Ozbekistonning


© « 0 ‘zbekiston faylasuflari m illiy jam iyati» nashriyoti, 2019



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/64
Sana23.11.2022
Hajmi4,83 Mb.
#871016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Milliy g`oya va O`zbekistonning taraqqiyot

© « 0 ‘zbekiston faylasuflari m illiy jam iyati» nashriyoti, 2019.


K I R I S Н
Tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, muayyan jam iyat ta- 
raqqiyot jarayonida bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o ‘tishi- 
da turm ushning barcha sohalarida, xususan iqtisodiyot, ijtimoi- 
yot va siyosatida bo‘lgani kabi, g‘oyaviy-mafkuraviy sohada ham 
muayyan m uam m olarni hal qilish zarurati paydo bo‘ladi. Chun- 
ki o‘ziga xos yangi davr, sharoit, vaziyat a n ’anaga aylanib qol- 
gan g‘oyalar, qarashlar, m unosabatlarni o'zgartirm asdan, m a’lum 
mafkuraga asoslanm asdan yangi m aqsadlar sari qadam tashlay 
olmaydi. Bu esa yangi g'oya, yangicha qarash, munosabat, maf- 
kurani ishlab chiqishni talab etadi.
Shu bilan birga, har bir jam iyat tarixida shunday burilish davr- 
lari bo‘ladiki, unda taraqqiyot yo'lidan borayotgan xalqlar taqdiri 
uchun nihoyatda m uhim strategik m aqsadlar va muayyan rivoj- 
lanish bosqichiga xos ustuvor tam oyillarni aniqlash hayotiy ehti- 
yojga aylanadi.
Tajriba aynan ana shunday davrlarda ushbu ehtiyojni zukkolik 
bilan anglaydigan, voqealar rivojini oldindan ko‘rib, zam on ta- 
lablariga munosib javob bera oladigan va o‘z taraqqiyot strategi- 
yasini amalga oshirish yo'lidan sobitqadam lik bilan bora oladigan 
xalqlargina ko‘zlagan maqsadlariga yetishi m um kinligidan dalo­
lat beradi. Prezidentim iz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fev- 
raldagi « 0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yi- 
cha H arakatlar strategiyasi to ‘g‘risida»gi F arm oni1 ushbu hayot 
haqiqatini va hozirgi davr talablarini yaqqol ifodalaydi.
Bugungi kunda ushbu Farm on va u bilan tasdiqlangan H ara­
katlar strategiyasining m azm un-m ohiyatini yoshlarimiz qalbi va 
ongiga singdirish, bu boradagi targ‘ibot va tashviqot ishlarining 
samaradorligiga erishish m uhim aham iyat kasb etmoqda. M azkur
1 «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. — 
Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2017-yil, 6-son.
3


kitobda ana shu tarixiy hujjatlarning nazariy va amaliy m asala- 
lariga alohida e’tibor qaratildi.
M a’lum ki, 0 ‘zbekiston 1991-yilda o ‘z m ustaqilligini qo'lga 
kiritgandan so‘ng o ‘z taraqqiyot yo‘lin i tanlab oldi. Bugun bosib 
o‘tilgan ana shu yo‘l, erishilgan yutuq va natijalarga xolisona 
baho berib aytish m um k in k i, islohotlarning ushbu tadrijiy yo‘li 
tan lab olingani tufayli xalqim izni o g 'ir oqibatlarga olib kelishi 
m um kin bo ‘lgan iqtisodiy va ijtim oiy to ‘fonlardan asrab qolin- 
di.
Shu bilan birga, istiqlol yillarida o‘sish sur’atlariga erishil- 
gani, jam iyatim izda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy barqarorlik ta ’m in - 
langani, uning m a’naviy-m a’rifiy negizlari m ustahkam langani
um um an jam iyat hayotining barcha sohalarida amalga oshiri- 
layotgan yangilanish va o‘zgarishlar, m am lakatni m odernizatsiya 
qilish yo'lidagi dadil qadam larim iz dunyo jam oatchiligi, nufuzli 
xalqaro tashkilotlar tom onidan e ’tiro f etilmoqda.
M azkur kitobda m illiy g‘oya va yurtim izning rivojlanish 
strategiyasi, so‘nggi yillarda jam iyatim izda dem okratik islohot- 
larni amalga oshirish, m am lakatni yangilash va m odernizatsi­
ya qilish borasida erishilgan yutuq va natijalar tahlil etilgan. Shu 
asosda «Milliy g‘oya va 0 ‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» 
o ‘quv kursining m aqsadi va vazifalari, asosiy m avzularining m az- 
m un-m ohiyatini yoritish, uni o‘rganishning aham iyatini ko‘rsatib 
berishga harakat qilingan.
M ustaqillikning ilk kunlaridan boshlab m am lakatim iz- 
da ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq 
dem okratik davlat barpo etish va fuqarolik jam iyatini shakllan- 
tirishda am alda o‘zini to‘la oqlagan islohotlarning m ashhur besh 
tamoyili ishlab chiqildi va joriy etildi. Bugungi kunda ijtimoiy 
hayotdagi o‘zgarishlar, shahar va qishloqlarim izning ko'rkam - 
lashuvi, xalqim izning turm ush tarzi farovonlashib borishi ushbu 
tam oyilning naqadar to ‘g‘ri ekanini isbotlamoqda.
M ustaqillik davrida m azkur sohalarda erishilgan ulkan yutuq 
va natijalarni sarhisob qilib shu bilan birga, yutuqlarga m ahliyo
4


bo‘lib qolmaslik, xotirjam lik kayfiyatiga berilm aslik ham da glo­
bal lashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zam on- 
da dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlar jarayonida egallab turgan 
o‘rnim izni xolisona va tanqidiy baholash, hayot talablariga javob 
bcrish, davr bilan ham qadam bo'lish, istiqboldagi ustuvor vazi- 
falarni aniq-tiniq belgilab olish va ularni amalga oshirish bo‘yi- 
cha izchil choralarni ko'rish masalalariga ham kitobda keng o ‘rin 
bcrilgan.
To‘plam da Prezidentim iz Shavkat M irziyoyevning 2017-yil 
7-fevraldagi «O 'zbekiston R espublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha H arakatlar strategiyasi to ‘g‘risida»gi Farm oni u bilan 
tasdiqlangan H arakatlar strategiyasining m azm un-m ohiyati va 
asosiy yo'nalishlariga alohida aham iyat qaratilgan. Ayni paytda
Prezidentim iz asarlarida ilgari surilgan g‘oya va xulosalar, tak- 
lif va tashabbuslar asosida davlat boshqaruvini dem okratlashti- 
rish, parlam entarizm va ko‘p partiyaviylik tizim larini, fuqaro- 
lik jam iyatini takom illashtirishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, 
huquqiy va m a’naviy asoslarini m ustahkam lash, axborot soha- 
sini dem okratlashtirish, so‘z va axborot erkinligini ta ’m inlash, 
bozor islohotlarini chuqurlashtirish kabi m asalalarga e ’tibor be- 
rilgan.
Xullas, «Milliy g‘oya va 0 ‘zbekistonning taraqqiyot strate­
giyasi» maxsus o‘quv kursini o'rganishga bag‘ishlangan m az- 
kur kitobga kiritilgan barcha m avzularda ana shu asosiy masala- 
larning mazm un-m ohiyatiga alohida e’tibor qaratish maqsadga 
muvofiqdir. Negaki, aynan ushbu m avzularm a m lakatim iz rivoj- 
lanish strategiyasining maqsadi, asosiy yo'nalishlari va dolzarb 
vazifalarini belgilaydi, m azkur o‘quv kursini o ‘rganishning aha- 
miyatini yaqqol ko‘rsatadi. Bu borada mustaqil taraqqiyot yillari- 
da hayotimiz sifati, m am lakatim iz qiyofasida qanday o ‘zgarishlar 
yuz berayotgani, erkin dem okratik davlat ham da fuqarolik jam i­
yatini barpo etish yo‘lida qanday yutuq va natijalar qo‘lga kiriti- 
layotgani xususida fikr yuritish o‘quv kursining m azm un-m ohi- 
yatini ochib berishga xizm at qiladi.

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish