Oʻzbekistonda 20-30-yillarda ilm-fan


Oʻzbek xalqining yuksak gumanizmi



Download 55,7 Kb.
bet3/18
Sana11.03.2023
Hajmi55,7 Kb.
#918183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
fjjdh

Oʻzbek xalqining yuksak gumanizmi
Urush O‘zbekistondagi har bir oilani moddiy jihatdan ham qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Shaharlarda oziq-ovqatga kartochka tizimi tashkil etilib, ishchi va xizmatchilarga kuniga 400-500 grammdan, oila a’zolariga 300-400 grammdan non berildi. Rahbar xodimlar esa maxsus oziq-ovqat (payok) bilan ta’minlab turildi. Qiyinchiliklar jamiyatning ijtimoiy ruhiy holatida keskinlikni vujudga keltirdi, biroq fashizm ustidan qozoniladigan g‘alabaga ishonch aslo susaymadi. Xususan, urush yillarida o‘zbek qishloqlarida ahvol og‘ir bo‘lgan. Kolxozlarda kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun majburiy ish kuni normasi 1,5 marta oshirilgan. Belgilangan mehnat normasini bajara olmagan kolxozchilar shafqatsiz jazolangan. Qishloqlarda turli kasalliklar va ocharchilik natijasida o‘n minglab kishilar hayot bilan vidolashgan. Urush yillarida ocharchilik yirik sanoat markazlariga ham tarqalgan. Urush yillarida aholi tarkibida harbiy xizmatchilar oilalari, evakuatsiya qilinganlar, urush nogironlari, yetim bolalar deb nomlangan yangi ijtimoiy guruhlar paydo bo‘ldi. O‘zbekistonga 1 mln nafardan ortiq kishi, jumladan, 200 000 bola evakuatsiya qilindi. Turli millatga mansub yetim bolalarni o‘zbek xalqi o‘z farzandiday ardoqlab, ularni voyaga yetkazdi. Masalan, toshkentlik oddiy temirchi Shoahmad Shomahmudovlar oilasi 15 bolani, kattaqo‘rg‘onlik urush nogironi Hamid Samadov 13 bolani, samarqandlik kolxozchi ayol Fotima Qosimova 10 bolani olib tarbiyaladi. Respublikaga urush davrida 30 dan ortiq harbiy gospital joylashtirildi. Jarohatlanganlarning talaygina qismi jangovar safga qaytarildi. Urush nogironlarining ko‘pchiligi ishga joylashtirildi. Turli millatlarga mansub bo‘lgan 15 bolani farzandlikka olgan temirchi usta Shoahmad Shomahmudov va uning xotini Bahri Akramovalar oilasi yuksak insoniylik fazilatlarini ko‘rsatib ko‘pchilikka ibrat bo‘ldi. Urushdan nogiron bo‘lib qaytib kelgan Hamid Samatovlar oilasi 13 bolani, kolxozchi ayol Fotima Qosimovalar oilasi 10 bolani o‘z quchog‘iga olib, mehr qo‘ri bilan ularning qalbini isitdi, dilini yoritdi. Urush yillarida milliy siyosatda kechirib bo‘lmas zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yildi. Totalitar tuzum rahbarlarining farmoyishi bilan Kavkaz xalqlari (chechenlar, ingushlar, qorachoylar, mesxeti turklari, bolqorlar va b.), qrim tatarlari va Volgabo‘yi nemislari 1943–1944-yillarda zudlik bilan mamlakatning sharqiy hududlariga ko‘chirilib yuborildi. Qrimdan 151 604 nafar qrim tatarlari, Gruziyadan 110 000 nafar mesxeti turklari, Shimoliy Kavkazdan 175 000 nafar chechenlar, 20 000 nafardan ortiq ingushlar, 4500 nafar bolqor va greklar O‘zSSRga ko‘chirildi. Mahalliy aholi jabrdiydalarga xayrixohlik bildirdi va samimiy yordam berdi.Xullas, urush yillarida o‘zbek xalqi o‘zining bag‘rikengligi, mehmonnavozligi, sabr-toqati va bardoshini yana bir marta namoyish etib, dunyo xalqlarini hayratga soldi.

Download 55,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish