Ana shu holatdan bolsheviklar ustalik bilan foydalandilar, keyinchalik
bajarilmaydigan va’dalar berib, soxta obro‘ga erishdilar.
Bundan tashqari,
qo‘zg‘olon jarayonida ham tubanlikni nazarda tutgan «ekspropriatorlarni
ekspropriatsiya qilish» (ya’ni talonchilarni talash) kerak degan shiorni
o‘rtaga tashlab, Petrogradda hokimiyatni qo‘lga olishga erishdilar.
Bu Toshkentdagi qo‘zg‘olon uchun muhim turtki bo‘ldi. 1917 yil 28
oktabrda Toshkent ishchi va soldat deputatlari tashabbusi bilan boshlangan
va hokimiyatni qo‘lga olishga qaratilgan harakatlar I Sibir polki tomonidan
qo‘llab-quvvatlandi. Natijada 1 noyabr kuni qo‘zg‘olon g‘alaba qozonganligi
e’lon qilindi.
O‘sha yilning 2 noyabr kuni, ya’ni qo‘zg‘olondan keyin Toshkentda o‘lka
demokratik kuchlarining birlashgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hokimiyat
masalasi muhokama qilinib, syezd chaqirilgunga
qadar mamlakatni
boshqarib turuvchi Turkiston Muvaqqat O‘lka Ijroya Komiteti tuzildi.
Ijroqo‘m tarkibiga e’tibor qiling. U 9 kishidan iborat edi, jumladan o‘lka
Sovetidan – 3 kishi, dehqonlar o‘lka Sovetidan – 2, qirg‘iz deputatlar
Sovetidan – 1, o‘lka musulmonlar Sovetidan – 1, eserlar partiyasi O‘lka
komitetidan – 1, sotsial-demokratlar partiyasi markaziy byurosidan – 1
kishi
. Komitet 15 noyabrda o‘lkadagi barcha demokratik tashkilotlarning
syezdini chaqirish va o‘sha yerda hokimiyat masalasini hal qilishni
mo‘ljalladi.
Lekin siyosiy kuchlar nisbati barchani ham qoniqtirmas edi. Birinchi
navbatda, bolsheviklar bundan norozi edilar. Shuningdek, musulmon
mehnatkashlarining turli siyosiy tashkilotlarida
ham hokimiyat masalasida
yakdillik yo‘q edi. Demokratik yo‘l bilan o‘z maqsadlariga erisha olmagan
bolsheviklar yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, tazyiq o‘tkazish yo‘lini
tanladilar. Bolsheviklar ta’sirida bo‘lgan Toshkent ishchi va soldat
deputatlari soveti o‘lkadagi hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi hamda o‘lka
Sovetining III syezdini chaqirib, o‘sha yerda hokimiyat masalasini ko‘rib
chiqishni talab qildi va bunga erishdi. Chunki bu masala barcha demokratik
kuchlarning qurultoyida muhokama qilinsa, bolsheviklar o‘z maqsadlariga
erisha olmasliklari aniq edi.
Shunday qilib, Toshkent ishchi va soldat deputatlari
Sovetining tazyiqi
ostida 15–22 noyabrda o‘tgan III o‘lka Sovetlari syezdida bolsheviklar so‘l
eserlar va maksimalistlar bilan birgalikda o‘z hukumatini tuzishga erishdilar.
Bolshevik F. I. Kolesov Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining raisi
lavozimiga tayinlandi. Hukumat tarkibi 15 kishidan iborat edi, jumladan
bolsheviklar – 5 kishi, «so‘l» eserlar – 8 kishi, maksimalistlar – 2 kishi.
Afsuski, hukumat tarkibiga bironta ham mahalliy millat vakillari kiritilmadi
.
Xo‘sh, Turkiston aholisining 95 foizini tashkil qiladigan mahalliy xalq
vakillari nima uchun hokimiyat tarkibiga kiritilmadilar?
Bu voqeani Turkistondagi bolsheviklarning rahbarlaridan biri
I.
O.
Tobolin III syezdda quyidagicha izohladi: «Bugungi kunda
1
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: