Iqtisodiy rayonlashtirishni o„ziga xos xususiyati. Iqtisodiy rayonlar turli omillarga qarab ajratiladi. Agar ularni sanab o„tadigan bo„lsak, ular quydagilar:
Hududiy mehnat taqsimoti va hududiy ixtisoslashuv;
Bozorga mo„ljallangan mahsulot ishlab chiqarish, bozor makonining shakllanganligi;
Tabiiy sharoit va qazilma boyliklar. ularning hududiy birikmalari;
Aholi va mehnat resurslari;
Rayon hosil qiluvchi va uni tashkil etuvchi markazning yoki markazlarning mavjudligi;
Iqtisodiy-geografik o„rni;
Transport to„rining rivojlanganligi;
Mintaqaviy infrastruktura tizimining shakllanganligi va h.k.
Barcha rayon hosil qiluvchi omil va tamoyillar ikki katta guruhni tashkil qiladi: iqtisodiy (bozor iqtisodiyoti, mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kompleks rivojlanish, transport) va hududiy yoki geografik (tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar, infrastruktura va aholi joylashuv tizimi, geogorafik o„rni). Bu ikki asosiy qism birinchi, ya‟ni iqtisod + hudud = iqtisodiy rayon atamasini shakllantiradi. Bulardan tashqari, fan-texnika taraqqiyoti, ekologiya kabilar ham rayon chegaralarini aniqlashda ma‟lum ahamiyatga ega. Yuqoridagi omil va
212
shartlarga ko„ra mamlakatning iqtisodiy makoni bir necha rayonlarga bo„linadi. Hozirgi sharoitda ayniqsa bozor ta‟sir doirasi katta ahamiyatga ega.
Har bir iqtisodiy rayonning o„ziga xos rayon hosil qiluvchi omil va ishlab chiqarish tarmog„i mavjud. Ba‟zi rayonlar shakllanishida qazilma boyliklar, boshqasida – transport, geografik o„rni, uchinchisida
malakali ishchi kuchi, to„rtinchida yirik shaharlar va ayniqsa poytaxt shahar omili muhim ahamiyatga ega bo„ladi.
Ajratiladigan asosiy iqtisodiy rayonlar ko„pgina talablarga javob berishi kerak. Masalan:
Katta iqtisodiy va demografiya salohiyatga ega bo„lishi (aholisi kamida 1,5 – 2,0 mln. kishi, yalpi milliy masuloti 5 foizdan ortiq);
Mamlakat milliy iqtisodiyotini va uning eksport salohiyatini yuksaltirishda faol ishtirok etishi;
Ichki hududiy-iqtisodiy jihatdan yaxlitligi;
Rayon hosil qiluvchi tarmoq va marakzlarning mavjudligi;
Mintaqaviy iqtisodiyotning kompleks rivojlanganligi;
Xo„jalikning bazaviy sohalariga ega bo„lgan bo„lishi (elektr energetika qurilish va boshqalar);
Transport va boshqa infrastruktura tizimining shakllanganligi va boshqalar.
Mazkur imkoniyatlarga ega bo„lgan har bir iqtisodiy rayon ikki asosiy vazifani bajaradi; birinchidan, u mamlakat iqtisodiyotining katta bir qismi sifatida uning muhim ijtimoiy – iqtisodiy muammolarini hal etishi va ikkinchidan, o„zining alohida hududiy – iqtisodiy birlik (tizim) darajasida mustaqil rivojlanishi imkoniyatiga ega bo„lishi kerak. Birinchi vazifa iqtisodiy rayonlarning ixtisoslashuvi, ularning mintaqalararo, milliy va jahon bozorlariga chiqishini, ikkinchisi esa kompleks (ya‟ni har tomonlama) rivojlanishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |