O‘zbekiston zamini /2019 Tahrir hayʼati



Download 16,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/165
Sana21.04.2022
Hajmi16,18 Mb.
#570093
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   165
Bog'liq
QkpYhJ08PPUGEBGSyzeejz5Djsujhi4K0atZIk0i

Land of Uzbekistan
Земля Узбекистана
4/2021


O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
104
turli qirralarini, jumladan, ishlab chiqarishning 
madaniy-maishiy 
va 
boshqa 
sohalarini 
tavsiflaydigan sonli ko‘rsatkichlar majmuasi 
statistika deb ataladi. Statistika xalq xo‘jaligi 
tarmoqlaridagi, jamiyat hayotining ayrim 
sohalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni 
tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish 
va ishonchli, ilmiy asoslangan ma’lumotlarni 
aks ettirishdan, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy 
voqeyliklarni sifat qirralari bilan chambarchas 
bog‘liq holda ularning miqdoriy tomonlarini 
o‘rganishdan iborat.
O‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan 
yer kadastri xalq xo‘jaligi hisobining umumiy 
tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. U ham 
bo‘lsa yer kadastrining ob’ekti hisoblangan 
yerning xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, 
yer mehnatning umumiy vositasidir, mehnat 
jarayonini amalga oshirishning zaruriy shartidir. 
U ishlab chiqarish vositasi sifatida qishloq 
xo‘jaligida, sanoatda, transportda hamda inson 
moddiy foaliyatining boshqa barcha jabhalarida 
gavdalanadi. Ammo, shu bilan birga, yer boshqa 
qator ishlab chiqarish vositalaridan anchagina 
farq qiladi. Bulardan asosiylari quyidagilardir 
[9]:
- yerdan tashqari barcha ishlab chiqarish 
vositalari inson mehnatining mahsulidir, yer esa 
tabiatning mahsuli hisoblanadi. U tabiat in’omi 
sifatida mehnatdan oldin paydo bo‘lgan hamda 
ushbu mehnatning tabiiy sharoitidir;
- ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanishi bilan ishlab chiqarish vositalari 
miqdor jihatidan ko‘payadi va sifat jihatidan 
o‘zgarib boradi. Yer esa yer sharining yuzasi 
(maydon) va yer sharining quruqlik qismi bilan 
chegaralangandir. Yerni biron bir ishlab chiqarish 
vositasi bilan almashtirish imkoniyati hozirgacha 
mavjud emas;
- yerdan foydalanish doimiy makon 
(joy) bilan bog‘liq. Uni ishlab chiqarish vositasi 
sifatida bir joydan boshqasiga ko‘chirish mumkin 
emas. boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vositalari 
(traktorlar, avtomobillar va hakazo.) doimiy o‘rin 
bilan bog‘lanmagan;
- barcha ishlab chiqarish vositalari 
foydalanish jarayonida eskiradi, o‘zlarning 
foydali xususiyatlarini asta-sekin yo‘qotadi va 
nihoyat, ishlab chiqarish jarayonidan umuman 
chiqib ketadi. Yer esa vaqtning emiruvchi ta’siri 
izmida bo‘lmagan doimiy ishlab chiqarish 
vositasidir. Yerdan to‘g‘ri foydalanish natijasida 
uning unumdorligi doimiy ravishda ortib boradi.
Yuqoridagilardan 
xulosa 
qilish 
mumkinki, yer o‘ziga xos bo‘lgan, boshqalarga 
o‘xshamaydigan ishlab chiqarish vositasidir, shu 
bilan birga u yer kadastrining ob’ekti hisoblanadi.
Yer kadastri to‘g‘risida so‘z yuritishdan 
oldin, kadastr so‘zining mazmuniga to‘xtash 
joizdir. “Kadastr” so‘zi fransuzcha so‘z bo‘lib, u 
muayyan ob’ektlar to‘g‘risida tartiblashtirilgan 
aniq va zaruriy ma’lumotlar majmui, ro‘yxati, 
reestrini, ya’ni olingan ma’lumotlarning 
mujassamlashgan yig‘indisini anglatadi [12]. 
Shunday ekan, yer kadastri yer to‘g‘risidagi, 
aniqrog‘i ma’lum bir ob’ektga biriktirilgan 
(fermer xo‘jaligiga, sanoat korxonasiga, tumanga, 
shaharga va h.k.) yer maydonini kuzatish yoki 
nazorat qilish yo‘li bilan olinadigan rang-barang 
axborotlarning majmuali yig‘indisidir.
Bunday axborotlarga yer maydonlarining 
tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat 
xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining 
o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan 
foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar 
o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
kiradi [2].
Yer kadastri, jumladan yerlarning 
hisobini yuritish ishlarining tarixi to‘g‘risida gap 
yuritilganda, ayniqsa ikkinchi jahon urushidan 
so‘ng respublikamizda amalga oshirilgan ishlarni 
qayd qilish joizdir.
Ma’lumki, sobiq Ittifoq Ministrlar 
Sovetining 1954 yil 31 dekabrda mamlakat 
yer fondining yagona davlat hisobini yuritish 
to‘g‘risida qarori qabul qilingan. Ushbu 
qarorga muvofiq ishlab chiqilgan Yerlardan 
foydalanishning ro‘yxati va yerlarning davlat 
hisobini o‘tkazish tartibi haqida"gi ko‘rsatmada 
yer turlaridan foydalanishning to‘g‘riligini 
tasdiqlash maqsadida tuproqlarning sifati 
va xossalari haqida ma’lumotlar zarurligi 
ko‘rsatilgan. Bunday ko‘rsatkichlarga: tuproq 
tiplari, mexanik tarkibi, gumus qatlamining 
chuqurligi, sho‘rlanganlik darajasi, yer osti 
suvlarining chuqurligi, yer osti qatlamining 

Download 16,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish