O„zbekistonda iqtisodiy geografik rayonlashtirish


Samarqand iqtisodiy rayoni



Download 37,35 Kb.
bet7/11
Sana25.07.2021
Hajmi37,35 Kb.
#128584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
cL521zZvXo9Q-kQq2lLWI8vlpAZ28Enl

Samarqand iqtisodiy rayoni.


O„zbekiston Respublikasida

Samarqand viloyatining
220

salmog„i (foiz hisobida) Hududi – 3,7 Aholisining soni – 10,9

Yalpi ichki mahsulot – 6,3 Sanoat mahsulotlari – 4,8

Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 11,8 Donli ekin maydoni – 10,2

Paxta ekin maydoni – 7,0
Iqtisodiy rayon Samarqand viloyatidan iborat bo„lib, uning maydoni 16,8 ming km2, aholisi 2,7 million kishi. Mintaqa respublika hududining 3,7 foizini, aholisining esa 10,9 foizini tashkil etadi. Iqtisodiy rayon respublikaning markaziy qismida Zarafshon vodiysida joylashgan.

Tabiiy sharoiti o„ziga xos. Shimolda Nurota, shimoliy sharqda Turkiston. sharqda va janubiy sharqda esa Zarafshon tizmasi tog„lari bilan o„ralgan. Respublikada eng ko„p yog„in miqdori shu yerga tushadi (900 mm). Tabiiy resurslarga ancha boy. Bu yerda rangli metallar, marmar, ohaktosh, keramzit va boshqalar uchraydi.

Mintaqada aholi zichligi nisbatan yuqori bo„lib, 1 km2 ga 100 kishi to„g„ri keladi. Aholining milliy tarkibida o„zbeklar, tojiklar ko„pchilikni tashikl etadi. Bundan tashqari ruslar, yevreylar, eroniylar, tatarlar, ozarbayjonlar va boshqalar ham istiqomat qilishadi. Aholisining 28 foizi shaharlarda yashaydi. Mintaqada 11 ta shahar va 12 ta shaharcha bor. Iqtisodiy rayon xo„jaligida sanoat yetakchi o„rinda bo„lib, tog„-kon. mashinasozlik kimyo. yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari yaxshi rivojlangan.

Samarqand shahri (aholisi 363 ming kishi, 2002 y.) eng qadimiy shag„arlardan biridir. Tarixiy va me‟morchilik yodgorliklari ko„p bo„lganligi sababli jahonning ko„plab mamlakatlaridan turistlarni o„ziga jalb qiladi. Ulug„bek rasadxonasi. Go„ri Amir, Bibixonim machiti va boshqalar juda mashhur.

Shaharda ko„plab mashinasozlik korxonalari qurilgan. «Krasniy dvigatel» (hozirgi Alpomish), «Kirap», «Liftsozlik», «Sino» sovutgichlar ishlab chiqarish zavodlari ishlab turibdi. Mintaqa respublikaning ikkinchi avtomobil markazi hamdir. Bu yerda Turkiya bilan hamkorlikda “Samkochsavto” qo„shma korxonasi qurilib, mikroavtobuslar (O„z Otayo„l) ishlab chiqarish yo„lga qo„yildi.

221


Kimyo sanoatida Samarqand superfosfat zavodi yetakchi o„rinda turadi. Iqtisodiy rayonda yengil sanoat yaxshi rivojlangan. Yirik paxta tozalash zavodlari, shoyi gazlama ishlab chiqarish, chinni zavodi va boshqalar katta ahamiyatga ega. Respublika trikotaj, buyumlarining 20 foiz shu mintaqaga to„g„ri keladi.

Oziq-ovqat sanoati mahalliy xom ashyolar asosida ishlaydi. Konserva, o„simlik moyi, tamaki, choy qaloqlash, broyler korxonasi yaxshi rivojlangan.

Mintaqada qishloq xo„jaligi yaxshi yo„lga qo„yilgan. Hududining katta qismi sug„orilib dehqonchilik qilishga yaroqli. Asosan paxtachilik rivojlangan. Bundan tashqari texnika ekinlaridan zig„ir. kunjut, maxsar kabilar ekiladi. Urgut respublikaning tamaki yetishtirishga ixtisoslashgan tumanidir.

Paxta bilan almashib makkajo„xori, bug„doy ekiladi. Lalmikor yerlarda bug„doy, arpa yetishtirish yaxshi yo„lga qo„yilgan. Shuningdek mintaqada sabzovat, (16 foiz) ayniqsa kartoshka ko„plab yetishtiriladi. Kartoshka yetishtirish bo„yicha respublikada (23 foiz) birinchi o„rinda turadi. Shu bilan birga bog„lar va uzumzorlar ham ko„p. Mayiz yetishtirish bo„yicha ham respublikada oldingi o„rinda turadi.

Iqtisodiy rayon qishloq xo„jaligida chorvachilik ham katta ahamiyatga ega. Qoramollarning umumiy soni bo„yicha birinchi o„rindadir. Qora mollar barcha hududlarda boqiladi.

Rayonda qo„ychilik, qorako„lchilik bo„yicha Buxoro-Navoiy va Qashqadaryo iqtisodiy rayonlaridan so„ng uchinchi o„rinda turadi. Narpay tumani qorako„lchilikka ixtisoslashgan.

Shuningdek pillachilik ham yaxshi rivojlangan bo„lib, Farg„ona va Buxoro-Navoiy iqtisodiy rayonlaridan keyinda turadi. Mintaqada cho„chqachilik va parrandachilik ham rivojlanib bormoqda.

Rayon xo„jaligi bundan keyin ham rivojlanib boraveradi. Samarqand hozirgi paytda yirik ilm-fan, sanoat, transport va rekreatsiya markazi hisoblanadi. Shahar aeroporti xalqaro aeroport maqomiga ega bo„lib, MDH davlatlari va boshqa xorijiy davlatlar bilan havo yo„li orqali bog„langan.




Download 37,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish