339
azobidan qiynalayotgan aholinimas, balki «sotsialistik inqilob» va yangi
tuzumni frontlarda himoya qilayotgan qizil askarlarni,
sovet hokimiya-
tining asosiy ijtimoiy tayanchi bo'lib qolgan ishchilar sinfini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlashni maqsad qilib qo'ygandi.
1920-yil oxirlariga kelib Turkistonda 1075 ta sanoat korxonasi
(ularning ko'plari mayda korxonalar edi) zo'rlik yo'li bilan milliylashtiril-
di. Natijada davlat korxonalari barcha ishchilaming 90
foizini va olka
sanoatida band bo'lgan mexanik dvigatellaming 80 foizini qamrab oldi.
Yalpi sanoat mahsulotining deyarli 3/4 qismi davlat sektori ulushiga
to'g'ri kelardi. O'lka ishlab chiqarishining o'ziga xos muhim an’anaviy
tarmog'i bolgan hunarma.ndchilik va lining turlari ham ma’muriy usullar
bilan birlashtirilib, hunarmandchilik artellariga aylantirildi. 1920-yil oxir
lariga kelganda Turkistonda 800 ga yaqin shunday hunarmandchilik
artellari faoliyat yuritdi. Ular, asosan, turli davlat va harbiy tashkilotlarning
buyurtmalarini bajarardi.
Umumiy mehnat majburiyatining joriy etilishi ham o'lka
xalqlari uchun
kutilmagan favqulodda hodisa bo'ldi. Shu asosda 16 yoshdan 55 yosh-
gacha bo'lgan erkak va ayollarning majburiy mehnat jarayoniga jalb
qilinishi shu davrga qadar ijtimoiy soha yuzini ko'rmagan mahalliy millat
xotin-qizlari uch un ham to'la taall uqli edi. Shu boisdan mazkur tadbir keng
aholi ijtimoiy qatlamlarining keskin noroziligi va nafrati kuchayishiga sabab
bo'ldi. Mahalliy taniqli rahbarlardan Nazir To‘raqulov o'zining 1921-yili
so'zlagan ma’ruzalaridan birida bu siyosatning
asl mohiyatini shunday
ta’riflab bergandi:
«Mehnat safarbarliginishunday o‘tkazishdiki, mehnatga
yaroqli shahar aholislning yarmi... qishloqlarga qochib ketdi... Ahvol shu
darajaga yetdiki, mehnat safarbarligi uchun zarur miqdorda odamto ‘plash
uchun masjidlarda va boshqa jo y larda odamlar qurshab, tutib olindi».
Bolsheviklarning o'lkada yuritgan «harbiy kommunizm» siyosati,
ayniqsa, mahalliy aholining tinkasini quritdi,
ochlik va qahatchilikning
kuchayishiga olib keldi. 1918-yil oxiriga kelib 1 mln dan ziyod aholi
ocharchillk balosiga duchor bo'ldi. 1919-yil boshlaridan joriy etila
boshlagan oziq-ovqat razvyorstkasi va u bilan bog'liq tadbirlar majmuasi
Turkiston aholisini, ayniqsa, uning qishloq
mehnatkashlarini benihoya
og'ir ahvolga solib qo'ydi. Negaki razvyorstka sovet hokimiyati organ-
lariga aholi qo‘l idagi jami ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlarini zo'rlik bilan
tortib olish, g'alla bilan oldi-sotdi qilishni taqiqlash, bozor savdosini yopib
qo'yishga qadar keskin choralar ko'rishga imkon berardi. TurorRisqulov,
Nizomiddin X o ‘jayev, Munavvar Qori singari mahalliy rahbarlarning
o'sha kezlarda
bu siyosatni keskin qoralab, xalq manfaatlarini himoya
340
qilib chiqqani sababi ham shundandir. Jumladan, N.Xo‘jayev 1920-yil
oxirida TurkMIQ majlisida qilgan ma'ruzasida yozadi:
Do'stlaringiz bilan baham: