Ozbekistonning


mavzu. O ‘zbekiston taraqqiyoti va Harakatlar strategiyasining



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/64
Sana23.11.2022
Hajmi4,83 Mb.
#871016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Milliy g`oya va O`zbekistonning taraqqiyot

2 mavzu. O ‘zbekiston taraqqiyoti va Harakatlar strategiyasining
milliy g‘oya nazariyasi va amaliyoti bilan uyg‘unligi
Mavzuning asosiy savollari. 
Insoniyat hayoti va jam iyat taraq- 
qiyotida g‘oyaviy om ilning o‘rn i va aham iyati. M illiy g‘oya nazari­
yasi — 0 ‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi­
ning metodologik asosi. 0 ‘zbekistonda barpo etilayotgan jam iyat, 
uni yanada takom illashtirishning g‘oyaviy om illari. 0 ‘zbekiston 
taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, ularning nazariya va am a- 
liyot bilan uzviy bog‘liqligi. M am lakatim iz taraqqiyoti va barqa­
ror rivojlanishini ta ’m inlashning g‘oyaviy asoslarini m ustahkam - 
lash zarurligi va uning istiqbollari.
Mavzuning asosiy mazmuni. 
XX asr oxirida xalqim izning as- 
riy orzulari ro‘yobga chiqdi, 1991-yilda 0 ‘zbekiston m ustaqillik- 
ka erishdi. M am lakatim iz jahon ham jam iyatining teng huquq- 
li a ’zosiga aylandi. M am lakatim izda yangi jam iyat qurish uchun 
tub o ‘zgarish va islohotlar amalga oshirila boshlandi. Bu jarayon- 
ning m illiy g‘oya nazariyasi, 0 ‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish strategiyasi va m am lakatim iz taraqqiyotining ustuvor 
tam oyillari bilan aloqasini o‘rganish, uning um um iy qonuniyat- 
lari va o‘ziga xos xususiyatlarini anglab olish nihoyatda m uhim
aham iyatga ega.
Avvalo, ta ’kidlash joizki, inson hayoti va jam iyat taraqqi- 
yotida turli-tum an g‘oyalarning o ‘rn i va ahamiyati mavzusi n i­
hoyatda m uhim falsafiy m asalalardan biridir. Negaki, inson va 
jam iyat muayyan g‘oyalarni yaratadi, ulardan kuch-quvvat ola- 
di. 0 ‘zi yaratgan g‘oyalar insonning ongi va shuurini, tafakkuri 
va e ’tiqodini egallab, uning sohibiga aylanadi. Yuksak g‘oyalar 
odam larni olijanob m aqsadlar sari, jam iyatni ezgu am allar tom on
20


yetaklaydi. G ‘oyasi yetuk, e’tiqodi butun, qadriyatlari yuksak in- 
songina mardlik nam unalarini ko‘rsata oladi.
H ar bir xalqning tarixi shu xalqdan yetishib chiqqan buyuk 
siymolar, m ard qahram onlar va fidoyi insonlar tarixi asosida bi- 
tiladi. Xalqimizning Shiroq va To‘m aris, Spetamen va M uqanna, 
Temur M alik va Jaloliddin M anguberdi, A m ir Temur va Bobur- 
m irzo kabi m ard farzandlari — buyuk g‘oya sohiblaridir. M ing 
yillar o‘tsa ham, ulug‘ ajdodlarim izning m atonati va qahram on- 
ligi xalqning xotirasidan o‘chmaydi. C hunki ular yuksak g‘oyalar
— vatan ozodligi, el-yurt baxt-saodati, ilm u-urfon rivoji yo‘l ida 
jon fido qilganlar. A hm ad Yassaviy butun um rini haq ishqida 
o‘tkazganida ham , N ajm iddin Kubro m o‘g£il bosqinchilariga qar- 
shi jang qilganda ham ulug'vor g‘oyalar ularga sabr-bardosh va 
m atonat ato etgan. Jordano Bruno jism u jo n in i egallagan buyuk 
g‘oya tufayli gulxan alangasida ham o‘z e’tiqodidan qaytm agan, 
Nasimiyni tovonidan so'ysalar ham , ishqi ilohiy deb jo n bergan.
Jahon tarixidan, ju m lad an xalqim izning o'tm ishidan ham , 
qaysi sohada bo‘lm asin, m ardlik va jasorat ko‘rsatish uchun in- 
songa albatta ulug'vor g‘oya kerakligiga ko‘plab m isollar topila- 
di. Muayyan bir g‘oya dastlab biron-bir shaxsning ongida paydo 
bo‘ladi. Ayni paytda u yuksak ijtimoiy m azm unga ega bo‘lgani, 
jam iyatning taraqqiyot yo'lidagi ezgu intilishlarini aks ettirgani 
bois, um um insoniy haqiqatga aylanadi. Jahon tajribasiga nazar 
tashlasak, butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta ’sir ko‘rsatgan n a­
zariy ta ’lim ot va m afkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixi- 
ning turli davrlarida ulkan aql-zakovat, iste’dod va teran tafakkur 
sohiblari mislsiz zaxm at chekkanini ko'ram iz. Suqrot va Platon
Konfutsiy va Zardusht, Alisher Navoiy va M axatm a G andi kabi 
buyuk m utafakkirlar faoliyati buning yaqqol tasdig‘idir.
U larning har biri o‘z davrida o‘zi m ansub xalqni birlashtira- 
digan ulkan ahamiyatga molik g'oyalarni yaratganlar. Bu g‘oya- 
larga tayanib bunyodkorlik yo‘lida, ezgu maqsadlarga erishish 
uchun xormay-tolmay m ehnat qilganlar. Bu borada insoniyatga 
«o‘zini anglamoq buyuk saodat» ekanini anglatgan Suqrot ham ,
21


«xalqni yakqalam qildim», deya qoniqish hissini tuygan Navoiy 
ham , H indiston va Pokiston ozodligi yo‘liga u m rini baxshida ay- 
lagan M axatm a G andi h am bugungi avlodlar uchun ibrat nam u- 
nasi bo ‘lgan ulug‘ insonlardir.
Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda ikki kuch
— bunyodkorlik va buzg‘unchilik g‘oyalari ham isha o ‘zaro kura- 
shadi. Bunyodkor g‘oya insonni ulug‘laydi, uning ruhiga qanot 
bag‘ishlaydi. Sohibqiron A m ir Tem urning parokanda yurtni bir- 
lashtirish, m arkazlashgan davlat barpo etish, m am lakatni obod 
qilish borasidagi ibratli faoliyatiga ana shunday ezgu g‘oyalar 
asos bo ‘lgan. Buzg‘unchi g'oya va m afkuralar esa xalqlar boshiga 
so‘ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko‘plab 
m isollar keltirish m um kin. 0 ‘rta asrlardagi salb yurishlari, diniy 
fanatizm va ateizm , fashizm va bolshevizmga asos bo‘lgan g‘ayri 
insoniy g‘oyalar shular jum lasidandir.
Toki dunyoda taraqqiyotga intilish, bunyodkorlik hissi bor 
ekan, jam iyatda ilg‘or g‘oyalar tug‘ilaveradi. Buzg‘unchi g‘oya- 
larning vujudga kelishiga esa vayronkor intilishlar sabab bo‘ladi. 
Shunday ekan, ularga qarshi kurashga tayyor turish, ya’ni doimo 
hushyor va ogoh bo‘lib yasham oq hayotning asosiy zarurati bo‘lib 
qolaveradi.
M illiy g‘oya ham o'zida gum anizm talablarini, xalqning iro- 
da va intilishlarini aks ettirgan taqdirda jam iyatni birlashtirib, 
uning salohiyat va im koniyatlarini to‘la yuzaga chiqarishda be- 
qiyos om il bo‘ladi, m asalan, XX asrda dunyo hamjamiyati tom o- 
nid an tan olingan yaponcha taraqqiyot m odelini olaylik. Yapon 
milliy m afkurasi «milliy davlatchilik tizimi» (kokutay), «fuqarolik 
burchi», «yapon ruhi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», «fidoyi- 
lik», «vatanparvarlik», «paternalizm», «jamoaga sadoqat», «mo- 
dernizatsiya» kabi g‘oya va tushunchalar ushbu m am lakatning 
bugungi kunda erishilgan yuksak natijalariga poydevor bo‘ldi.
G ‘oyaviy zaiflik va beqarorlik esa m illatning birdamligi, dav- 
latning qudratiga putur yetkazadi, uning taraqqiyotini orqaga 
surib yuboradi. M asalan, Chingizxon bosqini, chor istilosi davr-
22


larida ayrim hukm dorlarning xalqni birlashtirib kurashga safar- 
bar etm agani o'lkam izning qaram lik changaliga tushib qolishiga 
sabab boigan.
Xullas, insoniyat tarixi xilm a-xil g‘oya va m afkuralarning 
vujudga kelishi, amaliyoti, bir-biri bilan m unosabatidan iborat 
uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda turli g‘oyalar yoki kuchlarga 
xizmat qilishi, o ‘ziga ishongan kishilarni qanday m aqsadlar to- 
mon yetaklashiga qarab bir-biridan farqlanadi. Ezgu m aqsadlar­
ga xizmat qiladigan m afkuralarga bunyodkor g‘oyalar asos bo‘lsa, 
vayronkor g'oyalarga tayangan m afkuralar xalqlar va davlatlarni 
tanazzulga yetaklaydi, odam lar uchun son-sanoqsiz kulfatlar kel- 
tiradi. Bu esa, o‘z navbatida, g‘oyaviy jarayonlar tarixini o‘rga- 
nish, ular zamiridagi m azm un-m ohiyatni bilib olishni zarurat- 
ga aylantiradi.
Vatanim iz o‘z m ustaqilligini qo‘lga kiritgach, ijtimoiy si­
yosiy hayotim izda tub o ‘zgarishlar yuz berdi, xalqim iz tabiati va 
dunyoqarashiga yot bo‘lgan m ustabidlik m afkurasi barham top- 
di. 0 ‘z um rini o ‘tab bo‘lgan eski m afkura o‘rnida yangi ijtimoiy 
munosabatlarni, xalqning asl m aqsad-m uddaolarini ifoda etuv- 
chi ilg‘or va bunyodkor m afkura shakllanm as ekan, jam iyatda 
g‘oyaviy vakuum — bo‘shliq yuzaga keladi. Bunday bo‘shliq ilg‘or, 
jam iyat taraqqiyoti uchun zarur g£oyalar bilan to ‘ldirilm asa, uni 
xalq hayoti uchun yot va begona mafkuraviy ta ’sirlar egallab oli- 
shi m um kin. Shu bilan birga, ijtimoiy ong va tafakkur tezda 
o‘zgarib, yangicha dunyoqarash osonlikcha shakllanavermaydi. 
Ayniqsa, bu hali yetarli hayotiy tajribaga ega bo'lm agan, sodda- 
dil, ishonuvchan, g‘o‘r yoshlar tarbiyasida yaqqol ko‘zga tashla- 
nadi. 0 ‘zbekiston m ustaqillikka erishgan dastlabki yillarda tu r­
li yo‘nalishdagi mafkuraviy tahdidlar ayrim odam larning qalbini 
egallab, o‘z milliy qadriyatlarim iz ham da um um bashariy sivili- 
zatsiya yutuqlaridan m ahrum etish, yurtim iz aholisi tafakkurini 
bo‘ysundirishga harakat qilgan edi.
Bu borada quyidagi fikr nihoyatda m uhim aham iyatga ega: 
«millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va
23


erkinligi, a n ’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o ‘z ta ’si- 
riga olish, uning ustidan hukm ronlik qilish, uning boyliklaridan 
o ‘z m anfaati yo‘lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakat- 
lar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar.
Shu m a’noda, bunday xavf-xatarlarga qarshi asosiy qurol sifa­
tida yurtim izda yashayotgan h ar bir inson, avvalo u n ib -o ‘sib kela- 
yotgan yangi avlodning h ar tom onlam a barkamol, irodasi baquv- 
vat, iymoni butun bo‘lib voyaga yetishi uchun keng jam oatchilik 
va aholim iz o'rtasida m a’naviy-ma’rifiy faoliyatim izni yuksak da- 
rajaga ko'tarishning aham iyati beqiyosdir».
M am lakatim iz aholisini turli balo-qazolardan him oyalanish 
uchun tajovuzkor g‘oyalarga qarshi im m unitet hosil qilish, kishila- 
rim izni jam iyat taraqqiyoti qonuniyatlarini to‘liq aks ettiradigan 
sog‘lom, insonparvar m afkura bilan qurollantirish zaru r edi. Z e ­
ro, har qanday jam iyat o‘z rivojlanish yo‘li, o'ziga xos g‘oyaviy 
asos va m afkuraviy tam oyillariga ega b o lish i lozim. Ayniqsa, bu 
o ‘ta m urakkab va qaltis tarixiy sharoitda xalqim izning tarixiy 
yutug‘i — O 'zbekiston m ustaqilligini ko‘z qorachig‘idek asrash, 
pirovard m aqsadlar yo'lida odam larni safarbar qilish, uyushti- 
rish, jipslashtirish uchun ana shunday sog‘lom m afkura nih o - 
yatda zarur. « 0 ‘zining hayotini, oldiga qoygan m aqsadlarini aniq 
tasavvur qila oladigan, o‘z kelajagi haqida qayg‘uradigan m illat 
hech bir davrda m illiy g‘oya va milliy m afkurasiz yasham agan va 
yashay olmaydi. M afkura bo‘lm asa h ar qaysi davlat va jam iyat, 
qolaversa, h ar qaysi inson o ‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar»
B uni juda yaxshi anglagan yurtim izda m ustaqillikning bi- 
rinchi kunlaridanoq bu borada zarur chora-tadbirlar ishlab chi- 
qishga katta e ’tibor berildi. Shu bois, eski m afkuradan voz ke- 
chish natijasida paydo bo‘lgan bo‘shliqni yangi — milliy g‘oya 
bilan to‘ldirish va shu tariqa zararli g‘oyaviy tajovuzlarning oldini 
olishga kirishildi.
Bu oliyjanob m aqsadlar jam iyat hayotining barcha sohalari- 
ga daxldor ko‘pdan-ko‘p siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, m a’naviy va- 
zifalarni amalga oshirishni taqozo etadi. Eng m uhim i pirovard
24


maqsadlarga yetish uchun m am lakatim izda boshlangan islohot- 
larni izchil davom ettirish, ozod va obod vatan, erkin va farovon 
hayot yo‘lida yanada faol va fidoiy bo'lishim iz lozim.
Shundan kelib chiqib aytadigan bo ‘lsak bizning m aqsadim iz
— bozor iqtisodiyotiga asoslangan, huquqiy dem okratik davlat, 
erkin fuqarolik jam iyatini qurishdir. Dunyodagi taraqqiy etgan 
m am lakatlarda bo‘lgani kabi, xalqim izning farovon turm ush da- 
rajasini ta ’m inlash bu jarayonda ustuvor aham iyat kasb etadi. Biz 
bu yo'lda xalqim izning asriy an ’analariga, m uqaddas dinim izning 
insonparvarlik mohiyatiga, m illiy qadriyatlarim izga tayanib, 
rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalaridan ijodiy foydalanib, 
o‘zim iz tanlagan taraqqiyot tam oyillariga tayanib, ozod va obod 
vatan, erkin va farovon hayot asoslarini barpo etm oqdam iz.
Milliy g‘oya xalqim izni ana shu m aqsad atrofida birlashtirib, 
ulug‘ ishlarga safarbar etadigan bizga tayanch va ko‘m ak bo‘ladi- 
gan m a’naviy mezondir. M ustaqillik yillarida shakllanish yo'liga 
kirgan milliy g‘oya xalqim izning asriy a n ’ana va qadriyatlarini, 
m illiy o ‘zligim izni o ‘zida m ujassamlashtirib, ularni um um insoniy 
qadriyatlar, dunyo sivilizatsiyasi yutuqlari ham da ilg‘or, taraqqiy- 
parvar g‘oyalar bilan boyitib, m am lakatim iz o‘z oldiga qoygan 
ezgu maqsad va vazifalarni aniq-ravshan aks ettiradi. Uning vo- 
sitasida h ar bir vatandoshim iz biz qanday jam iyat, qanday davlat, 
qanday tuzum barpo etm oqdam iz, uning ijtimoiy-iqtisodiy, si- 
yosiy-ma’naviy asoslari nim alardan iborat, degan savollarga javob 
topa oladi.
M illiy g‘oya va xalqim izning bosh strategik maqsadi — ozod va 
obod vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslan­
gan erkin dem okratik jam iyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, 
eng avvalo, ko‘pm ulkchilikka va ular o‘rtasidagi raqobatga taya- 
nadi. Unda m ulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega 
bo‘lib, bu huquq davlat tom onidan kafolatlanadi. Iqtisodiy taraq- 
qiyotni bozordagi talab va ta k lif y o lg a soladi va boshqara bosh- 
laydi. U ni m arkazdan turib boshqarishga, mablag‘ va fondlarni 
rejali taqsim lashga hojat qolmaydi. Sobiq sotsialistik m am lakat-
25


lam in g tajribasi shuni ko‘rsatadiki, m arkazdan turib boshqarila- 
digan rejali iqtisodiyot oxir-oqibatda tanazzulga yuz tutadi.
K o'pm ulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotini joriy qilish 
orqali yurtim izda yashaydigan barcha insonlar uchun m illati, ti- 
li va dinidan q at’i nazar, munosib hayot sharoitini yaratib be- 
rish, rivojlangan dem okratik m am lakatlardagi kabi kafolatlangan 
turm ush darajasi va erkinliklarni ta ’m inlash — davlatim iz siyo- 
satining m azm un-m ohiyatini ifodalaydi. Lekin bozor iqtisodiyo- 
ti m unosabatlariga o‘tish va ularni am alda joriy qilishning tayyor 
andozasi yo‘q. Bu borada biz hatto jahondagi eng yuksak rivoj­
langan m am lakatlar tajribasini ham ko‘r-ko‘rona qo‘llay olmas 
edik. C hunki bizning m am lakatim iz iqtisodiyotining tarkibiy tu - 
zilishi, qazilm a boyliklari va iqlim sharoiti, tabiiy resurslari, xal­
qim izning m entaliteti, aholi tarkibi va o'sishi biror m am lakat- 
nikiga aynan o ‘xshamaydi. Boshqa davlatlarda yaxshigina sam ara 
beradigan taraqqiyot modeli bizda hech qanday natija berm asli- 
gi yoki aksincha, inqirozni yanada chuqurlashtirishi m um kin edi 
(m asalan, ayrim ham do‘stlik m am lakatlarining shok terapiyasi 
usulini qoMlab, qiyin ahvolga tushib qolganini eslang).
Shu bois xalqimiz irodasi bilan tanlab olingan va o ‘zim iz- 
ga mos rivojlanish bu ijtimoiy larzalarsiz, inqilobiy sakrashlar- 
siz, tadrijiy tarzda olg‘a borishni taqozo etadigan yo‘ldir. M illiy 
g‘oya ana shu yo‘lda fuqarolarni birlashtiradi, yakdil va ham - 
fikr bo‘lishlariga xizm at qiladi. Jamiyat taraqqiyotining ustuvor 
yo‘nalishlarini q at’iy belgilab olib, asosiy kuch va im koniyatlarni 
bir joyga to‘plab, avvalo ana shu ustuvor yo‘nalishlar boyicha ta- 
raqqiyotni t a ’m inlash, islohotlarni bosqichm a-bosqich am al­
ga oshirish orqali bozor m unosabatlariga asoslangan dem okratik 
odil jam iyat barpo etish 0 ‘zbekiston tanlagan yo‘lning m a’no- 
m azm unini tashkil etadi.
Tanlab olingan bu yo‘l ham da unga xos milliy g‘oyaning 
strategik m aqsadlari jam iyat hayotining barcha sohalariga daxl- 
dor bo‘lgan quyidagi bir qator vazifalarni amalga oshirishni 
taqozo etadi.
26


Siyosiy sohada jam iyat hayotini dem okratlashtirish jarayonini 
yanada chuqurlashtirish, uning izchilligi va sam aradorligini 
ta’m inlash — m am lakatim izda bu borada am alga oshirilayotgan 
siyosiy islohotlarning eng asosiy yo'nalishidir.

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish