"O’zbek yosh shoirlari" to’plamidagi "Uyqu she’ri"ning tahlili



Download 21,86 Kb.
bet1/4
Sana09.12.2022
Hajmi21,86 Kb.
#882746
  1   2   3   4
Bog'liq
sss(1)


“O’zbek yosh shoirlari” to’plamidagi “Uyqu she’ri”ning tahlili
1.Matnshunoslik faoliyati asoslari :
1.1
a)she’rning grafik shakllantirilishi.
“O’zbek yosh shoirlari”to’plamiga kiritilgan “Uyqu” she’ri 1921-yilda Toshkentda yozilgan.
1.“Uyqu” she’ri “O’zbek yosh shoirlari” (1922) to’plamida 8 band, 32misradan iborat.Ulardan 1-band 4 misra, 2-band 4 misra, 3-band, 4 misra, 4-band 4 misra,5-band 4 misra,6-band 4 misra,7 band 4 misra, 8 band 4 misra.
2.“Go’zal Turkiston”(1997)to’plamida 8 band,16 misradan iborat, har bir band ikki misradan tashkil topgan.
3.”Buloqlar”(2007) to’plamida ham 8 banddan iborat,16 misrani tashkil etadi,har bir band 2 misradan iborat.
4.”Yana oldim sozimni’’(1991) to’plami ham 8 band 16 misra,har bir band ikki misradan tashkil topgan.
5.3 jildlik asarlarining 1-jildi (1993)da ham 8 band 16 misrani tashkil etadi.
6.”Binafsha”(2021) to’plamida esa she’r bandlarga ajratilmagan,16 misradan iborat.

b)tinish belgilarining ishlatilishi:


She’r sarlavhasi hamma nusxada tinish belgisiz qo’llangan.
Ushbu she’r “Bormayman dedi’’ kuyiga bag’ishlab yozilgan.Shuning uchun sarlavhadan so’ng har bir nusxada yozildi.
1.“O’zbek yosh shoirlari” to’plamida sahifaning chap tomoniga qavs belgisi ichiga (bormayman dedi kuyiga ) tarzida yozildi va boshqa tinish belgisi ishlatilmadi.
2.”Binafsha” to’plamida esa bag’ishlov qismida qavs va qo’shtirnoq belgilari ishlatilgan.(“ Bormayman dedi”kuyiga)
3.”Asarlar 1-jild”ida esa “Bormayman” so’zi qo’shtirnoqqa olingan va berkitilgan,dedi so’zidan so’ng esa qo’shtirnoq yana berkitilgan.(“Bormayman” dedi”kuyiga)
4.”Go’zal Turkiston”to’plamida (“Bormayman dedi” kuyiga) qavs va qo’shtirnoq belgilari ishlatilgan.
5.”Buloqlar “to’plamida “Bormayman dedi” kuyiga tarzida faqat qo’shtirnoq ishlatilgan.
6.”Yana oldim sozimni”to’plamida esa “ Bormayman dedi”kuyiga shaklida faqat qo’shtirnoqdan foydalanilgan.
1-band
She’rning 1-band 1- misrasida asl nusxasida va “Buloqlar,”asarlar 1-jild”,”Binafsha “,”Yana oldim sozimni” to’plamlarida bir hil “ Jim turing,shovqinlanmang,uyqu ichida ul pari,” tarzida bir hil shaklda 3 ta vergul tinish belgisi qo’llangan.”Go’zal Turkiston “ she’rida esa 1- misrada 2 ta vergul qo’llangan.Va bu vergullar uyishgan bog’lovchisiz qo’shma gapni bog’lash uchun qo’llangan.
2- misra
She’rning asl nusxasida va barcha to’plamlarda (Yurma,tek tur,) shaklida ikkita vergul ishlatilgan,(Ey shamol,) so’zidan so’ng esa asl nusxada ey shamoldan so’ng vergul qo’yilmagan,qolgan to’plamlarda vergul ishlatilgan.(Yursang-da yur ,biroz nari ) asl nusxasida ,”Binafsha” “Go’zal Turkiston” to’plamlarida bitta vergul va misra ohiriga undov belgisi qo’yilmoqda.”Yana oldim sozimni”,”Buloqlar” to’plamida vergul ishlatilmagan va ohiriga nuqta qo’yilgan.”Asarlar 1-jild” to’plamida esa vergul ishlatilmagan va ohiriga undov qo’yilgan.

2-band
1-misrasida” Ko’kda bir to’p qiz- malak uyqu kuyini boshladi”, barcha to’plamlarda “qiz-malak” tarzida tire belgisi qo’llangan va misra ohiriga vergul tinish belgisi qo’yilgan.


2-misrada “Ilgari chalgan tirik,jonli kuyini tashladi.”Ushbu misra barcha to’plamlarda bir hil vergul va nuqta bilan ifodalangan.
3-Band
1-misrada “bosh uchida aylanar bir to’p farishta jimgina” tarzida kelgan so’zlar asl to’plam,”Binafsha”,”go’zal Turkiston” to’plamlarida misra ohiriga nuqtali vergul qo’yilgan.
“Yana oldim sozimni”,”Buloqlar”,”Asarlar 1-jild”ida esa misra ohiriga vergul qo’yilgan.
2-misrada asl nusxada hech qanday tinish belgisi ishlatilmagan.”Asarlar 1-jild”da faqat misra ohiriga nuqta ishlatilgan.”Binafsha”,”Buloqlar”,”Yana oldim sozimni” to’plamlarida esa” ko’k elining tangrisi –oy ham qaraydir tinchgina.” Shaklida tire qo’llangan va misra ohiriga nuqta qo’yilgan.
4- band
1-misra”Ul alas ko’zlar yumilgan ...kuyni yondirgachgina,ushbu misra hamma to’plamda bir hil ko’p nuqta va vergulga ega.
2- misra” Ko’p go’zal ko’zlarni yumdirgach,uyaldirgachgina...barcha to’plamlarda vergul va ko’p nuqta ishlatilgan.
5- band
1-misra “Charcgan,tolgan umidsiz ko’zlarim to’ymay qarar,”.She’rning asl nusxasi,”Go’zal turkiston”,”Asarlar 1-jild” to’plamlarida misrada 2 ta vergul ishlatilgan.”Yana oldim sozimni”,Buloqlar”,” Binafsha “ to’plamlarida esa misrada 3 ta vergul qo’llangan.
2-misra” Har qarashda ko’nglima ming turli o’ylar solar..” ushbu misra barcha to’plamlarda bir hil tarzda faqat ko’p nuqta tinish belgisi asosida shakllantirilgan.

6-band
1-band “Bu yotish,bu uyqu,bu-qanday shirin,qanday go’zal,”asl nusxa,”Go’zal Turkistonto’plamlaida 4 ta vergul va bitta tirega ega.”Binafsha”,”Yana oldim sozimni”,”Buloqlar”,:Asarlar 1-jild” da esa 4 ta verguldan foydalanilgan.


2-misrada “Jonlanar,yuz ko’rsatar singan va yasangan amal.””G’o’zal Turkiston “to’plamida misradagi jonlanar so’zidan so’ng vergul va misra ohiriga ham vergul qo’yilgan.Qolgan barcha to’plamlarda vergul va bitta misra ohiriga nuqta qo’yilgan.
7-band
1-misra “Bu yotish,u uyqu na yerda ,na xayoliy ko’kda bor,ushbu misrada barcha to’plamlarda bir hil 3 ta tinish belgisi qo’llangan.Barchasi vergul.
2-misra” Bu go’zal, sirli tomosha menda ,men o’ksukda bor.”asl nusxa,”Buloqlar,”Yana oldim sozimni” to’plamlarida “Bu go’zal “so’zidan so’ng vergul ishlatilgan,”Binafsha”,”Asarlar 1-jild”da esa vergul ishlatilmagan.”Menda “so’zidan so’ng esa barcha to’plamda vergul ishlatilgan, misra ohirida barchasiga nuqta qo’yilgan.
8-band

1-misra “Jim turing:Shovqinlanmang,uyqu ichinda ul pari,”asl nusxasida,”Yana oldim sozimni”,”Buloqlar”,”Binafsha” to’plamlarida “Jim turing”dan so’ng nuqta qo’yilgan.”Asarlar 1-jild,”Go’zal Turkiston”to’plamlarida vergul ishlatilgan.”Shovqunlanmang “so’zidan so’ng asl nusxada ikki nuqta ishlatilgan,”Yana oldim sozimni”,”Buloqlar”,”Binafsha”, to’plamlarida esa verguldan foydalanilgan.”Asarlar 1-jild” ,”Go’zal Turkiston” to’plamlarida undovdan foydalanilgan va misra ohirida hamma to’plamga nuqta qo’yilgan.


2-misra” Ko’zlarim to’ymay qarar,borliq ko’rinma,tur nari!... barcha to’plamlarda “ko’zlarim to’ymay qarar”dan so’ng vergul qo’llangan.” Borliq ko’rinma”dan so’ng ham vergul barchasida qo’llangan.Misra ohiridagi “tur nari” so’zi dan so’ng asl to’plamda undov va ko’p nuqta qo’llangan,qolgan to’plamlarda ko’p nuqta qo’llangan holos.

Soʻz shakllarining yozilishi


She'rning sarlavhasi "Oʻzbek yosh shoirlari"toʻplamida "Uvuyqu "tarzida yozilgan,boshqa hamma to'plamlarda "Uyqu" tarzida berilgan.
Bagʻishlov qismi barchasida bir hil.
1-Band
1-misrada "shovqunlamang"soʻzi asl nusxada ,"Goʻzal Turkiston" to'plamlarida shu tarzda berilgan."Buloqlar""Binafsha","Yana oldim so'zimni","Asarlar 1-jild" to'plamlarida esa "Shovqinlamang "tarzida yozilgan.
2-Band
2-misra "Oʻzbek yosh shoirlari"toʻplamidagi 2-misradagi "ichinda "soʻzi "Yana oldim so'zimni","Buloqlar"to'plamlarida ham shu tarzda yozilgan,"Asarlar 1-jild","Binafsha","Goʻzal Turkiston" to'plamlarida esa "Ichida"tarzida yozilgan.
3-misrada "Ay "soʻzi asl nusxa,"Goʻzal Turkiston","Asarlar 1-jild"to'plamlarida "ay "tarzida
"Yana oldim sozimni","Buloqlar","Binafsha"to'plamlarida esa "ey tarzida qo'llangan.
4-misrada asl toʻplamda "bir oz "tarzida "Asarlar 1-jild ","Goʻzal Turkiston" ,"Yana oldim so'zimni"da ham "bir oz "tarzida ,"Binafsha","Buloqlar" to'plamlarida esa "Biroz"tarzida yozilgan.
4-Band
1-misrada asl nusxada "alas" soʻzi "asarlar 1-jild","Goʻzal Turkiston" to'plamlarida ham shu tarzda qo'llangan,"Buloqlar","Binafsha","Yana oldim sozimni" to'plamlarida esa "olos "tarzida qo'llangan.
Shu misradagi "Yumulg'an"soʻzi "Buloqlar","Binafsha","Yana oldim sozimni" to'plamlarida shu tarzda,"Asarlar 1-jild","Goʻzal Turkiston" to'plamlarida esa "Yumilgan" tarzida qo'llangan.
2-misrada asl nusxadagi "yondirgʻachqina"soʻzi boshqa to'plamlarda"yondirgachgina" tarzida qo'llanadi.
4-misrada "uyaldirgʻachqina"soʻzi boshqa to'plamlarda "uyaldirgachgina" tarzida qo'llangan.
5-Band
1-misra "Charchagʻan,tolgʻan" soʻzlari asl nusxadan farqli ravishda boshqa to'plamlarda "charchagan,tolgan" shaklda uchraydi.

6-Band
4-misrada asl nusxada "singʻan va yastangʻan"tarzida gi soʻzlar "Buloqlar","Binafsha","yana oldim sozimni" to'plamlarida "singan va yasangan "tarzida,"Asarlar 1-jild","Goʻzal Turkiston"to'plamida esa"singan va yastangan" tarzida qo'llangan.


8-Band
4-misrada asl nusxada" koʻrunma" shakli boshqa to'plamlarda "koʻrinma " tarzida ifodalangan.
2.1 She'rning qiyosiy tanqidiy matni."Oʻzbek yosh shoirlari" (1922)

Jim turing,shovqinlanmang:


Uyqu ichinda ul pari,
Yurma,tek tur,ay shamol
Yursangda yur ,bir oz nari!
***

Koʻkda bir toʻp qiz-malak


Uyqu kuyini boshladi
Ilgari chalgan tirik,
jonli kuyini tashladi.

***
Bosh uchida aylanar


Bir toʻp farishta jimgina;
Koʻk elining tangrisi
Oy ham qaraydir tinchgina..
***
Ul alas koʻzlar yumulgʻan...
Kuyni yondirgʻachqina,
Koʻp goʻzal koʻzlarni yum-
dirgʻach,uyaldirgʻachqina...
***
Charchagʻan,tolgʻan umidsiz
Ko'zlarim toʻymay qarar,
Har qarashda koʻnglima
Ming turli oʻylar solar...
***
Bu yotish,bu uyqu bu -
Qanday shirin,qanday goʻzal,
Jonlanar,yuz koʻrsatar
Singʻan va yastangʻan amal,

***
Bu yotish,uyqu na yer-


da na xayoliy koʻkda bor,
Bu go'zal, sirli tomosha menda ,
men oʻksukda bor.
***
Jim turing.shovqunlanmang:
Uyqu ichinda ul pari,
Ko'zlarim toʻymay qarar,
borliq koʻrinma tur nari!..
1921.Iyul.Toshkent.
Hozirgi o’zbek tilining orfografiya qoidalariga moslashtirilgan holda qilingan va biz ham maqbul deb topgan she’rning qiyosiy-tanqidiy matni.
Uyqu
"Bormayman dedi" kuyiga
Jim turing,shovqinlanmang,
Uyqu ichinda ul pari,
Yurma,tek tur,ey shamol ,
Yursang-da yur biroz nari.

***


Koʻkda bir toʻp qiz-malak
Uyqu kuyini boshladi,
Ilgari chalgan tirik,
jonli kuyini tashladi.

***
Bosh uchida aylanar


Bir toʻp farishta jimgina;
Koʻk elining tangrisi
Oy ham qaraydir tinchgina..

***
Ul alas koʻzlar yumilgan,


Kuyni yondirgachgina,
Koʻp goʻzal koʻzlarni yum-
dirgach,uyaldirgachgina...
***
Charchagan,tolgan ,umidsiz
Ko'zlarim toʻymay qarar,
Har qarashda koʻnglima
Ming turli oʻylar solar...
***
Bu yotish,bu uyqu bu -
Qanday shirin,qanday goʻzal,
Jonlanar,yuz koʻrsatar -
Singʻan va yasangan amal,
***

Bu yotish,uyqu na yerda,


na xayoliy koʻkda bor,
Bu go'zal, sirli tomosha menda ,
men oʻksukda bor.
***
Jim turing.shovqinlamang,
Uyqu ichinda ul pari,
Ko'zlarim toʻymay qarar,
koʻrinma tur nari..

Download 21,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish