Oʻzbekistonda 20-30-yillarda ilm-fan


Buxoro amirligi va Xiva xon.ligining tugatilishi. BXSR va XXSRning tashkiletilishi



Download 55,7 Kb.
bet15/18
Sana11.03.2023
Hajmi55,7 Kb.
#918183
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
fjjdh


10.3. Buxoro amirligi va Xiva xon.ligining tugatilishi. BXSR va XXSRning tashkiletilishi
Oʻrta Osiyoda jadidchilik harakati oʻlkaning barcha hududlarida bir vaqtda paydo boʻlgan boʻlsa-da, oʻz oldiga qoygan kurash maqsadlari jihatidan ikki xil yonalish kasb etgan. Jumladan, Turkiston jadidlari oʻz oldilariga bosh maqsad qilib Turkiston oʻlkasini Rossiya mustamlakachilaridan ozod qilish va milliy mustaqil davlat tuzishni qoygan bolsalar, Buxoro va Xiva jadidlari amir va xon zulmiga qarshi kurashni bosh maqsad deb bildilar. Chunki ular mustamlakachilik zulmini oʻz boshidan toʻliq kechirmagan edilar. Xalq ommasi amir va xon orniga insofliroq va adolatliroq hukmdorga ega boʻlishni istar edilar. Xalqning bu istagini idrok eta olgan Buxoro va turklar»ga taqlid etib, oʻzlarini “Yosh buxoroliklar” va “Yosh xivaliklar” debatayboshladilar. Ular konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi doirasida islohotlar oʻtkazish yoli bilan adolatli va insonparvar jamiyat qurish mumkin, deb ishondilar. 1917-1920- yillar davomida Xiva xonligi va Buxoro amirligida rivojlanib kelgan demokratik harakatlar kengaydi, islohotchilik talablari amaliyotda mujassamlashdi. Yosh f va yosh xivaliklar avvalo yuqoridan turib demokratik islohotlar otkazish yoʻli bilan xonliklarning ijtimoiy taraqqiyot yoʻlidarivojlanishinita’minlashgaharakat qildilar. “Yosh xivaliklar” xon oldiga qoyilajak talablarni ishlab chiqdilar va bu manifest matni 1917- yil 5- aprelda e'lon qilindi. Xon Majlis chaqirishga va boshqa islohotlar qilishga rozilik bildirdi. Xon hokimiyati cheklab qoyildi. Natijada, Xiva xonligida ahvol murakkablashdi, Asfandiyorxon Junaidxonga xonlikni birgalikda boshqarish va bolsheviklarga qarshi kurash olib borishni taklif etdi. Xon Junaidxonni qoshinlar qoʻmondoni qilib tayinladi va mamlakatdagi butun hokimiyatni unga topshirdi. Oradan koʻp oʻtmay, Asfandiyorxon oʻldirildi va taxtga Said Abdullaxon oʻtirdi. TASSR bilan Xiva xonligi oʻrtasida qurolli toqnashuv kuchayib bordi.
Xorazmga qarshi fitna-hujumlarni toʻxtatish uchun Junaidxon 1919- yil aprelida sovet hokimiyati vakillariga murojaat qildi. 9 aprelda Xiva yaqinidagi Taxtada bitim imzolandi. Unda, chunonchi, sovet hukumati (Rossiya) Xorazm aholisining mustaqilligini tan oladi, deyilgan edi. Ammo Xorazmga qarshi tajovuzkorliklar toʻxtamadi, bolsheviklar Xorazm xalqi inqilob uchun yetildi, deb yordamga shoshildilar. Oqibatda, 1919- yil 23- dekabrda sovet qoʻshinlarining xonlik hududiga bostirib kirishi boshlandi, 1920- yil fevralida Xivani oldilar va qizil askarlar qismlari hamda yosh xivaliklar tazyiqi ostida Said Abdullaxon taxtdan voz kechdi. Shu tariqa, qizil armiya qismlari yordamida Xivada davlat tontarishi amalga oshirilib, monarxiyatuzumiagʻdaribtashlandi. 1920- yil aprelida Xivada boʻlib oʻtgan xalq vakillarining I Butunxorazm qurultoyi Xiva xonligini bekor etilgan deb e'lon qildi va mamlakatni Xorazm Xalq Sovet Respublikasi deb e'lon qildi. Qurultoy sobiq yosh xivaliklar a’zosi boʻlgan Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligida Xalq Nozirlari Kengashini sayladi. Hukumat sobiq yosh xivaliklar, turkman urugʻlari rahbarlari va kommunistlardan tashkil topdi.
Buxoroning ichki siyosiy hayoti 1917- yil bahorida yangi pallaga kirdi. Islohotlar, ozgarishlar zarurligi aniq boʻlib qoldi. Mamlakatda ikki oqim liberal-demokratik (“Yosh buxoroliklar”) va konservativ oqim harakat boshladi. Natijada, 1917- yil 7- aprelda amir farmoni (manifest) e'lon qilindi. Unda amaldorlar ustidan nazorat ornatish, soliqlar tizimini tartibga solish, davlat byudjetini joriy qilish, sanoat, tijorat, ma’rifat rivojlanishi uchun qaygʻurish va’da qilingan edi. Ammo konservativ kuchlarning bosh koʻtarishi natijasida bu islohotlar amalga oshmadi.
1918-1920- yillarda “Yosh buxoroliklar” dasturlari, siyosiy qarashlari, taktikasida Buxoroda islohotlar oʻtkazish uchun kuch, zoʻrlik ishlatish zarur boʻlib qolgani tan olindi, ikkinchi tomondan, aholining diniy e'tiqodi e'tirof etildi. Shunga qaramay, ular bolsheviklarga yordam sorabmurojaatqildilar. Buxoro bilan Rossiya davlatlari oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashib bordi. RSFSR hukumati Buxoroni oʻz ta’sir doirasiga olish uchun barcha chora-tadbirlarni kora boshladi. 1920- yil avgust oyi oxirlarida Turkiston fronti qomondoni Frunze buyrugʻi bilan Buxoro hududlari chegaralarida katta harbiy kuchlar: zambaraklar, bronepoezd, aeroplan jangovor holatga keltirildi. Endi bolsheviklarning "Sharqqa doir siyosati" ning rejasida Buxoro amirligini qulatish vazifasi turardi. 1920- yil 29- avgustda qizil askar qoshinlari amirlikka bostirib kirdilar. Lekin bu yerda bosqinchilar amir qoshinlarining va aholining qat'iy qarshiligigaduchkeldilar. Turkfront qomondonligi buyrugʻi bilan Eski Buxoro samolyotlardan bombardimon qilindi, toplar va bronepoezdlardan turib qattiq oqqa tutildi. Dahshatli janglardan soʻng 2 sentyabrda Buxoro magʻlub boʻldi, amirlik agʻdarildi. 6 oktyabrda amirning yozgi saroyi-Sitorai Mohi Xosada xalq vakillarining 1 Umumbuxoro qurultoyi ish boshladi. Qurultoy Buxoroni Xalq Sovet respublikasi deb e'lon qildi. Fayzulla Xojaev xalq Nozirlar Kengashining raisiboʻldi.


Download 55,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish