347
ham ega ernasdi. Ular chetdan keladigan harbiy madad va yordamga
ham umid qilolmasdilar. 0 ‘lka zo'ravoni bo'lib olgan sovetlar esa o'z
qo'shinini zamonaviy qurol-yarog'lar va harbiy kuch bilan ta’minlay ol-
gandi. Masalan, 1919-yil avgust oyi oxirlarida uning tasarrufida 115
376 nafar jangchi, shuningdek, 11 112 ta pulemyot, yuzlab to‘plar,
bronepoyezd lar, o ‘nlab samolyotlar va
boshqa zamonaviy qurollar
mavjud edi. Sovetlar tashkil qilgan Turkiston fronti o'zlariga qarshi tu-
zilgan kuchlarni qonga belashda mana shu qirg'in qurollarini to‘liq ishga
solgandi. Ayyorlikda pixini yorgan sovet mutasaddilari va ularning ko'p
sonli gumashtalari har bir vaziyatdan ustomonlik bilan foydalandilar.
Kerak bo'lsa, yo'l qo'ygan qo‘pol xatolarini tuzatib, yon berib, mahalliy
aholi noroziligïni yumshatib, ularni o'z: tomoniga ag'darib olishga urindilar.
Jumladan, 20-yillar boshlarida vodiy aholisi o'rtasida bir qator amaliy
tadbirlar o'tkazib (chunonchi, dehqonlarga yer berish,
ularni afv etish,
soliqlar miqdorini bir qadar kamaytirish, Madaminbek singari taniqli
qo'rboshilar bilan muzokaralar olib borish, ular bilan kelishish, o'zaro
yon berish va hokazo), bu hududdagi ahvolni asta-sekin o'z foydalariga
o'zgartirib bordilar. Sovet mafkurasining butun o'tkir tig'i, ta’sir vositalari
mana shumaqsadgayo'naltirilgandi. Bu esa qarshilik ko'rsatish haraka-
tining istiqboliga salbiy ta’sir o'tkazmasdan qolmadi.
27.5. XORAZM VA BUXORODA D EMOKRATIK HARAKATLARNING
O'SIB BORISHI. XONLIK VA AMIRLIKNING QULASHI
Xiva xonliaida ütimoiv-sivosiv vazivat. Yosh xivaliklarfaolivati.
1917-yil-
gi inqilobiy o'zgarishlardan keyin Xivada ilg'or demokratik harakatlar avj
oldi. Endilikda Xiva xoniigi fevral o'zgarishidan foydalanib o'zini Rossiya
ta'siridan xalos etib, mustaqillik maqomini qo'lga kiritishga intildi. Ayni
chog'da, xon likning jafokash xalqlari hukmron sinflar, tabaqalar zulmidan
qutulib, keng demokratik erkinliklar va huquqlarga ega bo'lishga umid
bog'ladilar.
Xiva xoniigi hududida demokratik yo'nalishdagi harakat o'sib bordi.
Ularning sa’y-harakatlariga Yosh xivaliklar tashkiloti rahnamolari yetak-
chilik qildi. 1 917-yil boshlarida Rossiyada bo'lgan o'zgarishlar ta'sirida
yosh xivaliklarningfaoliyatiyanada kuchaydi. Ular o'z dasturiy vazifalarini
belgilab, xon likdagi siyosiy vaziyatni o'zgartirish va qator muhim demokra
tik islohotlarni amalgaoshirishga urindilar. Shu maqsadda yosh xivaliklar
rahbarlari xonlikning o'ziga xos m axsus xususiyatlaridan
kelib chiqib
tinchlik yo'li bilan asta-sekin mutlaq monarxiya tuzumidan konstitutsion
348
monarxiya boshqaruviga o'tishga qaratilgan manifest ishlab chiqdilar.
Manifestda xonning vakolatlari doirasini cheklash, uning xalqqa nohaq
zulm o'tkazgan, haddidan oshgan amaldorlarini jazolash, vazifalaridan
mahrum etish, ijtimoiy hayotning muhim sohalari - iqtisodiyot, ta'lim
va madaniyat jabhalarini isloh qiiish talablari aks ettirilgandi.
Xivadagi
ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskin tus olayotgani, keng aholi qatlamlari faol
harakatga kelayotganini, ommaviy ko'cha namoyishlari to'xtamayot-
ganini ko'rgan Xiva xoni Asfandiyorxon murosa-yu madoraga borib
o'z arkoni davlati ishtirokida 1917-yil 5-aprelda manifestni imzolashga
majbur bo'ladi.
Manifest tal ablariga ko'ra, xonlikda konstitutsion
monarxiya tuzumi
0
‘rnatildi. Ayni paytda, tarkibi 30 - 50 kishidan iborat ruhoniylar va
savdo-sanoat ahli vakillaridan saylangan Majlis va Nozirlar Kengashi
tuziladi. Ular xalq vakilligi boshqaruvi organlari sifatida xon hokimiyati
vakolatlarini m a ’lum darajada chekladi.
Yosh xivalikl artashkilotining taniqli rahnamolaridan Bobooxun Sali-
mov Majlis raisligiga, Husaynbek Matmurodov esa Nozirlar Kengashi
raisligiga saylandi. Xon xazinasi va uni tasarruf qiiish ustidan nazorat
o'matildi. Xon temiryo'liarqurish, pochta-telegraf aloqalari o‘rnatish, yan-
gijadid maktablariochish to'g'risida va’dalar berdi. Yosh xivaliklarning bu
g'alabasi mamlakatdagi barcha demokratik kuchlarga, erk va ozodlikka
tashna xalq ommasiga quvonch bag'ishladi.
Biroq yuqoridan amalga
oshirilgan mazkuro'zgarishlarning vaqtlnchalik xarakteri tez orada ma’lum
bo'ldi. Xon va uning atrofidagi mutaassib kuchlar qo'ldan ketgan nufuz
va imtiyozlarini qaytarib olish niyatidan vozkechmagandilar. Ularfursat
kutib demokratiya tarafdorlardan qonli o'ch olish, mustabid tuzumni to'la
qaytatiklash payida bo'ldilar. Darhaqiqat, 1917-yil iyuniga kelib Asfandi
yorxon o'zini o'nglab olgach Rossiya muvaqqat hukumatining Xivadagi
vakili general Mirbadalovyordamlgatayanib Matmurodov boshchiligidagi
yosh xivaliklar rahbarguruhlni qamoqqa oladi. Yosh xivaliklar partiyasi
va uning faoliyati qonundan tashqari deb e'lon qilindi. Ularning ko'plari
qo'lga olinib qamaldi, qattlq jazolandl. Qolganlari esa xonlik hududini tark
etishga majbur bo'ldi. lyul oyida Xivada Rossiya Muvaqqat hukumatining
komissari lavozimi ta’sis etildi va xonlikka qo'shimcha harbiy qismlar,
kazak qo'shinlari yuborildi.
Do'stlaringiz bilan baham: