Oʻzbekistonda 20-30-yillarda ilm-fan


O’RTA OSIYODA YER-SUV ISLOHOTI —



Download 55,7 Kb.
bet18/18
Sana11.03.2023
Hajmi55,7 Kb.
#918183
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
fjjdh

O’RTA OSIYODA YER-SUV ISLOHOTI —
Sovet hokimiyati tomonidan xususiy mulkni tugatish maqsadida O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalarida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar (1921— 29). O’rta Osiyo yer suv islohoti 2 bosqichda: 1) 1921-22 yillarda Turkiston ASSR va Qozog’iston ASSRda; 2) O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o’tkazilgandan so’ng 1925— 29 yillarda amalga oshirilgan. Sovet jamiyati tomonidan o’tkazilgan agrar islohot yangi bosqichining vazifalari RKP(b)MKning 1920 yil 29 iyul qarori, Turkiston Kompartiyasining 5-s’yezdi va Turkiston ASSR sovetlarining 9-s’ezdi (1920 yil sentyabr) qarorlarida belgilab berildi. Bu vazifalarni 3 guruhga bo’lish mumkin: mehnat bilan shug’ullanmaydigan boyquloq xo’jaliklarni tugatish va ko’chmanchi aholini o’troq holatga o’tkazish; katta yer egaligini yo’qotib, yerlarni ersiz va kam yerli dehqonlar, batraklar, chorakorlar o’rtasida mehnat normalari bo’yicha taqsimlash; chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining ayrim sarqitlarini tugatishga qaratilgan bo’lib, stolipin islohotlari davrida Turkistonga ko’chirilgan kelgindi rus krestyanlari (dehqonlari) tomonidan egallab olingan yerlarni tortib olish. Islohotni amaliy jihatdan ro’yobga chiqarish 1921 yil bahorida boshlanib, dastlab u Yettisuv, Sirdaryo, Farg’ona oblastlari va Qozog’iston ASSRning Oqmo’la, Ural, Semipalatinsk gubernyalarida amalga oshirildi. Islohot favqulodda tartiblar shaklida o’tkazilib, uning asosiy vositasi — ma’muriy tazyiq o’tkazishdan iborat bo’ldi. Vaqf yerlari ham tortib olina boshlandi. Terrorga uchragan islohot qurbonlari qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Mintaqaning butun hududi, jumladan O’zbekiston SSRda mulkdor dehqonlarning sovet hokimiyatiga qarshi ko’plab ommaviy g’alayonlari va isyonlari bo’lib o’tib, ayrim holatlarda u qo’zg’olon darajasiga o’sib chiqqan. Islohot qishloqdagi siyosiy vaziyatni jiddiy ravishda keskinlashtirdi. Islohotning 1-bosqichida yer tuzish jamg’armasiga 1 722626 desyatina yer qo’shildi. Ana shu resurslardan mahalliy aholiga faqat 600 000 desyatina yer (o’zbek aholisi uchun atigi 117 512 desyatina yer) ekin ekish va yaylovlar uchun ajratildi. Islohotning 2-bosqichi birinchisidan farqli o’laroq katta yer egaligini (rasmiy hujjatlarda quloqtar — mushtumzo’rlarni) butunlay cheklash va ularni sinf sifatida tugatish masalasini qo’ydi. “Agrar inqilobing strategiya va taktikasi O’zbekiston kompartiyasining 2-s’ezdi (1925 yil noyabr) da tasdiqlandi. Bu bosqich O’zSSR MIKning “Suv va suvni natsionalizasiya qilish to’g’risida” va “Yer-suv islohoti to’g’risida” dekretlari (1925 yil 2 dekabr) va Turkmaniston SSR MIK va XKSning 1925 yil 24 sentyabrdagi qarorlari, Qozog’iston ASSR va XKS ning 1926 yil 20 maydagi qarorlari bilan boshlandi. Mazkur bosqichda ham davlatning butun qudrati “Quloqboy unsurlar”ga qarshi kurashga qaratildi. 1925-29 yillardagi islohot jarayonida shakllangan kam quvvatli xo’jaliklar tortib olingan 474893 desyatina yer fondidan boryo’g’i 10%i olindi, xolos. O’rta Osiyo respublikalarida islohot davrida 6763 ta badavlat odamlar qo’lidagi mulk butunlay musodara qilindi, 37759 ta boyning yerlari keskin kamaytirildi, 415500 desyatina yer 123400 yersiz va kam yerli dehqonlar o’rtasida taqsimlandi. Bu bilan agrar islohot yer-suvni tortib olishni tugallab, qishloq xo’jaligini davlat monopoliyasiga olish uchun moddiy shart-sharoitlar yaratdi

Hujum harakati
O‘rta Osiyo hududi sovet davlati tarkibiga kiritilgach, mahalliy boshqaruv tizimi, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalar yangicha asosda qurila boshladi. Bu jarayonda hukumat mahalliy xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni “zamonaviylashtirish”, jamiyatda erkaklar bilan teng faoliyat yuritishini ta’minlash (keyinchalik ular mehnatidan keng foydalanish) masalasiga jiddiy e’tibor qaratdi. Ushbu jarayonni yanada tezlashtirish masalasi O‘rta Osiyo partiya komiteti xotin-qizlar bo‘limlari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan kengashda muhokama etilib (1926-yil sentabr), ayollarni majburiy ravishda “ozodlikka chiqarish”, ya’ni paranjidan xalos etishga qaror qilindi (O‘zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. Ilmiy muharrir M.Jo‘raev. Toshkent, “Sharq”, 2000. 105-bet). “Hujum” deb atalgan bu tadbir boshlangan ilk kezlar muayyan muvaffaqiyatlarga erishildi albatta, ya’ni ayollarga o‘qish, bilim va malakasini oshirishga imkon yaratildi. Natijada o‘zbek ayollari orasidan maorif, madaniyat, fan, san’at, tibbiyot va ijtimoiy turmushning barcha sohalarida faol ziyolilar yetishib chiqdi “Hujum” kampaniyasining ilk yillari ko‘p ayollar paranji tashlab (1927-yil bahorida 100 ming nafar), ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda qatnasha boshlagan bo‘lsa-da, bu siyosatni amalga oshirish salbiy oqibatlar bilan kechdi. O‘zbekiston SSR prokuraturasiga viloyatlardan o‘ta maxfiy tamg‘a ostida topshirilgan hisobotlarda qayd etilishicha, 1927 yili “Hujum” harakati aholining ma’lum bir qismi, jumladan, davlat tashkilotlarida ishlaydigan erkaklar ayoli, shuningdek, kambag‘al va batraklar oilasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, ulamolar, boylar, savdogarlar esa unga qarshi targ‘ibot-tashviqot olib borgan “Hujum” shu qadar shiddatli tus oldiriladiki, hatto xotin-qizlar yuzini ochish bo‘yicha O‘zbekiston, Turkmaniston va boshqa respublikalar o‘rtasida “sotsialistik musobaqa” tashkil qilinadi. Qizig‘i shundaki, bu tadbirga respublikalarning sovet sud-huquq, ichki ishlar organlari, prokuratura xodimlari va tergovchilar ham jalb etiladi. Musobaqa davomida (1929-yil 1-sentabrdan 1930-yil 1-martgacha) sud xodimlari ajralish ishlarini jadallashtirish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, boshqa ishtirokchilar qishloqlarga borib jamiyatda ayollar o‘rni va haq-huquqlari to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qishi zarur edi. Shuningdek, ularga mahalliy xotin-qizlardan sud-huquq organlariga xodimlar jalb etish, sud jarayonlarida xalq maslahatchisi sifatida qatnashishiga sharoit yaratish vazifasi ham yuklanadi. Bu vaqtda ayollardan keksa eridan ajralish xususida sudga murojaatlar tushib turgan bo‘lib, “musobaqa” davomida bu jarayon yanada avj olgan. Natijada O‘zbekistonda ko‘plab oilalar buzildi, ajralishga ariza bergan ayollarning ba’zilari eri yoki aka-ukasi tomonidan jazolandi. Sovetlarning xotin-qizlarni ozodlikka chiqarish borasida tezkorlik bilan amalga oshirgan siyosati mahalliy ayollarning begunoh qurbon bo‘lishiga-da sabab bo‘ldi.
Download 55,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish