‘yilgan xotira maydon-
larining odamlar bilan gavjum bo'lishi, ular orasida yoshlarning
ko‘pligi ham buni yaqqol isbotlaydi.
Ma’lumki, Vatanimiz poytaxti, ko‘hna va navqiron Toshkent
shahri yurtimizning eng mo‘tabar maskanlaridan biri bo‘lib hi
soblanadi. Ana shu mo'tabar maskan mustaqillik yillarida yangi
qiyofa
kashf etdi, u mustaqillikning, ajdodlarimiz asrlar davomi-
da intilib yashagan xalqimiz ozodligining ramziga aylandi, desak
xato qilmaymiz. Ushbu shaharning barcha go‘shalari qatori, uning
qoq markazidagi mustaqillik maydoni
va unga tutash hudud-
da 2000—2015-yillarda ham keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari
amalga oshirildi. Senat binosi, Ezgulik arkasi, Vazirlar Mahkama-
si, Tasviriy san’at galereyasi, Biznes markazi, Yoshlar ijodiyot mar
kazi kabi binolar qurildi va ular shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi.
Ushbu maydondan unchalik uzoq bo‘lmagan va ilgari «Skver»
deb nomlangan maydon qiyofasi ham butunlay o‘zgardi. Unga
«Amir Temur xiyoboni»
nomi berildi, buyuk sarkarda Sohibqiron
A m ir Temurga muazzam haykal o‘rnatildi. Shu tariqa, bu maydon
nafaqat yurtdoshlarimiz, balki mamlakatimizga keladigan ko‘plab
mehmonlar va sayyohlar uchun yurtimiz istiqlolining timsollari-
dan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga, ushbu xi-
yobonga tutashgan maydonda Amir Temur va temuriylar zamoni-
ga bag‘ishlangan maxsus muzey tashkil
etilgani ham bu boradagi
ishlarning tarkibiy qismi sifatida jamiyat ma’naviy hayotidan joy
olganini alohida ta’kidlash joiz. Ushbu muzey xalqimizning ta-
70
rixiy xotirasini tiklash, yoshlarni o‘tgan avlodlar ruhiga sadoqatli
etib tarbiyalash, unga tashrif buyurgan yurtdoshlarimizda buyuk
o'lmishimizdan g‘ururlanish va alloma
bobolarimiz merosidan
liixrlanish, kelajak oldida ma’naviy qarzdorlik tuyg'ularini shakl-
lantirishga xizmat qiladi.
Xalqimiz hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan bunday bunyodkor
lik ishlari bilan bir qatorda, Toshkentda yangi, zamonaviy Dav
lat konservatoriyasi barpo etilgani, 0 ‘zbekiston milliy akademik
drama teatri,
Rus akademik drama teatri, Toshkent davlat san’at
va madaniyat instituti, Tasviriy san’at galereyasi uchun muhta-
sham binolar qurib berilgani ham ushbu yo‘nalishdagi faoliyat-
ning bardavomligidan dalolat beradi. Holbuki, nafaqat Toshkent,
balki mamlakatimizning barcha shaharlari va qishloqlarida amal
ga oshirilgan obodonchilik va qurilish ishlari haqida ham shun
day deyish mumkin.
Bularning barchasi, istiqlolga erishish va mustaqillikning bi
rinchi o‘n yilliklaridagi o‘zgarish va
yangilanishlarning tadrijiy
tarzda amalga oshganini isbotlash uchun xizmat qiladi. Shu bi
lan birga, o‘sha serqirra va sermashaqqat davrning mustaqillikka
erishgan xalqimiz m a’naviyati taraqqiyotida muhim bosqich sifa-
tidagi o‘rni va ahamiyatini yaqqol ko‘rsatadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, 0 ‘zbekiston mustaqil taraqqiyo
tining ikkinchi bosqichi — tarixiy nuqtayi nazardan 2000-yildan
so‘nggi 10 yillikni qamrab oladi va ayni ana shu yillar izchil
va barqaror o‘zgarishlar davri hisoblanadi. «Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik ja-
miyatini rivojlantirish konsepsiyasi» qabul qilingunigacha bo‘lgan
mazkur davrda hayotning barcha sohalarida tub o‘zgarishlar va
bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan faol demokratik yangilan-
gan jamiyat ma’naviy hayotini izchil isloh qilishni ta’minlashda
muhim ahamiyat kasb etgan1.
Do'stlaringiz bilan baham: