O‘zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


MAVZU : Mustahkamlash darsi MAQSAD



Download 0,7 Mb.
bet86/146
Sana06.06.2022
Hajmi0,7 Mb.
#639981
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   146
Bog'liq
8 sinf ona tili dars konspektlar

MAVZU : Mustahkamlash darsi


MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarqalbida hamkorlik ,do’stlik tuyg’ularini sinngdirish
C) rivojlantiruvchi maqsad – gapning tuzilishiga ko’ra turlaridan nutqda o’rinli foydalanish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.


163- mashq. Gaplarni ko'chiring. Yoyiq atov gaplarning tagiga chizing.
1. Subhidam. Quyosh yotog'idan bosh ko'tardi. (P.Q.) 2. May. Kunduz soat to'rtlar chamasi. Yangi shahar ko'chalari. Ilk bahor shabadasiyoqimliesadi. (H.G'.)
B)Savollar orqalli


1.Atov gaplarning kengayishi nimalar hisobiga bo'ladi? Ular nega yoyiq holda qo'llanadi?
2.So'z-gaplar kengayishi (ya'ni yoyiq bo'lishi) mumkinmi?
3.So'z-gaplarning takrorlanishi qaysi maqsadda yuz beradi? Misollar keltiring.


III.YANGI MAVZU BAYONI
Mustahkamlash uchun savollar
1.Gapning ega bo'lagi qaysi kelishik shaklida bo'ladi? U qaysi turkum so'zlari bilan ifodalanadi?
2.Qanday gaplar ega ishtirok etmagan gaplar deyiladi?
3.Egasi yashiringan gaplarning turlari nechta ? Ularni ayting va misollar keltiring.
4.Ega ishtirok etmagan gaplarning turlari qaysilar? Nomlarini ayting va misollar keltiring.
5.Qanday gaplar shaxsi noma'lum gaplar hisoblanadi?
6.Atov gap bilan so'z-gapning farqi nimada?
7.Atov gaplar qaysi bo'laklar hisobiga kengayishi mumkin?

IV.MUSTAHKAMLASH


A) Topshiriqlar orqali.
1-topshiriq. Matnni ifodali o'qing, mazmunini aytib bering. Matndan ega ishtirok etgan gaplarni ajratib ko'chiring.
Osmonda chaqmoq lip-lip qila boshladi. Sal o'tmay moma- qaldiroq ustma-ust gumburlashga tushdi.
Shu payt darvozadan oyog'iga oq keta kiygan, yelkasiga yashil ryukzak osgan boshyalang o'smir bola kirib keldi.
Assalom, momo!
Kim? Akrammisan? Voy dardginangni olay! Men yana seni tanimabman! Har kelganingda bir boshqa bo'lasan!
Ko'p kasal bo'lib xiyol munkayib qolgan Oyxol momo Akramni quchoqlab bag'riga bosdi. Shunda u nevarasining bo'yi o'sib, momosidan ancha baland bo'lib qolganini sezdi. Ovozi ham yo'g'onlasha boshlagan, faqat qomati hali ingichka.
Voy, bo'yginangdan momong aylansin, kim bilan kelding?
O'zim.
lye, dadang qani?
Bu yil dadamning ishlari ko'payib ketdi.
Oying-chi? — deb Oyxol momo darvoza tomonga alanglab qaradi.
Oyim ham sizga salom aytib yubordilar...
(P. Qodirov)
2-topshiriq. Matndagi ega ishtirok etmagan gaplarni «Shaxsi noma'lum gaplar va so'z-gap»ga guruhlab yozing.
3-topshiriq. Matndagi egasi yashiringan gaplarni «Shaxsi ma'lum gaplar» va «Shaxsi umumlashgan gaplar»ga ajratib ko'chiring.
4-topshiriq. Matndan atov gaplar va so'z-gaplarni topib, ajratib yozing


V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA

5- topshiriq. Uyga vazifa. Berilganlardan ega ishtirok etmagan gaplarni topib ko'chiring. Kesimning qanday shakllanganiga e'tibor bering. Ularni nima uchun shaxssiz gap deyilishini tushuntiring.
1. O'zboshimchalikka yo'l qo'yilmasin. 2. Tarbiyachi va o'qituvchi bo'lish uchun chidam bilan o'qiladi. 3. O'zinigina o'ylovchi kishini yaxshi odam deb bo'lmaydi. 4. Yangi binolar qishloqlarning husniga husn qo'shmoqda. 5. Uquvi yo'q har qadamda qoqiladi. (Maqol) 6. Bu yerda chekilmaydi.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish