DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
168-mashq
B)Savollar orqali
III.YANGI MAVZU BAYONI
Hol ko'proq gap markazi — kesimga bog'lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o'rnini, paytini, holatini, bajarilish sababini, maqsadini, daraja-miqdorini bildiradigan ikkinchi darajali bo'lakdir. Hollar qanday? qanday qilib? qay tarzda? qayerda? qayerga? qayerdan? qachon? nega? nima uchun? qancha? kabi so'roqlarning biriga javob bo'ladi. Hollar ravish so'zlar bilan, kelishik shaklidagi va ko'makchili otlar bilan, sifat, son, taqlid so'z va undovlar bilan, fe'lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin.
Hollar sodda (bir so'zdan iborat) va murakkab (ikki va undan ortiq so'zdan iborat) tuzilishga ega bo'ladi.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)Mashqlar orqali.
169mashq
1- topshiriq. Gaplardagi ajratib ko'rsatilgan so'zlar qanday
so'roqlarga javob bo'lib, qaysi gap bo'lagiga tobelanib kelayotganligini aniqlang.
1. Nodonga yuz aytsang ham, befoyda. 2. Kechqurun salqin bo'ldi, ertalab shudring tushdi. (S.A.) 3. To'g'ri yursang, murodingga oson yetarsan. 4. Bunda bor harorat, muhabbat, shafqat. (G'.G') 5. Shamol g'ir-g'ir esardi. 6. Hozir maktab o'quvchisiman, kelasi yil talaba bo'laman.
2- topshiriq. Yuqoridagi gaplarda qo'llangan hoi bo'laklar qaysi turkum
so'zlari bilan ifodalanganini aniqlang. 170-mashq. Gaplardagi ajratilgan murakkab hollarni mashqdan so'ng
berilgan jadvalga tushiring.
1. Ayol sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq ko'chaga otildi (S.Karomatov) 2. Tursunali bir-bir bosib minbarga chiqdi va dona-dona gapirdi. U vazifaning muhimligini takror-takror ta'kidladi.
O'g'lining to'yini ko'rolmadi bechora, dunyodan ko'zi ochiq ketdi.
Urush boshlanganda u hali ko'krakdan ajralmagan go'dak edi. 5. Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib ichdi. 6. Shodmonbek zarbdan ko'zi tinib hushdan ketdi. 7. Sharifa bilan Nasiba arazlashganda Durdona ularni yarashtirib qo'ydi.
B)Savollar orqalli
Gapning qanday bo'lagi hoi deyiladi?
Hollar gapda ko'pincha qaysi bo'lak bilan munosabatga kirishadi? Misollar keltiring.
Hollar qaysi turkum so'zlari bilan ifodalanishi mumkin?
Hollar tuzilishiga ko'ra necha xil?
Qanday hollar murakkab hollar hisoblanadi?
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
171- mashq. Yozma manbalardan hoi ishtirok etgan 3 ta gap topib yozing. Ularning qaysi turkum so'zlari bilan ifodalanganini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |