Ona tili
MAVZU : Egasiz gaplar. Shaxsi noma’lum gap
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarqalbida hamkorlik ,do’stlik tuyg’ularini sinngdirish
C) rivojlantiruvchi maqsad – gapning tuzilishiga ko’ra turlaridan nutqda o’rinli foydalanish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
148- mashq. Egasi yashiringan quyidagi gaplarni shaxsi ma'lum gap va shaxsi umumlashgan gaplarga ajratib yozing.
1. Sermanzara bog'ni tomosha qilib yurgan edim. 2. Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. (Maqol) 3. Onalarimizni avaylaylik! 4. O'ylab qarasam, haq ekansiz. 5. Boshing osmonga yetgan bo'lsa ham, kallangni xam qil. (Maqol)
B)Savollar orqalli
1.Egasi yashiringan gaplar necha turli bo'ladi?
2.Egasi ma'lum gap deb qanday gapga aytiladi?
3.Qanday gaplar egasi umumlashgan gaplar hisoblanadi? Ularning kesimi qaysi shaxs shaklida bo'ladi?
4.Qanday gaplarda egani tushirish mumkin emas?
III.YANGI MAVZU BAYONI
Bilib oling. Ega ishtirok etmagan gaplar shaxsi noma'lum gaplar, atov gaplar, so'z-gaplar kabi uch turga bo'linadi/ Bilib oling. Shaxsi noma'lum gaplarda kesim fe'l bilan ifodalanadi va ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma'nolarni ifodalab keladi. Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi — uning tarkibida egalik qo'shimchasining yo'qligidir. Bu gaplar shaxssiz emas, harakatni mantiqan kimdir bajaradi, lekin uni gapda ifodalab bo'lmaydi
IV.MUSTAHKAMLASH
A)Mashqlar orqali.
149-mashq. Berilgan gap juftliklaridagi bir gapda ega ifodalangan
yoki uni tiklash mumkin. Ikkinchisida esa egani tiklab bo'lmaydi. Sababini tushuntiring.
1. Vazifani bajarish kerak. Bu vazifani bajar. 2. Yo'lda ukam menga to'g'ri kelib qoldi. Yo'lda biroz to'xtashga to'g'ri kelib qoldi. 3. Bugun to'garakka borishimiz lozim edi. To'garakka borish kerak. 4. Ertaga uchrashamizmi? Uchrashish kerak.
150-mashq. 1- topshiriq. Berilgan kesim shakllarini qo'llab gaplar
tuzing. Bu gaplarda qanday mazmun umumiyligi borligini aniqlashga harakat qiling.
Borish lozim, bajarish shart, qurish kerak, so'rash joiz, asramoq darkor, qilsa bo'ladi.
2- topshiriq. Yuqorida berilgan kesim shakllarini bo'lishsiz shaklda qo'llab gaplar tuzing.
N a m u n a: Topshiriqni bajarish shart. — O'ylamasdan berilgan topshiriqni bajarish shart emas.
151- mashq. Egasi ifodalangan gap tuzing. Shu gap asosida egasi yashiringan va ega ishtirok etmagan gap hosil qiling.
N a m u n a: Biz dam olish kuni kitobxonlar yig'iniga boramiz — Dam olish kuni kitobxonlar yig'iniga boramiz. ~ Dam olish kuni kitobxonlar yig'iniga borish kerak.
152- mashq. Shaxsi noma'lum gaplarni ajratib ko'chiring. Xususiyatini ayting.
1. Ko'ngilda armon qolmasin deb, chilyosin ham qildirishga to'g'ri keldi. (A.Q.) 2. Ko'p o'tmay tandir kabobni ochish marosimini boshlashdi. (O. Hakimov) 3. Buyerda o'rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. (A. Q.) 4. Eshik ochiq bo'lsa ham, so'rab kir. (Maqol)
B)Savollar orqalli
1.Qanday gaplar ega ishtirok etmagan gaplar deyiladi?
2.Ega ishtirok etmagan gaplarning qanday turlari bor?
3.Shaxsi noma'lum gap deb nimaga aytiladi?
4.Shaxsi ma 'lum gap bilan shaxsi noma 'lum gapning asosiy farqi nimada? Fikringizni misollar bilan sharhlang.
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
153- mashq. Shu kunlarda o'zingiz o'qiyotgan badiiy asardan shaxsi noma'lum gapga 3 ta misol topib yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |