Farg„ona iqtisodiy rayoni.
O„zbekiston Respublikasida
Andijon viloyatining Farg„ona viloyatining salmog„i (foiz hisobida) salmog„i (foiz hisobida) Hududi – 0,9 Hududi – 1,5
Aholisining soni – 8,9 Aholisining soni – 10,9 Yalpi ichki mahsulot – 7,3 Yalpi ichki mahsulot – 9,3 Sanoat mahsulotlari – 9,9 Sanoat mahsulotlari – 11,6
Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 10,7 Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 11,1
Donli ekin maydoni – 6,2 Donli ekin maydoni – 8,9 Paxta ekin maydoni – 7,5 Paxta ekin maydoni – 8,6
Namangan viloyatining
218
salmog„i (foiz hisobida) Hududi – 1,6 Aholisining soni – 7,9
Yalpi ichki mahsulot – 4,5 Sanoat mahsulotlari – 3,4
Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 7,9 Donli ekin maydoni – 6,5
Paxta ekin maydoni – 6,8
Mintaqa ma‟muriy jihatdan Andijon, Namangan, Farg„ona viloyatlaridan iborat bo„lib, ularning hududi 18,3 ming km2 ga teng. Aholisi 6984 ming kishi (2002). Aholi zichligi 1 km2 363 kishi ga to„g„ri keladi.
Mintaqa respublika hududining 4,0 foizidan ortig„i, aholining esa 25 foizdan ko„prog„ini tashkil qiladi.
Farg„ona vodiysi tabiiy sharoitiga ko„ra respublika boshqa mintaqalaridan keskin farq qiladi. Uning barcha tomoni tog„lar bilan o„ralgan. Mintaqa g„arbdan sharqqa cho„zilgan bo„lib, bodom shakliga egadir. Vodiyning g„arbiy qismidagina ochiq joy bo„lib, Ho„jand darvozasi orqali Mirzacho„l va Toshkent iiqtisodiy rayonlariga chiqish imkoniyatiga ega. Tabiiy resurslarga ancha boy. Neft, rangli metallar, qurilish xom-ashyolari va boshqalar alohida ahamiyatga egadir. Respublikadagi dastlabki neft koni ham Farg„ona vodiysida topilgan (Chimyon).
Tabiiy sharoitning qulayligi bu yerda qadimdan aholining zich yashashiga imkon beradi.
Mintaqa xo„jaligining rivojlanganligi bo„yicha Toshkent iqtisodiy rayonidan keyin turadi. O„zbekistonda ishlab chiqariladigan yalpi sanoat mahsulotining 25 foizdan ko„prog„ini, qishloq xo„jalik mahsulotining 30 foizini, shu jumladan paxtaning 27 foizi, pillaning 3/2 qismini shu iqtisodiy rayon yetkazib beradi.
Mintaqa aholisi hududlar bo„yicha notekis joylashgan. Aholi eng zich hudud Andijon viloyati bo„lib, 1 km2 ga 536 kishidan ortiq to„g„ri keladi. Aksincha Namangan viloyati tog„ yon bag„irlarida nisbatan kam. Mintaqada urbanizatsiya darajasi ancha past. Jami aholining 32 foizga yaqini shaharlarda yashaydi. Lekin shaharlar soni bo„yicha barcha iqtisodiy rayonlardan oldinda turadi. Bu yerda 28 ta shahar, 26 ta shaharcha bor.
219
Yeng yirik shaharlari Namangan, Andijon, Qo„qon, Marg„ilon, Farg„ona va boshqalardir. Namangan shahri aholisining soni bo„yicha poytaxt Toshkent shahridan keyin ikkinchi o„rinda turadi (9397 ming).
Mintaqada respublika sanoat mahsulotining 25 foizi ishlab chiqariladi. O„z mahsulotining salmog„i bo„yicha mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati yetakchi o„rinda turadi.
Yaxshi rivojlangan sanoat tarmoqlaridan-mashinasozlik katta ahamiyatga egadir. Bu yerda irrigatsiya va melioratsiya mashinasozligi, qishloq xo„jalik mashinalari qismlari, to„qimachilik mashinsozligi va boshqalar rivojlangan. Shuningdek mintaqada Markaziy Osiyodagi dastlabki avtomobil zavodi qurilib ishga tushirilgan. Zavodda “Neksiya, Tiko, Damas, Matiz” avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda avtomobil modeli “Lasetti” ishlab chiqarish yo„lga qo„yildi.
Mintaqada kimyo sanoati ham yaxshi rivojlangan. Farg„onada azot o„g„itlar, Qo„qonda superfosfat zavodi, Andijon gidroliz zavodi, Popda rezina texnika buyumlari ishlab chiqarish va boshqalar katta ahamiyatga ega.
Shuningdek iqtisodiy rayonda yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati ham yaxshi rivojlangan. Yirik markazlari Namangan, Marg„ilon, Qo„qon va boshqalar.
Farg„ona iqtisodiy rayoni eng yirik qishloq xo„jalik mintaqasi hamdir. Uning asosini dehqonchilik tashikil etadi. Sug„oriladigan yerlarda paxtachilik bilan shug„ullanishadi. Yordamchi tarmoq esa bug„doy yetishtirishdan iborat. Bug„dorchilik va uzumchilik ham yaxshi rivojlangan. Ayniqsa Quva anorlari, Namangan olmalari, Oltiariq turp va bodringlari juda mashhur. Keyingi paytlarda issiq xonalarda limon yetishtirish rivojlanmoqda.
Mintaqada chorvachilik dehqonchilikka nisbatan ancha sust rivojlangan. Tog„ yaylovlari qo„shni respublikalar hududiga to„g„ri keladi. Qoramolchilik ham rivojlanib bormoqda.
Mintaqa transporti ham yaxshi rivojlangan. vodiy bo„ylab yirik shaharlarni tutashtiruvchi xalqa yo„li qurilgan. Bu yerdagi Toshkent- Namangan-Andijon, Toshkent-Marg„ilon-Andijon, Bishkek-Jalolobod temir yo„llari yuk va yo„lovchi tashishda katta ahamiyatga ega. Barcha yirik shaharlardan Toshkent shahriga havo yo„li ochilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |