O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Ilmu ma’rifat ham hunardan qoldi mahrum bizni xalq,
Ma’rifatsizlik balosiga yo‘liqg‘on bizni xalq.
1
Qarang: 
История
народов
Узбекистана

Т
. 2. – 
С
. 329. 
2
Qarang: O‘zRMDA. Fond 2. Ro‘yxat 1. Yig‘majild 

268 – 3–13-b. 
3
O‘sha joyda. – 9–13-
б

130


Bir kishi millatparast o‘lsa deyurlar dahriy deb,
Bir kishi millatni so‘ksa, izzat aylar bizni xalq.
 
Maktab o‘rnida har mahalda ochildi mayxona,
Nafrat etmak nori tursin, shodu xandon bizni xalq.
Maktaba yo‘q bir tiyinmi, to‘yga ming so‘mlab berur,
Chorasi mushkul kasalga mubtalodur bizni xalq
1
.
 
Albatta, jadidlar mahalliy aholining milliy va siyosiy ongini 
yuksaltirishga muhim hissa qo‘shgan, deyarli yagona umumiy g‘oya atrofida 
birlashgan harakat sifatida namoyon bo‘ldi. Lekin chor Rossiyasi 
ma’muriyatining bu harakatga shubha bilan qarab, uning faoliyatini juda 
bo‘lmaganda cheklashga qaratilgan choralarni ko‘rishi, ayniqsa, mutaassib 
ruhoniylarning Buxorodagi jadidlarga qarshi tish-tirnog‘i bilan qarshilik 
ko‘rsatishi va bu yo‘lda hatto hokimiyatni ham o‘z tomoniga og‘dirib olishi 
jadidlarning ko‘zlagan maqsadlarini to‘la-to‘kis amalga oshirishlariga imkon 
bermadi. Shu bois jadidlarning ilg‘or namoyandalari ish uslubini o‘zgartirish 
va jamiyatda muayyan siyosiy islohotlar o‘tkazish lozimligini tushunib 
yetdilar. Ana shu vaqtdan e’tiboran jadidchilik harakatida uning 
siyosiylashuv bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi bosqichi boshlanadi.
Jadidchilikdagi siyosiy qarashlarning shakllanishiga Munavvarqori 
Abdurashidxonovning «millatlarning ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyotiga 
ikki tayanch kerak, birinchisi – maktab, ikkinchisi – jamiyatdir»
2
, degan 
fikrlari, Abdurauf Fitratning jamiyat va millatning ravnaqi uchun bir odam 
ko‘p ish qila olmasligi, buning uchun vatanparvarlar ittifoqini tuzish, unga 
xayrixoh guruhlarni tashkil qilish lozimligi haqidagi g‘oyalari asos bo‘ldi.
Bu davrda jadidlar mamlakat va millat taraqqiyotini ta’minlashning 
yo‘nalishlarini aniqlash hamda uni ro‘yobga chiqarish muammolari bilan 
shug‘ullandilar. Bosqichning asosiy mazmunini quyidagi vazifalar belgiladi:
– mahalliy aholining milliy manfaatlari, diniy e’tiqodlarini hisobga olgan 
holda boshqarishni tashkil qilish uchun Turkiston muxtoriyatini tashkil 
qilish;
– Buxoro amiri va Xiva xonining mutlaq hokimiyatini muayyan tartibga 
solish uchun kengash (parlament) tuzish hamda davlat tizimida va jamiyatda 
taraqqiyotni ta’minlaydigan islohotlar o‘tkazish;
– mahalliy millatlarning manfaatlarini ifoda etadigan, himoya qiladigan 
siyosiy va ijtimoiy partiyalar, birlashmalar, jamiyatlar tuzish, harakatlar 
tashkil qilish va h.k.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Rossiyada 1917 yil fevralda amalga 
oshgan inqilobdan keyin keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Asosan, 
jadidchilarning tashabbusi bilan «Sho‘roi islomiya», «Sho‘roi ulamo», «Turk 
adami markiziyat firqasi», «Alash o‘rda», «Yosh buxoroliklar», «Yosh 
xivaliklar» kabi siyosiy tashkilotlar tuzildi. Turkistondagi tashkilotlarni 
birlashtirish maqsadida yagona «Ittifoqi muslimin» siyosiy partiyasini 
1
Sitata manbai: 
Иброҳим
F
афур

Миллий
хаёллар
ва
«
Садои
Туркистон
» // 
Ўзбекистон
адабиёти
ва
санъати
. – 1994. – 11 
март

2
Сирожиддин
 
Аҳмад

Мунавварқори
// 
Шарқ
юлдузи
. – 1992. – 

3. – 105-
б

131


tuzishga qaror qilindi. Bu yangi partiyaning eng asosiy vazifalaridan biri 
qilib Rossiyaning tarkibida Turkiston muxtor respublikasini tuzish 
belgilandi. 
Albatta, tuzilgan bu siyosiy tashkilotni faqat jadidlar partiyasi deb atab 
bo‘lmas edi. Bu partiyaga mahalliy xalq ravnaqi va Turkiston 
mustaqilligining tarafdori bo‘lgan har bir mehnatkash, ziyoli, sarmoyador, 
ruhoniy xayrixohlik bildirdi va uning g‘oyalarini o‘z e’tiqodi sifatida qabul 
qildi. 
Jadidchilik g‘oyalariga asoslangan milliy siyosiy kuchlar mahalliy 
aholining siyosiy ongini o‘stirishga salmoqli hissa qo‘shdilar. Agar Fevral 
burjua-demokratik inqilobidan keyin bo‘lib o‘tgan Toshkent shahar dumasiga 
bo‘lgan saylov natijalariga e’tibor bersak, mahalliy mehnatkashlar siyosiy 
faolligining keskin oshganligiga guvoh bo‘lamiz. Saylovlar, asosan, jadidlar 
ta’sirida o‘tgan edi. Shahar dumasiga saylangan 112 nafar deputatning 75 
nafari musulmon taraqqiychilari siyosiy tashkilotlarining vakillari edi, sotsial 
demokratlar esa dumada faqat 4 ta joyga ega bo‘ldilar. Ushbu kuchlar nisbati 
Turkistondagi deyarli barcha shaharlarning dumalariga xos edi
1
. Shuning 
o‘ziyoq mahalliy xalq qaysi siyosiy kuchlarning g‘oyalarini qabul 
qilganligidan dalolat beradi.
Xulosa qilib shu narsani to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, jadidlar 
mahalliy aholining o‘zligini tanishida, siyosiy ongining o‘sishida, siyosiy 
tashkilotlar atrofida birlashishida muhim o‘rin tutganlar. Albatta, biz 
jadidchilik harakati kamchiliklar va xatolardan xoli emas edi, demoqchimiz. 
Ularni mahalliy xalqning turmush tarzi, ijtimoiy ong darajasi bilan izohlash 
mumkin. Jadidlarning o‘zlari ham kurash jarayonida toblandilar, siyosiy 
harakat sifatida shakllandilar. Ularning 1917 yil Oktabr qurolli 
to‘ntarishigacha bo‘lgan faoliyati davomida ko‘zlagan maqsadlari va ularni 
amalga oshirish usullarini umumiy tarzda quyidagilardan iborat bo‘lgan 
deyish mumkin: 
– mahalliy aholining ma’naviyati, madaniyati, turmush tarzini 
Rossiyaning ruslashtirish siyosatiga qarshi milliylik asosida 
rivojlantirish;
– islom ta’limotini mutaassiblik va xurofotdan xalos qilish va uni 
musulmon millatlarining ravnaqi uchun xizmat qildirish;
– ta’lim tizimini isloh qilish orqali xalqni ma’rifatli qilib, uning 
ijtimoiy faolligini oshirish;
– turli mulk shakllari va hududning iqtisodiy imkoniyatlariga 
asoslangan ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali aholining to‘q va 
farovon hayotini ta’minlash;
– hududni milliy va diniy qadriyatlar asosida boshqarish uchun 
Turkiston milliy muxtoriyatini tuzish;
– ijtimoiy hayotni sivilizatsiyalashgan islohotlar orqali tadrijiy usul 
bilan o‘zgartirish va h.k.
1
Qarang:
Абдуллаев
 
Р

Туркестанские
прогрессисты
и
национальное
движение
// 
Звезда
Востока
. – 1992. – 

1. – 
С
. 110–111. 
132


Avval ta’kidlaganimizdek, ijtimoiy tuzumni o‘zgartirishni o‘zlariga 
maqsad qilib olgan siyosiy kuchlarga inqilobchilarni kiritish mumkin. Bu 
siyosiy yo‘nalishning asosiy tarkibini rusiyzabon siyosiy kuchlar – 
bolsheviklar, mensheviklar, eserlar partiyalari tashkil qilar edi.
Siyosiy partiyalarning faoliyatiga baho berishda ham ularning 
mahalliy millat va milliy ozodlik harakatiga bo‘lgan munosabatini 
nazarda tutishimiz kerak.
Rusiyzabon siyosiy kuchlar Rossiya hududida tuzilgan partiyalarning 
tarmoqlari bo‘lib, o‘sha markazning topshiriqlarini bajarib turishga 
majbur edilar, ya’ni ularni umumrossiya miqyosidagi hokimiyat masalasi 
qiziqtirar, mahalliy xalq manfaatlari ularning e’tiboridan deyarli chetda 
qolgan edi. Bu partiyalardan birontasining dasturida Turkistonga hatto 
muxtoriyat darajasida ham mustaqillik berish masalasi qo‘yilmagan. 
Millatlarning o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilash huquqi bir qancha shartlar 
bilan cheklab qo‘yilgan. Masalan, eserlar mahalliy millat vakillarini faqat 
hududiy boshqaruv organlarida qatnashishi mumkinligini qayd qilish 
darajasiga borib yetgan bo‘lsalar, bolsheviklar bu masalaning hal 
qilinishini yo‘qsillar hokimiyatining o‘rnatilishi bilan bog‘ladilar. 
Milliy ozodlik harakati mahalliy xalqning barcha tabaqalarini qamrab 
olganligi sababli sotsializm g‘oyasiga mos kelmas va shuning uchun, 
ayniqsa, bolsheviklar uni tan olishlari mumkin emas edi. Rusiyzabon 
siyosiy kuchlar Turkistonni Rossiyaning ajralmas bir qismi deb qaradilar 
va mustaqillik uchun kurashayotgan mahalliy xalqning harakatlariga 
qo‘shilmadilar.
Shunday qilib, inqilobiy kuchlar mahalliy millatlarning asriy orzu-
umidlarini ro‘yobga chiqarishdan, unga erkinlik berishdan manfaatdor 
bo‘lmadilar, ularga qoloq, o‘z huquqini bilmaydigan, siyosiy jihatdan 
ko‘r omma deb qarab, mensimadilar. Ayni paytda, inqilobchilarning 
dunyoqarashlari, harakat usullari ham mahalliy millatlarning qalbidan joy 
topa olmadi.
133



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish