O‘zbekiston zamini /2019 Tahrir hayʼati



Download 16,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/165
Sana21.04.2022
Hajmi16,18 Mb.
#570093
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   165
Bog'liq
QkpYhJ08PPUGEBGSyzeejz5Djsujhi4K0atZIk0i

Land of Uzbekistan
Земля Узбекистана
4/2021


O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
102
ham u barpo qilgan davlatning mavjud yerlarini 
miqdor jihatdan hisobini yuritish, shuningdek, 
yerlarning sifatini hisobga olgan holda ulardan 
soliq undirish zarurligi har tomonlama aniq, 
ishonarli va ta’sirchan tarzda manbalarda 
yoritib berilgan [11]. Xususan, “Temur 
tuzuklari” asarining “Raiyatdan mol-xiroj olish, 
mamlakatni tartibga keltirish va yuksaltirish, 
uning obodonchiligi, xavfsizligini amalga 
oshirish tuzuki”da “agar yerlik fuqaro azaldan 
berib kelgan xiroj miqdoriga rozi bo‘lsa, ularning 
roziligi bilan ish ko‘rsinlar, aks holda (xirojni) 
tuzukka muvofiq yig‘sinlar. Yana amr qildimki, 
xirojni ekindan olingan hosilga va yerning 
unumdorligiga qarab yig‘sinlar. Chunonchi, 
uzluksiz ravishda koriz, buloq, daryo suvi bilan 
sug‘oriladigan ekin yerlarini hisobga olsinlar va 
unday yerlardan olingan hosilning (uchdan) ikki 
hissasini raiyatga, (uchdan) bir hissasini saltanat 
xazinasi uchun olsinlar.
Agar raiyat ro‘yxatga olingan yerlardan 
beriladigan soliqni naqd aqcha bilan to‘lashga rozi 
bo‘lsa, naqd aqcha mikdorini sarkorning hissasi 
hisoblangan g‘allaning mazkur davrdagi narxiga 
muvofiq belgilasinlar. Narx-navoga muvofiq 
olingan naqd aqchani sipohga etkazsinlar. 
Bordiyu raiyat hosilni uchga ayirishga rozi 
bo‘lmasa, u choqda hisobga olingan ekin yerlarni 
birinchi, ikkinchi va uchinchi jarib ekin yer qilib 
ajratsinlar. Birinchi jaribdan (olingan hosilning) 
uch xarvori, ikkinchi jaribdan–ikki xarvor, 
uchinchi jaribdan bir xarvorini yig‘ib olsinlar. 
Buning yarmini bug‘doy, yarmini arpa hisoblab, 
hosilning yarmini olsinlar. Agar raiyat bu yo‘sinda 
soliq to‘lashga rozi bo‘lmasa, u holda bir xarvor 
bug‘doyiga besh misqol kumush, bir xarvor 
arpasiga ikki yarim misqol kumush miqdorida 
narxlasinlar. Yana qal’a foydasiga beriladigan 
tortiqni ham bunga qo‘shib qo‘ysinlar. Shulardan 
boshqa, qo‘shimcha tarzda, ulardan hech qanday 
oliq-soliq talab qilmasinlar. Bulardan tashqari 
kuzgi, bahorgi va yozgi dehqonchilikdan olingan 
hosil raiyatning o‘ziga bo‘lsin. Lalmikor yerlarni 
esa jariblarga bo‘lsinlar, hisobga olingan bu 
yerlardan (soliq olishda) uchdan bir va to‘rtdan 
bir qoidasiga amal qilsinlar.”
Ma’lumotlarga ko‘ra “jarib” deganda 
yer sathi o‘lchovi tushuniladi. Bunda, bir jarib 
3600 kv. gazga, ya’ni taxminan bir tanob (958 kv. 
m)ga teng bo‘lgan maydon qabul qilingan [11].
Barcha joylarda yer kenglik asosi sifatida 
hisob-kitob qilib kelingan va bugungi kunda ham 
bu tartib davom etmoqda. Shu sababli ham u 
eng avvalo, o‘zining o‘lchamlari va kenglikdagi 
joylashuvi bilan xarakterlanadi. Yerlarning 
miqdorini aniqlashda albatta ularni o‘lchash orqali 
ularning hisobini chiqarish muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Qadimgi o‘lchov birliklari poydevoriga 
ajdodlarimiz qadimdan tamal toshi qo‘yib 
kelishgan. Dastlab ular, kundalik ishlarida zarur 
bo‘lgan vaqt, uzunlik, yuza, hajm va og‘irliklarni 
o‘lchash uchun kerak bo‘lgan usullarni topib
ulardan amalda foydalanishgan. Eng qadimgi 
o‘lchov birliklari antropometrik, ya’ni insonning 
muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka 
asoslangan holda kelib chiqqan o‘lchash birliklari 
hisoblanadi. Ma’lumki, Sharq manbalarida 
o‘lchov birliklari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra 
ekin maydonlarini o‘lchashda qo‘llaniladigan 
yuza o‘lchov birligi qilib “tanob” belgilangan. 
“Tanob” so‘zi bir nechta ma’noni anglatadi. 
Shulardan biri “tanob”- O‘rta Osiyo xonliklarida 
- tomonlari 60 gazdan iborat bo‘lgan maydonga 
teng yuza (yer) o‘lchov birligi. 1 T. 60x60 kv. 
gaz =3600 kv. gaz =0,08194 ga=900 kv. m 
(1 ga=12 tanob) [13].
Shuningdek, o‘lchovlar va o‘lchov 
birliklari to‘g‘risidagi bir qator ma’lumotlar 
buyuk Xorazmlik olim Abu Abdullox Muhammad 
ibn Muso al-Xorazmiy qo‘lyozmasi bo‘lmish 
“Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqacha 
kitob” asarining “O‘lchashlar haqida bob” deb 
ataladigan va geometriya (xandasa)ga doir 
qismida keltirilgan. Olim bunda yer o‘lchash 
ishlariga alohida e’tibor qaratib, uzunlik, yuza 
va hajmlarni hisoblash va o‘lchash usullari 
bilan topishga, ularni amalda qo‘llashning yo‘l-
yo‘riqlari hamda qoidalarini ishlab chiqishga 
katta ahamiyat bergan. Bu bob hajm jihatdan 
kichik bo‘lsa ham, o‘sha davr amaliyoti uchun 
zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. 
[13].
Bugungi 
kunda 
Respublikamizda 
yerlarning miqdorini aniqlashda “gektar” o‘lchov 
birligi qabul qilingan bo‘lib, bu ko‘rsatgich 

Download 16,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish