Bundan tashqari, bolsheviklar faqat milliy siyosiy kuchlar va ijtimoiy
harakatlarnigina emas, balki o‘zlaridan boshqa barcha, jumladan rusiyzabon
siyosiy kuchlarning ham hokimiyatda qatnashuviga qarshi bo‘lganlar. Bu
fikrni bolsheviklar rahbari V. I. Leninning o‘zi ham ochiq-oydin ta’kidlagan.
Lenin bolsheviklar partiyasining barcha a’zolariga va Rossiyaning barcha
mehnatkashlariga yuborgan murojaatnomasida shunday degan: «Rossiyada
Sovet hukumatidan boshqa hukumat bo‘lmasligi lozim... Ikkinchi
Butunrossiya Sovetlarining syezdida bolsheviklar partiyasi ko‘pchilikni
tashkil etdi. Shuning uchun, faqat mana shu partiya tomonidan tuzilgan
hukumatgina Sovet hukumatidir»
1
. Yoki boshqa kuchlar o‘z zimmalariga
sotsializmni qat’iylik va izchillik bilan amalga oshirish majburiyatini olib,
bolsheviklarga bo‘ysunishlari kerak.
Shunday ekan, nima uchun Turkiston Xalq Komissarlari Sovetiga eserlar
va maksimalistlar kiritildi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Chunki o‘sha
bolsheviklarning mavqei nafaqat jamiyatda, balki sovetlarda ham mustahkam
emas edi. Sharoit bilan hisoblashmaslik ularni mag‘lubiyatga uchratishi
mumkin edi. Ko‘p vaqt o‘tmay 1918 yilda Sovetlarning VI syezdida
saylangan Xalq Komissarlari Sovetiga boshqa partiyalardan bironta ham
vakil kiritilmadi. Ular Sovetlarga qarshi harakatlarda ayblanib, hokimiyatni
boshqarish huquqidan mahrum etildilar.
Mazkur sharoit Turkistonning milliy siyosiy kuchlarini o‘z manfaatini
himoya qilish yo‘llarini izlashga majbur qildi va Turkiston muxtoriyatining
tarix sahnasiga kelishiga sababchi bo‘ldi.
Muxtoriyatning tuzilishi bolsheviklar tashviqot qilib kelayotgan
millatlarning o‘z taqdirini o‘z belgilashi haqidagi prinsipga xilof emas edi.
Undan tashqari, V. I. Lenin imzo chekkan «Rossiya va Sharqning barcha
musulmon mehnatkashlariga» deb nomlangan murojaatnomada bayon
qilingan fikrlar muxtoriyatning tuzilishiga qo‘shimcha asos bo‘ldi. Unda
shunday jumlalarni o‘qishimiz mumkin: «Bundan buyon sizning urf-
odatlaringiz, milliy va madaniy muassasalaringiz ozod va daxlsiz deb e’lon
qilinadi. O‘z milliy hayotlaringizni erkin va bemalol uyushtiravering, sizning
bunga haqqingiz bor.
Siz o‘zingiz o‘z Vataningizning hokimlari bo‘lishingiz lozim. O‘z rasm-
rusumingizga binoan hayotingizni uyushtirishingiz lozim. Sizning bunga
haqingiz bor, chunki sizlarning taqdiringiz o‘z qo‘lingizda»
2
. Naqadar ajoyib
so‘zlar (chin dildan aytilgan bo‘lsa)! Murojaatnomada sotsializm qurilishi,
tuziladigan hokimiyatning shakli to‘g‘risida bir og‘iz ham aytilmagan.
Bu hujjat ham muxtoriyatchilarni ruhlantirgan, yorqin kelajakka
ishontirgan bo‘lsa ajab emas. 1917 yil 26–29 noyabrda bo‘lib o‘tgan
Turkiston o‘lkasi musulmonlarining IV qurultoyi Turkiston muxtoriyatining
muvaqqat hukumatini qonuniy ravishda tuzgan, deb o‘ylaymiz. Shu
munosabat bilan, muxtoriyatning nechog‘lik adolatli harakat qilganligini
ta’kidlash uchun qurultoy qaroridan kichkina lavha keltiramiz: «Turkistonda
istiqomat qiluvchi barcha millatlarning buyuk Rossiya inqilobi tantanali e’lon
1
Do'stlaringiz bilan baham: