2.5. Elektr zanjirlarning nosozligi
Mashinist elektr apparatlarining holatini, ishlashini kuzatishga va
nazorat qilishga qodir emas. Ayrim elektr jihozlari, uzellarining nosozligi
haqida mashinist signal lampalari, o’lchash asboblari, shuningdek, poyezd
harakatini, yoritish, isitish va shamollatish asboblarini kuzatib borish
natijasida biladi. Biror bir nosozlik haqida signal olgan mashinist eng
avvalo qaysi vagonda qaysi jihoz shikastlanganligini aniqlashi, mazkur
nosozlik harakat xavfsizligiga xavf tug’dirmasligini va poyezd eng yaqin
42
stansiyagacha to’siqlarsiz yetib borishi yoki bormasligini aniqlaydi. Bunda
shuni nazarda tutish kerakki, poyezdning uzoq vaqt peregonda
turib qolishi
harakatlanish grafigi buzishini bilgan holda peregonni tezroq bo’shatish
uchun chaqqon harakat qiladi. Nosozlikni izlab topishda bosh vagon
pultidagi signal lampalari hamda poyezdning motor va tirka vagonlaridagi
signal lampalari katta yordam beradi. Bu usulga elektr jihozlarining
shikastlanishini izlab topishda e’tibor beriladi. Ko’p hollarda nosozlik
sababini yo’lda aniqlab bo’lmaydi. Shu sababli bunday hollarda nosoz
jihozning buzilish sababini depoda yoki aylanma punktda aniqlash uchun
shu jihozni tarmoqdan uzib qo’yish kerak.
Nosozlik sababini aniqlash uchun mashinist boshqaruv kabinasidan
chiqar ekan tok qabul qilgichni tushiradi, tarkibni tormozlaydi, qiyaliklarda
to’xtaganda esa qo’l tormozini ham qo’llaydi va g’ildiraklar ostiga
boshmoqlar qo’yadi. Kabina eshigi qulflanadi.
So’ngra ahvolni tahlil qilib mashinist tezda nosozlikni aniqlaydi.
Texnik adabiyotlardagi va ilg’or mashinistlar tajribasining bayonidan
umumiy tamoyillar, usullar va nosozliklarni izlab topib, bartaraf qilishda
foydalaniladi.
Elektr
harakatidagi
tarkibning
mukammallashib
borgani
sari
mashinistni bezovta qiladigan uzellar soni tobora kamayib bormoqda. Agar
bunga ta’mirlash va lokomotiv brigadalarining yo’ldagi a’lo darajadagi
xizmatlarini qo’shadigan bo’lsak, u holda buyuk maqsadga erishiladi, ya’ni
avariya to’liq bartaraf qilingan bo’ladi. Bunday yo’llardan biri mashinist
bilimini elektr poyezd jihozlarining tuzilishi va ishlashi bo’yicha
chuqurlashtirish va kengaytirishdir.
Elektr poyezddagi elektr jihozlarining nosozliklarini bartaraf qilish
uchun asboblar to’plamli ko’chma yashik (готовальный) mavjud bo’lib,
unda izolyatsiya qilingan dastakli ombir, katta va kichik buragichlar
(отвѐрка) gayka kalitlari to’plami, egovlar bo’ladi. 50 va 110 V boshqaruv
zanjirlariga mos ravishda tovushli lampalar ham zarur. Lampaning patroni
plastmassali, simining uzunligi 2 m bo’lib, paypaslagich (shup) va
izolyatsiyalangan dasta bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Vaqtinchalik ulagichlar (перемичка) qo’yish uchun klemali reykalar
va apparatlarning qisqichlari va asboblar simining oxirida (uchida)
"Timsox" ("Крокадил") turidagi 2,2x2 mm kesimli qisqich simlardan
foydalanish qulay. Bunday simlardan poyezdda kamida ikkita bo’lishi
kerak. Bundan tashqari elektr poyezdda shisha va qumqog’oz bo’lishi
kerak.
43
Zaxira saqlagichlarni har bir elektr jihozlari shkafida saqlanadi.
Nosozliklarni topish va bartaraf qilishda texnika xavfsizligiga qat’iy amal
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |