Ona tili
MAVZU : Atov gap
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarqalbida hamkorlik ,do’stlik tuyg’ularini sinngdirish
C) rivojlantiruvchi maqsad – gapning tuzilishiga ko’ra turlaridan nutqda o’rinli foydalanish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
153- mashq. Shu kunlarda o'zingiz o'qiyotgan badiiy asardan shaxsi noma'lum gapga 3 ta misol topib yozing.
B)Savollar orqalli
1.Qanday gaplar ega ishtirok etmagan gaplar deyiladi?
2.Ega ishtirok etmagan gaplarning qanday turlari bor?
3.Shaxsi noma'lum gap deb nimaga aytiladi?
4.Shaxsi ma 'lum gap bilan shaxsi noma 'lum gapning asosiy farqi nimada? Fikringizni misollar bilan sharhlang.
III.YANGI MAVZU BAYONI
Bilib oling. Atov gaplar so'zlovchi ko'z o'ngida biror voqea- hodisani, narsa-buyum yoki davrni jonli gavdalantirishga, uning xotirasida yoki xayolida ular bilan aloqador bo'lgan voqea-hodisalarni tiklashga xizmat qiluvchi muhim tasviriy vositadir. Atov gaplar, asosan, xabar maylining hozirgi-kelasi, ba'zan esa o'tgan zamon shakllaridagina keladi. Atov gaplar bitta so'zdan iborat bo'lishi ham, aniqlovchilar bilan kengayib kelishi ham mumkin
IV.MUSTAHKAMLASH
A)Mashqlar orqali.
154- mashq. O'qing. Ajratilgan gaplar ko'z oldingizda nimani gavdalan- tirishini sharhlang.
1. Bahor. Kunlar iliqlashgan. Bodom qiyg'os gullagan. Yerdan binafsha-yu maysalar bosh ko'tarmoqda. 2. Maktab. Yoshligimning oltin davri shu dargohda o'tdi. 3. Sentabrning boshlari edi. Talabalikning ilk kunlari edi. Men, qishloqi yigit uchun Samarqandning gavjum ko'chalari bayram kunlaridagi sayilni eslatadi. 4. Hamon yodimdadir: gul chog'i erdi. (Uyg'un, I.Sulton) 5. Amu—Buxoro kanali. Qaqragan ming-ming gektar yerlarga hayot suvi olib kelgan qudratli inshoot.
Topshiriq. Muzeydan olgan taassurotlaringiz va quyida berilgan rasm
asosida «Temuriylar tarixi davlat muzeyida» sarlavhali matn tuzing.
Unda atov gaplardan foydalaning.
155-mashq. Xotirangizda qolgan diqqatga sazovor biror voqea-hodisa
asosida atov gaplar qo'llangan matn tuzing. Taxminiy mavzular: «Ta'tilda», «Otamning kasbi», «Men yosh bola edim», «Non», «Ona shahrim», «Bir qultum suv», «Anor».
156-mashq. Atov gaplarni ajratib ko'chiring. Uning nechta so'z,
qanday birikmadan tashkil topganini ayting.
1. Yam-yashil o'tov. Hulkar bu yerga kelsa qanday quvonadi. (P. Q.) 2.Qip-qizil saraton quyoshi.Muloyim jilmayib saxovat bilan nur socha boshladi. {O'.H.) 3. Hovli zim-ziyo. Ariqdagi suv shaldirab oqadi. {H.G'.) 4. Urush... Oynisa ayvonustuniga suyanganicha qotib qoldi. {H.G'.) 5. Qo'shiq. San'atning bu turini sevmagan kim bor? 6. Uchrashuv. Mehmonlar hamma bilan quchoqlashib ko'rishdilar. (O.Hakimov) 7. Mehnat. Mehnatningtagirohat. 8. Hunar. Hunardanrizqingunar. (Maqol)
B)Savollar orqalli
1.Atov gaplarga tavsif bering: nima uchun u atov gaplar deyiladi, gapda (matnda) qanday vazifa bajaradi?
2.Atov gaplar qanday zamon ma'nolarida ifodalanishi mumkin?
3.Atov gaplar necha so'zdan iborat bo'ladi
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
157- mashq. Badiiy asarlardan atov gaplarning qo'lla- nilishiga 3—4 ta misol topib yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |