O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
103
100 metr x 100 metr hajmdagi yuzani ifodalaydi.
Yuzani hisoblashda yer rel’efining aero yoki
kosmosuratlaridan
(ortofotoplanlardan)
foydalangan holda belgilangan tartibda
tayyorlangan elektron raqamli qishloq xo‘jaligi
xaritalaridan foydalaniladi. Yerlarning balansi
(hisoboti)ni tuzishda barcha maydonlar
gektarlarda qayd qilinadi [9].
Ma’lumki,
jamiyat rivojining barcha
bosqichlarida yerdan foydalanishni tashkil etish
hamda uning hisobini olib borish davlatning
asosiy masalalaridan biri hisoblangan, negaki
u har qanday ishlab chiqarishning asosi,
ob’ektlarni joylashtirish o‘rni hisoblanadi. Shu
bilan bir qatorda, yer –
umummilliy boylikdir,
ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir [1]. Ushbu mulkdan oqilona va
samarali foydalanishni tashkil etish, shuningdek,
yer maydonlaridan belgilangan maqsadiga
ko‘ra foydalanishi ustidan davlat nazoratini
amalga oshirish mamlakat iqtisodiyotini yanada
rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Bu
masalalarni ijobiy hal qilish esa, o‘z navbatida,
yerlarning huquqiy holati, miqdori va sifati,
shuningdek, iqtisodiy qiymati to‘g‘risidagi
majmuali axborotlarni talab qiladi. Aynan
shunday axborot davlatning asosiy tadbirlaridan
biri hisoblangan yer kadastridan olinadi.
Ma’lumki, keyingi
davrlarda tabiiy yoki
moddiy resurslardan oqilona hamda samarali
foydalanishni tashkil etish va ularni nazorat qilish
xalq xo‘jaligining istiqbolda yanada rivojlanishi
uchun ilmiy asoslangan rejalar tuzishda, hisob-
kitob ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda muhim
ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonlariga
rahbarlik qilish, shuningdek, ularni nazorat qilish
maqsadida ushbu jarayonlarni
miqdor va sifat
jihatidan tavsiflash xalq xo‘jaligi hisobi asosida
amalga oshiriladi [9]. Mamlakatimizda ham
boshqa rivojlangan davlatlar singari iqtisodiyot
tarmoqlari hisobining yagona tizimi mavjud
bo‘lib, u respublikamizning hozirgi bozor
iqtisodiyoti sharoitida ma’lum yo‘nalishda
rivojlanishini ta’minlashda o‘ziga xos o‘ringa
ega.
Xalq xo‘jaligi hisobining ob’ekti - bu
alohida tarmoqlar va korxonalar hisob-kitob
ishlarini o‘tkazish
asosidagi yagona xalq
xo‘jaligi hisoblanadi. Alohida olingan korxona,
muassasa va tashkilotlardagi hisob-kitoblar xalq
xo‘jaligi hisobi yagona tizimining ajralmas qismi
bo‘lib hisoblanadi hamda unga tezkor-texnik,
buxgalteriya va statistik hisoblar kiradi [9]. Xalq
xo‘jaligi hisobining yagona tizimida yer kadastri
ham muhim o‘rin egallaydi. Xalq xo‘jaligi
hisobining yagona tizimini tashkil qilish asosan
yuqori davlat boshqaruvi organlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Tezkor-texnik hisob alohida xo‘jalik
yumushlarini bajarish jarayonida ularga joriy
rahbarlik va nazoratni amalga oshirish vositasidir.
Unda bajarilgan ishlarning turi va hajmlari
to‘g‘risida,
xom-ashyolardan foydalanganlik,
inshootlar quvvati, mehnat harajatlari qilingan
ishlarning, muddatlari va sifati, olingan materiallar
va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlar shakllanadi.
Masalan, qishloq xo‘jalik korxonalarida tezkor-
texnik hisob, tuproqqa ishlov berish, ekinlarni
ekish, ularni parvarish qilish, shuningdek, yangi
yerlarni o‘zlashtirish, meliorativ va kimyoviy
ishlov berish yo‘li bilan yer turlari yoki qishloq
xo‘jalik yerlarini yaxshilash, tuproq eroziyasiga
qarshi kurash kabi tadbirlar bilan bog‘liq bo‘lgan
ishlarni o‘z vaqtida
va sifatli bajarilishini
to‘la nazoratini ta’minlaydi. Tezkor-texnik
hisob-kitoblarda asosan natural birliklardan
foydalaniladi, shuningdek, ular statistik usullar
yordamida jamlanadi.
Buxgalteriya hisobi - bu ma’lum bir
vaqt ichida xalq xo‘jaligi rejalarini bajarilishini
alohida yo‘nalishlarda har bir korxona faoliyatini
kuzatish va nazorat qilish usulidir. Barcha ishlab
chiqarish
vositalari, yalpi va tovar mahsulotlar,
xom-ashyo va materiallar buxgalteriya hisobi
ostida bo‘ladi. Buxgalteriya hisobida natural
hisoblar o‘lchovlar yordamida mehnatga haq
to‘lash miqdorlari,
ularning unumdorligi,
mahsulotlarning tannarxlari va boshqa iqtisodiy
ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Buxgalteriya hisobi
aniq bir korxona faoliyatini tizimli tarzda nazorat
qilish va ushbu korxonaga rahbarlik qilishning
muhim vositasi hisoblanadi.
Statistik hisob-kitob yordamida turli-
tuman ijtimoiy voqeylikni o‘rganish va nazorat
qilish amalga oshiriladi. Ijtimoiy turmushning
Do'stlaringiz bilan baham: