Qashqadaryo iqtisodiy rayoni.
O„zbekiston Respublikasida Qashqadaryo viloyatining salmog„i (foiz hisobida) Hududi – 6,4
Aholisining soni – 9,0 Yalpi ichki mahsulot – 6,1 Sanoat mahsulotlari – 8,5
Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 7,6 Donli ekin maydoni – 14,8
Paxta ekin maydoni – 11,9
Iqtisodiy rayon Qashqadaryo viloyatidan iborat. Uning maydoni 28,6 ming km2, aholisi 2 mln. 57 ming kishi (2002). U respublika hududini 6,4 foizini aholisining esa 10 foizga yaqinini tashkil etadi.
Mintaqa O„zbekistonning janubiy qismida joylashgan. Uning hududida ko„plab mineral resurslar topilgan. Ayniqsa tabiiy gaz zaxiralari ko„p. Ularning yirik konlari Ko„kdo„maloq, Muborak,Zevordi, Sho„rtang va boshqalardir. Gaz qazib chiqarish bo„yicha respublikada birinchi o„rinda turadi. Shuningdek bu yerda neft, ohaktosh, yonuvchi slanes, mineral tuzlar va boshqa ko„plab qurilish materiallari konlari topilgan.
Aholisi tez o„sib bormoqda. Aholi zichligi 1 km2 ga 78 kishi to„g„ri keladi. Kitob-Shahrisabz botig„ida esa eng yuqori 250-300 kishi to„g„ri kelsa, cho„llarda va balanad toqlarda 2-3 kishini tashikl etadi. Aholining milliy tarkibida o„zbeklar ko„pchilikni tashkil etadi. Bundan tashqari ruslar, tojiklar, tatarlar. turkmanlar va boshqa millatlar yashashadi.
Urbanizatsiya darajasi uncha yuqori emas. Jami aholining 23 foizi shaharlarda yashaydi. Asosiy shaharlari kichik shaharlardir. Eng yirigi Qarshi shahri (207 ming kishi) va Shaxrisabz (89 ming kishi). Mintaqa aholisining 32,1 foizi iqtisodiy faol aholi hisoblanadi.
Iqtisodiy rayon xo„jaligida sanoat alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa gaz sanoati yaxshi rivojlangan. Hozirgi paytda Respublikadagi eng yirik gaz konlari iqtisodiy rayon hududida joylashgan. Gaz faqat yoqilg„i bo„libgina qolmay, kimyo sanoatida qimmatli xom-ashyo hamdir. Bu yerda Muborak gaz-kimyo majmuasi, Sho„rtan gaz-kimyo majmualari shakllangan.
225
Yengil sanoat iqtisodiy rayonining yetakchi tarmoqi hisoblanadi. Shahrisabz, Kitob, Yakkabog„, Qarshi shaharlarida yirik paxta tozlash zavodlari ishlab turibdi. Shuningdek Shahrisabzda yirik pillakashlik fabrikasi, “Hujum” badiiy buyumlar fabrikalarida ipak kalavalar, paloslar. do„ppi va boshqa milliy buyumlar chiqarilmoqda.
Iqtisodiy rayonda oziq-ovqat sanoati ham yaxshi rivojlangan. Rayonda paxta yog„i, go„sht-sut, konserva, qandolat va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Qurilish materiallari sanoati rivojalanayotgan tarmoqlaridan biridir. Mintaqa qishloq xo„jaligida dehqonchilik yetakchi o„rinda turadi. Paxtachilik ixtisoslashgan tarmoqlardan biri bo„lib, ingichka tolali paxta yetishtirish bo„yicha Surxondaryo iqtisodiy rayonidan keyin ikkinchi o„rinda turadi.
Qishloq xo„jaligida don yetishtirish muhim ahamiyatga ega. Sug„oriladigan yerlarda paxta bilan almashlab makkajo„xori, bug„doy ekiladi. Lalmikor yerlarda esa bo„g„doy, arpa ko„plab yetishitiriladi. Mintaqada bog„dorchilik ham yaxshi rivojlangan.
Iqtisodiy rayondagi uzum, anjir, anorlari o„zining shiraliligi bilan ajralib turadi. Bu yerda anor yetishtirishga ixtisoslashgan “Varganza” xo„jaligi joylashgan.
Dehqonchilikdan tashqari chorvachilik ham katta ahamiyatga egadir. Cho„l mintaqalarida qorako„lchilik, adir-tog„ mintaqalarida esa qo„y va echkichilik, barcha mintaqalarda qoramolchilik yaxshi rivojlangan. Keyingi paytlarda yilqichilik rivojlanib bormoqda. Mintaqada respublikaning 23 foiz qorako„l terisi, 17 foizga yaqin juni tayyorlanadi.
Rayon xo„jaligining rivojlantirishda transport katta ahamiyatga egadir. Ayniqsa temir yo„l transporti, quvur va avtomobil transportlari yaxshi yo„lga qo„yilgan. Yangi qurilayotgan G„uzor-Boysun- Qumqurg„on temir yo„li Surxondaryo iqtisodiy rayoni bilan aloqani yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |