O„zbekistonda iqtisodiy geografik rayonlashtirish


Buxoro-Navoiy iqtisodiy rayoni



Download 37,35 Kb.
bet8/11
Sana25.07.2021
Hajmi37,35 Kb.
#128584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
cL521zZvXo9Q-kQq2lLWI8vlpAZ28Enl

Buxoro-Navoiy iqtisodiy rayoni.

222


O„zbekiston Respublikasida

Buxoro viloyatining Navoiy viloyatining salmog„i (foiz hisobida) salmog„i (foiz hisobida) Hududi – 9,0 Hududi – 24,7

Aholisining soni – 5,8 Aholisining soni – 3,2 Yalpi ichki mahsulot – 6,8 Yalpi ichki mahsulot – 4,5 Sanoat mahsulotlari – 6,5 Sanoat mahsulotlari – 11,5

Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 8,0 Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 3,6

Donli ekin maydoni – 5,8 Donli ekin maydoni – 2,7 Paxta ekin maydoni – 8,9 Paxta ekin maydoni – 2,8


Iqtisodiy rayon Buxoro va Navoiy viloyatlaridan iborat. Uning maydoni 153,3 ming km2 . Aholisi 2,2 mln. kishi (2002). Iqtisodiy rayon respublika hududining 34 foizini tashkil etgani holda, aholisi atiga 9 foizga to„g„ri keladi.

Mintaqa hududi asosan tekisliklardan iborat (90 foizi). Faqatgina uning sharqiy qismida Nurota tog„lari, Markaziy qismlarida esa qadimgi qoldiq tog„lar (Bo„kantog„, Tomditog„, Ovminzatog„ va boshqalar) joylashgan.

Iqtisodiy rayon foydali qazilmalarga boy. Ayniqsa tabiiy gaz, rangli metallar, mineral tuzlar, qurilish materiallari katta ahamiyatga egadir.

Mintaqa aholisi juda notekis joylashgan. O„rtacha zichligi 1 km2 ga 10-12 kishini tashkil etgani holda sug„oriladigan yerlarda bu ko„rsatkich 45-50 kishi bo„lsa, cho„llarda 2-3 kishiga to„g„ri keladi. Jami aholining 41,2 foizi iqtisodiy faol aholi hisoblanadi.

Urbanizatsiya darajasi nisbatan yuqori. Bu yerda jami aholisining 35 foizga yaqini shaharda yashaydi. yirik shaharlari Buxoro (240 ming) Navoiy (141 ming) Zarafshon, Uchquduq.

Aholining milliy tarkibi xilma-xil. Jami aholining 74 foizi o„zbeklar, bundan tashqari ruslar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, ukrainlar va boshqa millat vakillari tashkil etadi. O„zbeklar barcha hududlarda, ruslar va ukrainlar sanoat markazlarida, qozoqlar Tomdi tumanida ko„pchilikni tashkil etadi.

Iqtisodiy rayon xo„jaligi qadimdan yaxshi taraqqiy etgan. Hozirgi kunga kelib zamonaviy sanoat tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Mintaqada elektroenergetika, rangdor metallurgiya, kimyo sanoati,

223


qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari yetakchi o„rinda turadi.

Iqtisodiy rayon respublika elektroenergiyasining 18 foizga yaqinini ishlab chiqaradi. Bu yerda eng yirik GRESlardan biri Navoiy GRESi ishlab turibdi. Gaz sanoati ham yaxshi rivojlangan. Yaqin vaqtlargacha respublikada yetakchi o„rinni egallab kelgan bo„lsa, hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatidan keyin ikkinchi o„rinda turadi.

Iqtisodiy rayonning eng rivojlangan sanoat tarmoqi rangdor metallurgiyadir. Bu yerda respublikaning asosiy oltin zahirasi to„plangan. Yirik oltin konlari asosida (Muruntov, Ko„kpatos) Zarafshon, Uchquduq shaharlari rivojlandi.

Kimyo sanoati o„ziga xos ahamiyatga ega. Uning asosiy markazi Navoiy shahri hisoblanadi.

Mintaqada neft sanoati ham rivojlanib bormoqda. Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodining qurilishi Respublikaning neft mustaqilligiga erishishiga katta hissa qo„shdi. Iqtisodiy rayonda ko„plab xorijiy davlatlar bilan qo„shma korxonalar tashkil etilgan. Ulardan asosiylari Buxoro-Omega (O„zbekiston-Gresiya), Zarafshon – Nyumond (O„zbekiston - AQSH) va boshqalardir. Shuningdek mintaqada yengil va oziq-ovqat sanoati ham yaxshi rivojlangan. Ular asosan qishloq xo„jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan.

Iqtisodiy rayon qishloq xo„jaligida dehqonchilikda paxtachilik yaxshi rivojlangan. Ingichka tolali paxta yetishtirish katta ahamiyatga ega. Paxta bilan almashlab makkajo„xori, bo„g„doy ekiladi. Bahorikor yerlarda bo„g„doy, arpa yetishtirish va bog„dorchilik bilan shug„ullanadi. Shuningdek mintaqada poliz ekinlari ko„plab ekiladi.

Mintaqa hududining katta qismi cho„llardan iborat. Shu sababli cho„l yaylov chorvachiligi bo„yicha yetakchi. Bu yerda respublikaning asosiy qorako„l qo„ylari, tuyalari boqiladi. Ayniqsa tuyachilik Tomdi tumanida yaxshi rivojlangan.

Qorako„l terilari ishlab chiqarish uchun mintaqada Buxoro – Omega (O„zbekiston-Gresiya) qo„shma korxonasi tashkil etilgan. Bu yerda har yili 700 mingga yaqin turli xil sifatli qorako„l terilari ishlab chiqariladi.

Iqtisodiy rayon hududidan yirik temir yo„l, avtomobil va quvur transportlari o„tkazilgan. Yangi qurilgan Uchquduq-Sulton Uvays temir yo„li mintaqa xo„jaligining rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.

224


Download 37,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish