O‘zbekiston zamini /2019 Tahrir hayʼati



Download 16,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/165
Sana21.04.2022
Hajmi16,18 Mb.
#570093
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   165
Bog'liq
QkpYhJ08PPUGEBGSyzeejz5Djsujhi4K0atZIk0i

Land of Uzbekistan
Земля Узбекистана
4/2021


O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
105
suv o‘tkazuvchanlik holati va boshqalar kiradi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni faqat yirik 
masshtabdagi tuproq xaritalardan olish mumkin 
bo‘lgan.
O‘zbekiston 
Respublikasining 
mustaqillikka erishishi, iqtisodiyotda bozor 
munosabatlarining shakllana borishi, birinchi 
galda, yer munosabatlarini tubdan qayta qurishni 
taqozo qildi. Bu esa, o‘z navbatida, davlat yer 
kadastrini yuritishni ham qaytadan shakllantirish 
zaruriyatini tug‘dirdi. Bularning barchasi 
1998 yilga kelib O‘zbekiston Respublikasining 
yangi Yer kodeksini, “Davlat yer kadastri 
to‘g‘risida”gi qonunini va yerdan foydalanish, 
davlat yer kadastrini yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan 
qator me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishiga 
asos bo‘ldi.
Ma’lumki, respublikamizning tuman 
(shahar) lari o‘zlarining joylashuvi bo‘yicha turli 
mintaqalarga, iqlim, relef va tuproq sharoitlariga 
egadir. Bunday hollarda qishloq xo‘jaligini 
yanada rivojlantirish ushbu tuman (shahar)lar 
bo‘yicha qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini to‘g‘ri, 
ilmiy asoslangan holda belgilash, asosiy ekinlarni 
joylashtirishni to‘g‘ri rejalashtirish orqali, 
shuningdek, yer kadastri ma’lumotlari asosida, 
jumladan, yerlarning miqdoriy hisobini yuritishni 
ta’minlagan holda olib boriladi.
Yerlarning miqdoriy jihatdan aniq 
hisobini yuritish bo‘yicha amaldagi tizimni 
qayta ko‘rib chiqish, yerlarning hisobini to‘liq va 
to‘g‘ri yuritishni tashkil etish maqsadida ularning 
maqbul uslublarini ishlab chiqish, avvalambor
yer fondi toifalarini belgilovchi tasniflardan 
kelib chiqqan holda yer turlarini belgilash orqali, 
shuningdek, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar, 
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik 
qiluvchilar, mulkdorlar bo‘yicha yerlarning 
hisobini yuritish uslubiyatini takomillashtirish 
talab etilmoqda. Shu bilan birga, yerlarning to‘liq 
va to‘g‘ri hisobini yuritilishi ulardan belgilangan 
maqsadiga ko‘ra oqilona va samarali foydalanish 
hamda ularni muhofaza qilishda, qishloq xo‘jaligi 
ekinlarini oqilona joylashtirishda va almashlab 
ekishda, yerlarni monitoring qilishda va normativ 
qiymatini aniqlashda, yer uchastkalarini tanlash 
va ajratishda, davlat yer kadastrini va boshqa 
davlat kadastrlarini yuritishda, shuningdek, soliq 
bazasini kengaytirish orqali byudjet daromadiga 
qo‘shimcha zaxiralar shakllantirishda katta 
ahamiyat kasb etadi.
Yer maydonlarining miqdoriy hisobi 
- yer maydonlarining miqdori bo‘yicha to‘liq 
ma’lumotlarni olish, to‘plash, qayta ishlash, 
ma’lum bir tizimga va tartibga keltirish, 
yangilash hamda saqlash bo‘yicha majmuali 
tadbir hisoblanadi. Yer fondining barcha toifalari 
butunligiga hamda har bir toifasi alohida 
hisobga olinadi. Yerlarni miqdor jihatidan 
hisob-kitob qilish ularni ma’lum ma’muriy-
hududiy birliklarga, yer fondi toifalariga, 
yerdan foydalanuvchilarga (barcha huquqlar 
bo‘yicha) va yer turlariga taqsimlanishi haqidagi 
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Yerlarning miqdoriy hisobining ob’ekti 
yagona davlat yer fondi bo‘lganligi sababli 
ushbu hisobning asosiy negizlardan biri amaldagi 
mavjud barcha yerlarni to‘liq hisobga olishdan 
iboratdir. Yer hisobining asoslaridan biri 
shundaki, u ko‘rgazmali va aniq bo‘lishi kerak. 
Ya’ni berilgan ma’lumot kartografik hujjatlarda 
aks ettirilishi, bu hujjatlar esa yuqori sifatli 
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir [10].
Yer 
hisobi 
ishlarning 
natijalari 
iqtisodiyotning turli sohalarida yerga oid rejalarni 
tuzishda, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishini va unga zarur bo‘lgan er maydonlari 
ehtiyojini aniqlashda katta ahamiyatga egadir.

Download 16,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish