86
4.2. Teplovozlar ishi uchun yoqilg’i sarfining hisobi
Yoqilg’idan foydalanishni
yaxshi uyushtirmay, mazkur texnik
taraqqiyot, tashish texnologik jarayonini tashkil etilishining mavjud
darajasi va tashish ishining berilgan hajmiga mos keladigan yoqilg’i
ehtiyojini to’g’ri
belgilab olmay turib, temir yo’l transportining istalgan
tarmog’i xo’jaligini oqilona boshqarish haqida so’z yuritish mumkin emas.
Bunday fikr yuritish uchun harakatdagi tarkibning texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlari va undan foydalanishga oid ko’rsatkichlar, yo’l
xususiyatlari va yoqilg’idan foydalanishning
samaradorligini aks
ettiradigan qator boshqa omillar yoqilg’i sarfining
ilmiy asoslangan
me’yorlari bo’lib keladi.
Harakatdagi tarkib ishining asosiy shart-sharoitlari hamda tashish
jarayonining uyushtirish darajasini aks ettiradigan ilmiy asoslangan
me’yorlar butun «O’zTY» DATK tarmoqlari ko’lamida, shu bilan birga
xo’jalik bo’linmasi ko’lamida ham yoqilg’i resurslari sarfini
rejalashtirishda zarur vosita hisoblanadi.
Boshqa tomondan, yoqilg’i
sarfining to’g’ri belgilangan me’yori, ular tejalganligini rag’batlantirish
choralarini (mukofot puli to’lash ko’rinishida) qo’llash bilan birga,
yoqilg’i-energetika resurslaridan foydalanishni yaxshilash,
ularni yanada
tejab ishlatishning texnik asoslangan zaxiralarini ochishga qaratadigan
omil hisoblanadi. Barcha tortuv turlari uchun yillik yoqilg’i harajatlari
yuzlab milliard so’mni tashkil etadi. Shu
sababli poyezdlar tortuvi
maqsadidagi yoqilg’i resurslarini xarid qilish uchun yirik pul mablag’larini
maqsadga muvofiq tarzda sarflashga erishishda yoqilg’i sarfining to’g’ri
o’rnatilgan me’yorlari jiddiy ahamiyatga ega.
Yoqilg’i sarfining me’yori deb transport mahsuloti birligiga bo’lgan
sarfning rejadagi ko’rsatkichiga aytiladi.
Temir yo’l transportidagi mahsulot birligi tashish ishi bo’lib, u
lokomotivning 10 ming tonna-kilometr brutto (kg/10
4
t·km brutto) tashish
ishida yoki lokomotivlarning 100 lokomotiv-kilometrlarda beriladigan
yurishida ifodalanadi.
Bu me’yorlar rejali (guruhli) va texnik (individual) me’yorlarga
bo’linadi.
Rejali (guruhli) me’yorlar umuman yo’l lokomotivlaridan foydalanish
Boshqarmasi bo’yicha energiya resurslariga bo’lgan
ehtiyojni aniqlash
maqsadida belgilanadi.
Rejadagi
me’yorlar tashish ishi birligiga shartli yoqilg’i
kilogrammlarida (sh.yo. kg) belgilanadi.
87
Texnik (individual) me’yorlar lokomotivlarning har bir turkumi uchun
aylanish uchastkasi, ish turi, tarkib og’irligi,
vagonlar tipi, ob-havo shart-
sharoitlari kabi xususiyatlardan kelib chiqib belgilanadi.
Texnik me’yorlar har oyda teplovozlar uchun natural yoqilg’i
kilogrammlarida quyidagi ish turlari uchun o’rnatiladi:
a) 10
4
t·km brutto uchun poyezd boshida, ikki karra (juft) tortishda yoki
itarib harakatlanishda. Ish tarkibining brutto massasi(og’irligi)ga ko’ra,
lokomotiv massasini hisobga olmagan holda hisoblanadi. Motor-vagon
tarkibi va dizelli poyezdlar ishi ularning pasport bo’yicha massasidan kelib
chiqib aniqlanadi;
b) bir o’zi harakatlanayotgan lokomotivlar yoki turtkich (tolkach)-
lokomotivlar qaytayotganida 100 l km uchun;
v) saralash stansiyalarining parklari va tepalik yo’llarida,
oraliq
stansiyalari va deponing kirib kelish yo’llarida amalga oshiriladigan 1
soatlik manyovr ishlari uchun;
g) depo yoki stansiya yo’llarida ish kutib turish paytida 1 soat to’xtab
turish uchun.
Harakat grafigida ko’zda tutilgan oraliq stansiyalarda lokomotivning
to’xtab turishida sarflanadigan yoqilg’i sarfi poyezd me’yoriga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: