343
Parpi qo'rboshining 3,6 ming, Jonibekning 5,7 ming, Muhiddinbekning
4,5 ming
jangovar yigitlari ozodlik kurashiga otlangandilar. Bu raqamlar
sovet hokimiyatiga qarshi kurashning ommaviy tus olib borayotganidan
dalolat beradi. Mazkur harakatlarni birlashtirish, muvofiqlashtirish zarur
edi. Shu bois qo'rboshilarning birnecha borqurultoylari chaqirilib, ularda
muhim hayotiy masalalar hal etilgani bejizmas. Dastlabki shunday qurul-
toy 1918-yil martida Qo'qon uyezdining Bachqir qishlog'ida o'tkazildi.
Unda Katta Ergash butun Farg'ona vodiysidagi harakatning rahbari etib
saylandi. Unga musulmon qo'shinlarining bosh qo'mondoni - «amir
al-muslimin» unvoni beriladi. Madaminbek va Shermuhammadbek esa
uning o'rinbosarlari etib saylanadiiar. Biroq bu harakat ko'lamining o'sib,
kengayib borishi, uning saflariga yangi ijtimoiy qatlamlar, tabaqalar vakil-
iarining qo'shilishi, tabiiyki, uikan mas’ui vazifalarni, yangi muammolarni
keltirib chiqara bordi. Ularni hal etish esa kurash rahnamolaridan katta
matonat, kuchfi iroda, yuksak harbiy mahorat, tashkiiotchilik qobiiiyati va
uzoqni ko'ra bilish salohiyatini taqozo etardi.
Farg'ona qo'rboshilari ichida Madaminbek Ahmadbek o‘g‘ligina
mana shunday noyob fazilatiar sohibi ekani bilan ajralib turardi. Navqiron
yoshda bo'lishiga qaramay, katta hayot va kurash tajribasi, yurt kezgan,
yuksak harbiy sarkardalik iste’dodiga ega Madaminbek (1892 - 1920)
tez orada vodiy kurashchilari sardoriga aylanadi. Sovetlarning rasmiy
hujjatlaridan birida: «O'z oldiga sovet hokimiyatini ag'darish va Farg'ona
Muxtoriyatini tiklash vazifasini qo'ygan Madaminbek tadbirkorsiyosatchi
va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi. U bizning rahbarlik faoli-
yatimizda yo'l qo'ygan xato va kamchilikiarimizdan ustalik bilan foydala-
nardi. Uning o'z «boshqaruv apparati, o'zining «tribunali», o'zining «gen-
shtabi» bo'lgan. U qonunlarchiqargan»,-deb e'tirofetadi Madaminbekka
qarshi kurashgan Gramatovich. Buni boshqa qizil qo'shin boshliqlari
ham tan olganlar. 1919-yil o'rtalariga kelib uning yigitlari soni 25 ming
nafardan oshardi. Skobelev, Marg'ilon, Andijon, Namangan, 0 ‘sh kabi
hududlarda harakat qilayotgan taniqli qo'rboshilar, ularning jangchilari
Madaminbekning yashil bayrog'i ostiga birlashayotgandi. Madaminbekning
xalq lashkarlari, ayniqsa, 1919-yil 1-yarmida sovet qo'shinlariga qarshi
bir qator sezilarli zarbalar berdilar. Chunonchi, yanvarda Marg'ilon,
fevralda Skobelev va Chust shaharlarining Madaminbek tomonidan
egallanishi, ularda mahalliy xalq manfaatiga javob beradigan bir qator
muhim amaliy tadbirlarning o'tkazilishi uning obro'sini yanada ko'tarib
yubordi. 1919-yil aprel oyida Madaminbek yigitlari Namangan va
Qo‘qon shahri atroflaridagi janglarda g'olib keldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: