Surxondaryo iqtisodiy rayoni.
O„zbekiston Respublikasida Surxondaryo viloyatining salmog„i (foiz hisobida) Hududi – 4,5
Aholisining soni – 7,2
226
Yalpi ichki mahsulot – 4,2 Sanoat mahsulotlari – 2,1
Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 9,7 Donli ekin maydoni – 8,6
Paxta ekin maydoni – 8,6
Surxondaryo iqtisodiy rayoni ma‟muriy jihatdan Surxondaryo viloyatidan iborat. Surxondaryo O„zbekistonning eng janubida joylashgan. U uchta tomondan xorijiy mamlakatlar bilan o„ralgan. Sharqda Tojikiston respublikasi g„arb va shimoli g„arbda Turkmaniston respublikasi va Qashqadaryo viloyati, janubda esa Afg„oniston bilan chegardosh.
Maydoni 20,1 ming km2, Aholisi 1800 kishi. Mintaqa respublika hududining 4,5 foizini, aholisining esa 7,2 foizini tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km2 ga 89 kishiga to„g„ri keladi.
Surxondaryo viloyati Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Mintaqaning hududi uncha katta bo„lmasa ham tabiiy sharoiti boshqa rayonlardan keskin farq qiladi. Relefi shimoldan janubga tamon pasayib boradi. Iqlimi quruq subtropik, Surxondaryo shimol, g„arb va sharq tomonlaridan tog„lar bilan o„ralgan. Bu yerda O„zbekistoning eng baland nuqtasi Hazrati Sulton cho„qqisi joylashgan. Yog„in miqdori 150 mm dan 600 mm gacha tushadi. Tekisliklarda sug„orib, tog„ yonbag„irlarida lalmikor dehqonchilik bilan shug„ullanishadi.
Mineral resurslarga ancha boy. Ayniqsa neft, gaz toshko„mir, mineral tuzlar, oltingugurt, hamda mineral suvlar ko„plab topilgan. Yirik neft va gaz konlari Hovdog„, Uchqizil, Ko„kaydi, Lalmikor va boshqalar. Boysun va Sharg„un konlarida toshko„mir, Xo„jaikonda tuz qazib olinadi.
Mintaqa mineral resurslarga boyligi sababli tog„-kon, rangdor metallurgiya, energetika, kimyo, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.
Aholisi tabiiy o„sish hisobiga ortib bormoqda. Aholi milliy tarkibida o„zbeklar ko„pchilikni tashikl etadi. Ya‟ni 82 foiz o„zbeklar, 1,5 foiz ruslar, 1,7 foiz tojiklar, bulardan tashqari turkmanlar, tatarlar va boshqa millatlar yashaydi.
Surxondaryo iqtisodiy rayoni shahar aholisi eng kam foizni tashikl etadigan mintaqadir. Jami aholining 20 foizga yaqini shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari Termiz (117 ming kishi), Denov (66,1
227
ming kishi). Bundan tashqari tumanlarga bo„ysunuvchi 6 ta shahar mavjud.
Mintaqa xo„jaligida qishloq xo„jaligi yetakchi o„rinda turadi. Iqlimi issiq bo„lganligi sababli ingichka tolali paxta, shakarqamish kabi issiqsevar o„simliklar yetishtiriladi. Shuningdek mintaqada anjir, anor, pista, bodom, xurmo kabi ko„plab o„simliklar ekiladi. Surxondaryoning Angor,Jarqo„rg„on, Qo„mqo„rg„on, Termiz, Sherobod tumanlari ingichka tolali paxta yetishtirishga ixtmsoslashgan. O„zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin don yetishtirishga ham katta e‟tibor berimoqda. Mintaqada bir yilda o„rtacha 270,6 ming t. don yetishtirilmoqda, bu respublikada yetishtiriladigan hosilning 6,9 foizini tashkil etadi.
Surxondaryoda sabzovat va poliz ekinlari yetishtirish ham yaxshi yo„lga qo„yilgan. 2000 yilda 56,2 ming t. kartoshka yetishtirildi. Bu respublikaning 7,6 foiziga to„g„ri keladi.
Chorvachilik dehqonchilikdan keyin turadi. Ayniqsa mintaqada qorako„lchilik yaxshi rivojlangan. Tog„li mintaqalarda zotdor Hisor qo„ylari boqiladi. Aholining sut va sut mahsulotlariga bo„lgan talabini qondirish uchun qoramolchilik ham yaxshi rivojlantirilgan. Keyingi paytlarda parrandachilik, pillachilik va boshqalar ham rivojlantirilmoqda. Mintaqa sanoatining asosini yoqilg„i – energetika, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari tashkil etadi. Mashinasozlik sanoati mintaqada juda sust rivojlangan.
Yoqilg„i energetika sanoati 1950 yildan boshlab, mintaqada neft, gaz, ko„mir konlarining ishga tushishi bilan rivojlandi. Shuningdek gaz va ko„mir qazib chiqarish ham ortmoqda.
Surxondaryo qurilish materiallari va kimyo sanoatini rivojlantirishga imkoniyatlar yetarli.
Mintaqada qishloq xo„jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoati yaxshi rivojlangan. O„zbekiston mustaqillikka erishgandan so„ng viloyatda ip, gazlama, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal, gilam to„qish va boshqalar rivojlantirilmoqda. Shu bilan birga oziq mahsulotlari – un va un mahsulotlari, yog„, sut va sut mahsulotlari, sharbatlar, meva va uzum konservalari ishlab chiqarilish o„smoqda. Mintaqada tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlangan. Shu sababli bu yerda Hindiston, Yugoslaviya, Tojikiston va boshqva mamlakatlar bilan qo„shma korxonalar tashkil etilgan. Viloyat hududidan avtomobil, temir va havo yo„llari o„tkazilgan. Hozirgi kunda Surxondaryo-Qashqadaryo viloyatlari o„rtasida G„uzor-Boysun- Qumqo„rg„on temir yo„li
228
qurilmoqda. Bu yo„lning qurlishi Surxandaryoni Respublika poytaxti bilan qilinadigan aloqasini ancha qisqartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |