Oʻzbekistonda 20-30-yillarda ilm-fan


Urushdan keyingi yillarda Oʻzbekistonda sanoat



Download 55,7 Kb.
bet7/18
Sana11.03.2023
Hajmi55,7 Kb.
#918183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
fjjdh

Urushdan keyingi yillarda Oʻzbekistonda sanoat
1946-yil 18-mart kuni SSSR Oliy Kengashi tomonidan «SSSR xalq xo‘jaligini tiklash va yanada rivojlantirishning 1946—1950-yillarga mo‘ljallangan rejasi haqida qonun» qabul qilindi. Rejada vayron bo‘lgan xo‘jalikni tiklash, sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni urushdan oldingi dara- jaga yetkazish va yanada oshirishga erishish vazifasi ilgari surildi. 50-80-yillarda O‘zbekiston sanoati ancha rivojlandi, qurilish ishlari kengaydi, yangi sanoat tarmoqlari barpo etildi. Respublika xalq xo‘jaligini rivojlantirishda energetika sanoati muhim o‘rin tutdi. Shu boisdan, birinchi navbatda, elektr energiyasi tarmog‘i kengaytirildi. Yoqilg‘i sanoati o‘sdi. 50-yillarda Surxondaryo viloyatidagi Sharg‘un toshko‘mir koni o‘zlashtirildi va yuqori sifatli qo‘ng‘ir ko‘mir qazib chiqarila boshlan- di. 60-yillarda Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi Gazli, Jarqoq, Sho‘rtepa, Sho‘rchi, Qarantay yangi neft kon- lari o‘zlashtirildi. 70-yillarda Farg‘ona vodiysida yangi neft konlari ishga tushirildi. 1959-yili qurilib foydala- nishga topshirilgan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavo- di ancha kengaytirildi. Zavodda texnika moylari, ben- zin, dizel yog‘ilg‘isi, parafin va boshqa 35 xil mahsu- lotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Respublikamizda jami 100 dan ortiq neft va gaz konlari topilgan. Ularda 2 trillion kubometr gaz, 250 mln tonna neft zaxiralari borligi aniqlandi. 1959-yili Buxoroda neft va gaz qazib olishni yo‘lga qo‘yish maqsadida «Buxoroneftgaz» boshqarmasi tuzildi. 1958-1960 -yillarda «Jarqoq—Buxoro — Samar- qand — Toshkent» gaz quvurini qurish ishlari olib borildi. 767 km uzunlikdagi gaz quvuri 1960-yil 2-dekabrda qurib bitkazildi. Uning yillik quvvati 4,5 mlrd kubometr gazga teng edi.
Urush yillarida Oʻzbekiston fan va madaniyati
Urush yillarida O‘zbekiston shoirlari, yozuvchilari, rassomlari, musiqachilari yaratgan asarlarda vatanparvarlik xislatlari asosiy o‘rinda turdi. Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Sadriddiy Ayniy, Maqsud Shayxzoda, Sulton Jo‘ra, Amin Umariy, Oydin va boshqa yozuvchilar hamda shoirlarning she’rlari va dostonlarida, publitsistik asarlarida fashizm kirdikorlari fosh etilib, xalqimizning jangovarlik ruhi qo‘llab-quvvatlandi, dushman ustidan g‘alaba qozonishga bo‘lgan ishonch mustahkamlandi. Urush yillarida O‘zbekiston san’ati ustalari 30 ta konsert brigadalariga bo‘linib, frontdagi jangchilarga 35 000 ta va gospitallarda 26 000 ta konsert ko‘rsatdilar. Front brigadalari tarkibida Tamaraxonim, Halima Nosirova, Sora Eshonto‘rayeva, Mukarrama Turg‘unboyeva, Abror Hidoyatov, Olim Xo‘jayev, Gavhar Rahimova, Karim Zokirov, Muhiddin Qoriyoqubov singari taniqli san’atkorlar bo‘lgan. Teatrlarning repertuarlarida harbiy va tarixiy asarlar ustun bo‘lib qoldi. Teatrlar sahnasida Hamid Olimjonning “Muqanna”, Uyg‘un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy”, Hamid Olimjon, Uyg‘un va Sobir Abdullaning “O‘zbekiston qilichi”, Oybekning “Mahmud Torobiy”, Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” kabi va boshqa dramatik asarlari namoyish etildi. SSSR Fanlar akademiyasining O‘zbekiston filiali urushning birinchi kunlaridan boshlab juda muhim xalq xo‘jalik va mudofaa muammolarini hal qilishga faol kirishdi. Shu maqsadda institutlarning ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muhim o‘zgarishlar kiritildi. SSSR Xalq Komissarlari Soveti raisi I.V.Stalinning 1943-yil sentyabrdagi qarori asosida SSSR FA O‘zbekiston SSR filiali (O‘zFAN) negizida 1943-yil 4-noyabrda, Ikkinchi jahon urushining eng qizg‘in pallasida, Toshkentda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi (O‘zSSR FA) tashkil topdi. Taniqli o‘zbek matematik olimi Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy (1897 –1970) akademiyaning prezidenti qilib saylandi. Ilgari mavjud bo‘lgan Til, adabiyot va tarix instituti esa O‘zbek tili va adabiyoti hamda Tarix va arxeologiya institutlariga ajratilib, yangi tashkil etilgan O‘zSSR FA tarkibiga kiritildi. O‘zbekiston olimlari Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zlarining samarali faoliyati bilan mamlakat ilmiy salohiyatini rivojlantirishga, fidokorona mehnati bilan mamlakatning iqtisodiy hamda harbiy qudratini oshirish va mustahkamlashga katta hissa qo‘shdilar. Bu ishda ularga urush yillarida O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan RSFSR va boshqa ittifoqdosh respublikalarning olimlari ham ancha-muncha yordam ko‘rsatdilar. Faqat Toshkentning o‘ziga mamlakatning taniqli ilmiy xodimlaridan 375 nafar kishi kelgan bo‘lib, ular respublika imkoniyatlarini iloji boricha urush ehtiyojlariga ko‘proq jalb qilish yo‘llarini qidirib topishga, ilmiy muammolarni hal qilishga va mahalliy ilmiy kadrlar tayyorlashga yordam bergan edilar.

Download 55,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish