Toshkent iqtisodiy rayoni.
O„zbekiston Respublikasida Toshkent viloyatining salmog„i (foiz hisobida) Hududi – 3,5
Aholisining soni – 9,5 Yalpi ichki mahsulot - 9,4 Sanoat mahsulotlari – 17,1
Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 12,9 Donli ekin maydoni – 10,7
Paxta ekin maydoni – 7,3
Iqtisodiy rayon ma‟muriy jihatdan Toshkent viloyatidan iborat bo„lib, uning maydoni 15,6 ming km2, aholisi 4560,3 ming kishi (2002). Bu rayon respublika hududining 3,5 foizini aholisining esa 18 foizini tashkil etadi. Aholi zichligi 1km2 ga 292,3 kishi to„g„ri keladi.
Iqtisodiy rayon Respublikaning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan bo„lib, shimolda Qozog„iston, shimoliy-sharqda Qirg„iziston va Namangan viloyati, janubda Tojikiston va g„arbda Sirdaryo viloyati bilan chegaralanadi. Hududining kattaligi bo„yicha iqtisodiy rayonlar orasida o„rinda turadi.
Tabiiy sharoiti xilma-xil bo„lib, yer yuzasi g„arbdan sharqga tomon ko„tarilib boradi. Tabiiy resurslarga boy. Ayniqsa mintaqa
214
hududida ko„mir, rangli metallar, qurilish materiallari ko„plab topilgan. Mintaqa xo„jaligining rivojlanganligi bo„yicha respublikada yetakchi o„rinni egallaydi. Iqtisodiy rayon respublika yalpi sanoat mahsulotining 40 foizga yaqinini beradi: sanoat mahsulotining 3/2 qismi og„ir sanoatga to„g„ri keladi. Respublikada ishlab chiqariladigan elektr-energiyaning 44 foizini, ko„n-poyafzalning 3/1 qismini o„simlik moyining 30 foizini va boshqa ko„plab mahsulotlarni yetkazib beradi.
Iqtisodiy rayon aholisi hududlar bo„yicha notekis joylashgan. Daryo vodiylari sug„oriladigan yerlarda 1km2 ga 400-450, tog„ yon bag„irlarida esa 5-10 kishi to„g„ri keladi. Aholisining milliy tarkibi xilma-xil bo„lib, o„zbeklar ko„pchilikni – 45 foizni, ruslar 15 foizni, tatarlar 7 foizni, qozoqlar 6,3 foizi, koreyslar 3,2 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari ukrainlar, yaxudiylar, tojiklar va boshqa millatlar ham istiqomat qilishadi.
Aholisining asosiy qismi shaharlarda yashaydi. Toshkent shahri bilan qo„shib hisoblaganda 71 foizdan ortadi. Mintaqada 17 ta shahar va
19 ta shaharcha mavjud. Eng yirik shaharlari Toshkent, Angren, Olmaliq, Chirchiqdir. Bu yerda Toshkent aglomeratsiyasi tashkil topgan bo„lib, u monotsentrik ahamiyatga egadir.
Toshkent shahri-respublika poytaxti, yirik sanoat, transport markazidir. Aholisi 2149 ming kishi (2002). Ma‟muriy jihatdan 11 ta tumanga bo„lingan. U nafaqat Markaziy Osiyo balki MDH dagi eng yirik shaharlardan biridir. Shaharda respublika sanoat mahsulotlarining 25 foiziga yaqini ishlab chiqariladi. Eng yirik korxonalari O„zbekiston qishloq xo„jalik mashinasozligi zavodi, Toshkent qishloq xo„jaligi mashinasozligi zavodi, samolyosozlik va boshqalar.
Asosiy temir yo„llar Toshkent-Orenburg-Moskva, Toshkent- Tukrmanboshi, Toshkent-Andijon, Toshkent-Dushanbe va boshqalardir. Havo yo„llari – Toshkentdan-Dehli, Xanoy, Istanbul, Manila, Dubay, Frankfurt - Mayn va boshqa ko„plab mamlakatlar shaharlari bilan bog„langan bo„lsa, avtomobil yo„llari orqali Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi bilan bog„langan.
Chirchiq-aholisi soni (142 ming kishi) va sanoat hajmi bo„yicha Toshkentdan so„ng ikkinchi o„rinda turadi. Shaharda mineral o„g„itlar ishlab chiqarish, kaprolaktam, qiyin eriydigan va o„tga chidamli metall qotishmalari, transformator va boshqa korxonalar ishlab turibdi.
Angren – (130 ming kishi) yirik sanoat markazi bo„lib, ko„mir asosida ishlaydigan korxonalar ko„p. Angren GRES i, rezina texnika
215
buyumlari, podzemugolgaz korxonasi, tog„-kon, oltin boyitish va boshqalar joylashgan.
Olmaliq (114 ming kishi) rayonning asosiy rangli metallurgiya markazidir. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mis va rux boyitish, oltin quyish, sulfat kislota olish va boshqa sexlar ishlab turibdi. Shaharda kimyo sanoati ham yaxshi rivojlangan, bu yerda plastmassa idishlar, kir yuvish vositalari, ammofos ishlab chiqarish va boshqalar yo„lga qo„yilgan.
Iqtisodiy rayonda yoqilg„i energetika majmuasi yaxshi rivojlangan. Mintaqada respublikaning 45 % ga yaqin elektr energetikasi hosil qilinadi. Ular Toshkent, Angren, Yangi Angren GRESlari va Chirchiq – Bo„zsuv kaskadidagi GESlardan olinadi.
Iqtisodiy rayon respulikadla yagona qora metallurgiya markaziga ham ega. Bekobod metallurgiya zavodi respublikada to„plangan temir- tersak asosida ishlaydi.
Chirchiq shahrida qiyin eriydigan va o„tga chidamli qotishmalar kombinati ishlab turibdi. Kombinatda volfram va molibdendan ko„plab turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Mashinasozlik eng rivojlangan tarmoqlardan biridir. Bu yerda qishloq xo„jalik mashinasozligi (Toshkent qishloq xo„jalik mashinasozligi, O„zbekiston qishloq xo„jalik mashinasozligi, Chirchiq qishloq xo„jalik mashinasozligi), elektrotexnika (Toshkentkabel, Chirchiq transformator, Toshkent elektrotexnika zavodlari), kimyo mashinasozligi kabilar muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek rayonda samolyosozlik, elektrotexnika (Al-Xorazmiy. Zenit, Mikond) va boshqa korxonalar ishlab turibdi.
Iqtisodiy rayonda yengil va oziq-ovqat sanoati ham yaxshi rivojlangan. Ular qishloq xo„jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Mintaqada yirik paxta tozalash zavodlari, lub zavodlari mavjud.
Yengil sanotining eng yirik korxonasi Toshkent to„qimachilik kombinati bo„lib, bu yerda ip gazlama va boshqalar ishlab chiqariladi. Shuningdek “Malika, Yulduz, Qizil tong” ishlab chiqarish birlashmalari, Orzu charm-galanteriya, Olmaliq gilam fabrikasi, Toshkent, Chirchiq Yangiyo„l poyafzal korxonalari ham katta ahamiyatga egadir.
Shu bilan birga mebel, termos, plastmassa mahsulotlar ishlab chiqarish o„ziga xos o„rinda turadi.
Iqtisodiy rayon qishloq xo„jaligi ham yaxshi rivojlangan. Mintaqa sabzavot, meva, kanop hamda don yetishtirish bo„yicha oldingi
216
o„rinlarda turadi. Bu yerda sholining 11 foiz, kartoshkaning 17,4 foizi yetishtiriladi. Tog„ yon bag„irlarida lalmikor dehqonchilik, tekisliklarda esa sug„orib dehqonchilik qilish rivojlangan.
Iqtisodiy rayon chorvachiligi go„sht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Yirik shaharlar atrofida sut-go„sht chorvachiligi ustun turadi. Qoramollar, cho„chqa va parrandalar shahar atrofida boqilsa, qo„y va echkilar esa tog„ yon bag„irlarida ko„plab boqiladi. Ayniqsa angor echkilari boqish yaxshi rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |